Yuqori kuchlanish texnikasi




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

Izolyatorlar 
O’tkazgich 


175 
joylashgan izolyatorda bo’lib, zaminlangan konstruktsiyaga yaqin joylashgan 
izolyatorlarda 
oshib 
boradi. 
Izolyatorlar 
shodasi 
bo’ylab kuchlanish 
taqsimlanishining notekisligi shodaning uzunligi oshib borgani sari kuchayib 
boradi. Izolyatorlar shodasida kuchlanishning taqsimlanishini tekislash uchun 
qo’llaniladigan usul – himoya armaturasinining qo’llanilishidir. Himoya 
armaturasi izolyatorlarning o’tkazgichga nisbatan bo’lgan sig’imini kattalashtiradi. 
Kuchlanishning shoda bo’ylab taqsimlanishini tekislashning eng qulay yo’li faza 
o’tkazgichlarini parchalashni qo’llash hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, 
ximoya armaturasi shodaning qoplanishida razryadlanish jarayoni izolyatorlar 
sirtiga tegmasdan havo orqali rivojlanishini ta’minlaydi. Himoya armaturasi metall 
sterjenьdan yoki metall trubadan yasalib u har xil shaklda (sirg’a, sakkiz shaklida, 
oval) bo’lishi mumkin.
Izolyatorlar shodasi bo’ylab kuchlanishning notekis taqsimlanishi natijasida 
o’tkazgichga yaqin joylashgan izolyatorda ishchi kuchlanishda ham tojlanish 
razryadi rivojlanishi mumkin. Shodadagi izolyatorda tojlanish boshlanishi uchun 
undagi kuchlanish 20 – 25 kV dan kam bo’lmasligi kerak. Simga yaqin joylashgan 
izolyatorlarda ishchi kuchlanishda ham tojlanish boshlanib, kuchli radiopomex 
hosil qilishi hamda uning metal qismlarida chirishning (karroziya) boshlanishiga 
olib kelishi mumkin. Kuchlanishning notekis taqsimlanishi ta’sirida shodadagi 
elementlar soni qanday bo’lishidan qat’iy nazar simga nisbatan birinchi turgan 
izolyatorda kuchlanishning tushishi 20%- ga tengligi aniqlangan. 
Shodaning o’rtacha quruq razryadlanish kuchlanishi, xuddi havo 
oralig’idagidek shodaning uzunligi oshgani sari kamayib boradi. Masalan 
shodaning uzunligini 1m dan 6 metrgacha uzaytirganimizda uning o’rtacha quruq 
razryadlanish kuchlanganligi 5,5 dan 2.8 kV/sm gacha kamayadi (4.9- rasm). 
Kommutatsiya impulslari ta’sir etganda, quruq razryadlanish kuchlanganligining 
pasayishi 50 Gts chastota bilan davriy o’zgaruvchi kuchlanishdagiga nisbatan 
ancha sekin amalga oshadi. 


176 
4.9- rasm. Quruq razryadlanish kuchlanishining ximoya armaturasiga ega bo’lmagan (1) 
va ega bo’lgan (2) shodaning uzunligiga bog’liqligi. 
Izolyatorlar shodasining elektr mustahkamligi o’rtacha ho’l razryadlanish 
kuchlanganligi bilan xarakterlanadi: 
nH
U
E
HR
HR

,
(4.9) 
bu yerda 
HR
U
- izolyatorlar shodasining ho’l razryadlanish kuchlanishi. 
Ho’l razryadlanish kuchlanganligining doimiyligi shodaning ho’llangan sirti
bo’ylab kuchlanishning etarlicha tekis taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Ho’l 
razryadlanish kuchlanganligining qiymati izolyatorlar turiga bog’liq holda, 50 Gts 
chastota bilan davriy o’zgaruvchi kuchlanishda osma likobsimon izolyatorlar 
uchun 2,0 dan 2,6 kV/sm gacha o’zgaradi. Bu ko’rsatkich kommutatsiya 
impulslarida o’zgaruvchan kuchlanish holatidagiga nisbatan kattaroq (taxminan 
1,5 marta) bo’ladi. Bu esa kuchlanishning qisqa muddatga ta’sir etishi va izolyator 
sirtida issiqliq jarayonining to’liq rivojlanishi uchun etarli emasligi bilan 
tushuntiriladi. 
Razryadlanish kuchlanishining qiymati bilan izolyator sirti bo’ylab 
oqayotgan sirg’ish toki orasidagi bog’lanish quyidagicha ifodalanadi. 
sir
sir
R
U
I

,
(4.10) 
bu yerda R
sir
– izolyator sirti bo’ylab sirg’ish qarshiligi. 

Download 6,12 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish