• 5.2. Elektr mashinalari izolyatsiyasining turlari va konstruktsiyalari
  • Yuqori kuchlanish texnikasi




    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/152
    Sana21.02.2024
    Hajmi6,12 Mb.
    #160215
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   152
    Bog'liq
    YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

    Nazorat savollari 
    8. 
    Aylanuvchan elektr mashinalariga qanday mashinalar kiradi? 
    9. 
    Aylanuvchan elektr mashinalarining izolyatsiyasi haqida umumiy 
    ma’lumotlarni keltiring. 
    10. 
    Aylanuvchan elektr mashinalarining izolyatsiyasiga qanday talablar 
    qo’yiladi? 
    11. 
    Elektr mashinalarining aktiv materiallariga nimalar kiradi? 
    12. 
    Stator chulg’amining izolyatsiyasi qanday guruhlarga bo’linadi? 
    13. 
    Stator chulg’amining izolyatsiyasi tuzilishi bo’yicha qanday turlarga 
    bo’linadi? 


    212 
    5.2. Elektr mashinalari izolyatsiyasining turlari va konstruktsiyalari 
     
    Keyingi paytlarda har xil izolyatsiya materiallarni yaratishda erishilgan 
    yutuqlar ularni elektr mashina izolyatsiyasida qo’llash hisobiga samaradorlikni 
    oshirishni ta’minlamoqda. Sintetik izolyatsiyaning birinchi varianti nominal 
    kuchlanishi 11 kVgacha bo’lgan mashinalarda qo’llanilgan. Bu izolyatsiyaning 
    tarkibi epoksid smolasi shimdirilgan shishalentadan iborat. Bu variantda slyuda 
    shishalenta bilan, asfalьt – moy loki esa, suyuq eposid smolasi bilan 
    almashtirilgan. Bu suyuq epoksidga yarimefirlar (ftalь va malina kislotalari) 
    aralashtirilganda qotib monolit izolyatsiya hosil qiladi. Uning dielektrik 
    xarakteristikasi quyidagicha: 
    %
    tg
    10


    , elektr maydon kuchlanganligi 20 kV/mm.
    Bu 
    smolaning 
    dielektrik 
    xarakteristikasini 
    asfalьt-bitum 
    lokniki 
    bilan 
    solishtirganimizda unikidan past emasligini ko’ramiz. 
    Sintetik izolyatsiyaning ikkinchi varianti kuchlanishi 3,3-6,6 kV bo’lgan 
    mashinalarda qo’llaniladigan va elimlovchi tarkibi eskopon bo’lgan shishalenta 
    hisoblanadi. Eskopon – kauchikka termik qayta ishlov berishdan olinadigan 
    mahsulotdir. U shisha tola bilan birgalikda ishlatilganda monolit massani hosil 
    qilib, mexanik kuch ta’siriga juda chidamli bo’ladi. Bu izolyatsiyaning asosiy 
    kamchiligi tojlanishga chidamsizligidir. 
    Hozirgi vaqtda generatorlarni tayyorlashda faqat termoreaktiv izolyatsiya 
    qo’llanilmoqda. Bu izolyatsiya boshqalarga qaraganda yuqori mexanik 
    mustahkamlikka ega, yuqori haroratda ham yumshamasligi izolyatsiyani ishlab 
    chiqarishda uni bir nechta marta kampaundlashga extiyoj qoldirmaydi. Bundan 
    tashqari bu izolyatsiyaning ruxsat etilgan ishlash temperaturasi 120
    0
    gacha 
    hisoblanadi. Termoreaktiv izolyatsiya uni tayyorlashda qo’llaniladigan 
    komponentlar – oquvchan neftli bitum va lokning asosida hosil qilingan kompozit 
    o’rniga asosan epoksid, yarimefir bo’tqalari yoki ikkalasining kompozisatsiyasi 
    o’rniga termo qayta ishlov berishda polimerlashgandan keyin judda qattiq holatga 
    keladigan, yumshamaydigan, mustahkam, amalda erimaydigan ko’rinishga keladi.


    213 
    Elektr mashinalarida foydalaniluvchi izolyatsiyaning yana bir turi - slyuda 
    qog’ozi va termoaktiv smoladan tashkil topgan kompozitsiyadir. Bunda slyuda 
    qog’oz o’ralgandan keyin sektsiya termokameraga joylashtirilib, termoreaktiv 
    smola singdiriladi. Bu holda smola monolit holatiga o’tadi va presslanganidan 
    keyin sektsiyaning aniq o’lchamini oladi. Bu turdagi izolyatsiyaga "termolistik" 
    deyiladi. 
    Termoreaktiv izolyatsiyaning asfalьt - slyudaga nisbatan afzalligi uning 
    issiqliqdan kengayish koeffitsientini juda kichikligi sababli termik deformatsiyaga 
    uchramasligi hisoblanadi. 
    Mashinaning ishchi temperaturasida bog’lovchining yuqori mexanik 
    mustahkamligi va bu izolyatsiyani tayyorlash texnologiyasining xususiyati 
    izolyatsiyani 
    ishlab 
    chiqarishda 
    mexanik 
    shikastlanishining 
    extimolini 
    kamaytirish, slyudaning o’rniga arzonroq va uncha defitsit bo’lmagan, ammo 
    mexanik mustahkamligi uncha yuqori bo’lmagan slyudanitni qo’llashga imkon 
    beradi. Slyudanit ishlab chiqarish chiqindilaridan tayyorlanadi.
    Slyudanit juda mayda bo’lgan slyudaning ko’plab tangalaridan tashkil topib, 
    qalinligi bo’yicha bir nechta qatlamlardan iborat bo’ladi. SHuning uchun ham 
    slyudanit qalinligi bo’yicha bir jinsli bo’lib, mikalent va mikofoliyga nisbatan 
    katta elektrik mustahkamlikka ega. Mikalent izolyatsiyada bir slyuda varag’ida 
    ba’zi joylarida bir nechta qatlamlar mavjud bo’ladi.
    Statorning pazlariga sterjen o’rnatilganidan so’ng u o’zining ishchi holatini 
    egallaydi. Bunda yuklanish darajasiga bog’liq holda izolyatsiya uzinasiga uchta 
    qismga bo’linadi: paz qismi, sterjenning fazadan chiqish qismi va chulg’amning 
    peshona qismi. 

    Download 6,12 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   152




    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish