219
tufayli o’rta va kam quvvatli elektr mashinalarining o’ramlararo izolyatsiyasiga
ta’sir etayotgan kuchlanishni ushbu ifoda orqali aniqlaymiz:
al
U
,
(5.2)
bu yerda
- to’lqinning chulg’am bo’ylab tarqalish tezligi, m/mksek;
l
-
o’ramning uzunligi, m;
a – to’lqinning yassilanish koeffitsienti, kV/mksek.
Kuchlanish
U
ni o’ramlararo izolyatsiyaga qo’yiladigan impuls
kuchlanishning maksimal ruxsat etiladigan qiymatiga tenglashtirsak impulsning
o’rtacha qiyalanish koeffitsientini aniqlaymiz.
l
,
U
а
sin
et
.
rux
25
1
2
,
(5.3)
bu yerda
sin
U
- o’ramlararo izolyatsiyani sinash kuchlanishi.
Aylanuvchi mashinalarning bosh izolyatsiyasi
zavodda ishlab chiqarish
paytida 4 marta sanoat chastotasidagi kuchlanishga sinaladi: 1- Alohida
elementlarni pazga joylashtitirguncha; 2- g’altaklar pazga o’rnatilib o’zaro
ulangunga qadar; 3- alohida qismlar mahkamlanib va o’zaro ulangandan keyin: 4
- zavoddan chiqishidan oldin.
Sinash kuchlanishining tasir etish vaqti 1 minutdan - 1minitu 15 sek
olinadi. Sinash kuchlanishi qiymati sinash etaplarga qarab kamayib boradi. Bunga
sabab chulg’am izolyatsiyasining elektrik mustahkamligi chulg’amni kavaklarga
o’rnatish
paytida unga mexanik, termik va boshqa har xil texnologik jarayonlar
ta’siri natijasida pasayishi mumkin.
Bosh izolyatsiya sinalayotganda mashinalar neytrali to’liq sinash
kuchlanishiga qo’yiladi, chunki neytralьning mustahkamlik zaxirasi etarlicha
bo’lishi va u izolyatsiyaniing chetki qismlarinikidan kam bo’lmasligi zarur.
Yonma - yon joylashgan o’ramlar sanoat chastotasidagi kuchlanishda 5
minut
davomida sinaladi. Katta quvvatli mashinalar uchun bu kuchlanish 100 V atrofida
olinadi.