199
bosimda bo’lishi kerak. Bu kabellarning mo’ljallangan
kuchlanishi oshishi bilan
moyning bosimi ham oshib boradi. Bu kabelda moyning erkin tsirkulyatsiya
bo’lishini ta’minlash uchun o’tkazgich yassi qilib yasaladi.
Kabelning qizishida moyning bosimi oshishini bartaraf etish va kabeldagi
moy bosimini o’zgarmas ushlab turish uchun kabel elektr uzatish liniyasining har
1
2,5 km da kengayuvchan bosim baki va kabelni
qismlarga ajratuvchi
zichlovchi mufta o’rnatiladi (4.17- rasm).
4.17- rasm. Bosim baki qurilmasining sxemasi: 1 – bakning korpusi; 2 – havo bilan to’ldirilgan
egiluvchan elementlar; 3 – gazi ajratilgan moy; 4- monometr; 5 – bakni kabelga ulash shtutseri.
Moy to’ldirilgan kabellar bosimga bog’liq holda quyidagilarga bo’linadi:
past bosimli (0,2 MPa gacha), o’rta bosimli (0,4 – 0,5 MPa) va yuqori bosimli (0,8
– 1,6 MPa) kabellar. Moyning bosimi oshishi bilan kabel izolyatsiyasining elektrik
mustahkamligi ortib boradi. Kuchlanishi 110 kVgacha bo’lgan kabellarda payning
ko’ngdalang kesimi diametri 9 mm chegarasida yotsa, kuchlanishi 220 kV bo’lgan
kabelda esa 16 – 20 mm ni tashkil etadi. Moy to’ldirilgan kabelning konstruktiv
bajarilishi 4.18- rasmda keltirilgan.
200
4. 18- rasm. Kuchlanishi 220 kVga muljallangan o’rta bosimli kabel: 1 – moy o’tkazuvchi kanal;
2 – fasonli o’tkazngichdan yasalgan pay; 3 – yarim utkazgichli va metallashtirilgan qog’ozdan
tashkil topgan pay bo’ylab joylashtirilgan ekran; 4 – xar xil qalinlikda va xar xil zichlikdagi
qog’ozdan yasalgan izolyatsiya; 5 – qo’rg’oshin qobiq; 6 –plastikatdan yasalgan lenta; 7 –
misdan yasalgan kuchaytiruvchi lenta; 8 – ximoya jobdig’i; po’lat sim.
Moy to’ldirilgan kabellarda moyning oqishini paydo bo’lishi muhim
shikastlanish hisoblanadi. Shuning uchun kabel
trassallari bosimni nazorat
qiluvchi va avtomatik signal beruvchi qurilmalar, hamda monometrlar bilan
jixozlangan bo’lishi kerak.
Hozirgi vaqtda energetikada qo’llanilayotgan moy to’ldirilgan
kabellarda
moy 3 – 5 atmosfera bosimda bo’lishi o’zgaruvchan tok kuchlanishida 20 – 35 kV
kuchlanishli qovushoq moy sindirilgan kabellarga nisbatan elektr maydon
kuchlanganligini 3 marta oshirib, 6 – 8 kV/mm etkaziladi.
Kabelda bunday
ortiqcha bosimga mis lentasi bilan kuchaytirilgan qo’rg’oshin qobiq chidash
beradi.
Kabellarda dielektrik isrof hisobiga paydo bo’layotgan qizishni
izolyatsiyadan tashqi muxitga olishdagi kamchilik natijasida
issiqliqdan teshilish
havfli kuzatiladi. SHuning uchun moy to’ldirilgan kabellarda dielektrik isrofi kam
bo’lgan material qo’llash tavsiya etiladi. O’ta yuqori kuchlanishlarga muljallangan
kabellarda izolyatsiya hajmining kattalagidan dielektrik isrofning oshib ketishi
natijasida tok bo’yicha yuklanishni kamaytirish tavsiya etiladi. Misol uchun
201
kuchlanishi 110 kV va
tg
=0,005 bo’lgan kabelda
dielektrik isrof umumiy
isrofning 10% -ni tashkil etadi. Kuchlanishi 400 kV va
tg
=0,003 bo’lgan kabelda
dielektrik isrof 100%-ni tashkil etadi.