• Polimer izolyatsiya kabellar
  • Gaz to’ldirilgan kabellar




    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/152
    Sana21.02.2024
    Hajmi6,12 Mb.
    #160215
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   152
    Bog'liq
    YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

    Gaz to’ldirilgan kabellar: 
    Bu turdagi kabelda yuqorida ko’rilgan kabel kabi moy singdirilgan 
    izolyatsiya ishlatilib, lekin qatlamlar orasi gazlar bilan to’ldiriladi. Bunda asosan 
    azot, oxirgi vaqtlarda esa elegaz va freon qo’llanilmoqda. Kabelning moy 
    singdirilgan izolyatsiyasi qo’rg’oshin qobiq bilan o’ralib, gaz bilan to’ldiriladi. 
    Gaz to’ldirilgan kabellar 35 kV kuchlanishgacha uch fazali va 110 kV dan yuqori 


    203 
    kuchlanishlarda bir fazali qilib yasaladi. Bulardan eng keng tarqalgani 35 kV 
    gacha kuchlanishdagi kabellar hisoblanadi.
    Gaz to’ldirilgan kabellarda bosim 1,5 atmosferadan 12 atmosferagacha 
    bo’lishi mumkin. Bunga bog’liq xolda ishchi elektr maydon kuchlanganligi 2,5 
    kV/mm dan 6,5 kV/mm gacha o’zgarishi mumkin. Bunday kabellarda bosimni 
    o’zgarmas ushlab turish uchun avtomatik klapanli gaz bolonlari qo’llaniladi.
    Polimer izolyatsiya kabellar 
    Kimyo sanoatining rivojlanishi keyingi yillarda plastmassa va polimer 
    izolyatsiyali kabellarni ishlab chiqarishga imkoniyat yaratib beradi. Eng keng 
    tarqalgan polietilen izolyatsiyali kabel bo’lib 35 kV kuchlanishga mo’ljallangan 
    kabellar hisoblanadi. Polietilen namlikka turg’unligi sababli, qimmat 
    ho’llanishdash himoya qiladigan qobiqqa extiyoj qolmaydi. SHu sababli bunday 
    kabellar arzon va ishonchli hisoblanadi. 
    Bu turdagi izolyatsiyali kabellar asosan vertikal o’rnatish uchun qulay 
    bo’lib, ular 35 kV kuchlanishgacha qo’llaniladi. Ularda asosiy izolyatsiya 
    materiali ko’rinishida polixlorvinil ishlatiladi. Unda kesimi 120 mm mis simlar 
    o’rami qalinligi 3,6 mm bo’lgan polixlorvinil bilan presslangandan keyin 
    vulqonlanmaydigan rezina bilan o’raladi (kampaundlanadi). Rezina qobiqning 
    ustidan polixlorvinil bilan qoplangan zirh o’raladi.
    Kabellarni tekshirish barabanda yoki uning ma’lum bir qismida bajariladi. 
    Gaz va moy to’ldirilgan kabellarda gazli ulanishning paydo bo’lish extimoli juda 
    katta bo’lganligi sababli ular o’zgarmas tok kuchlanishlari yordamida tekshiriladi.

    Download 6,12 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   152




    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish