Yuqori kuchlanish texnikasi




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

Nazorat savollari 
1. 
Hozirgi davrda energetikada qanday turdagi kabellar qo’llaniladi? 
2. 
Moy singdirilgan kabellarning tuzilishi va xarakteristikasini 
tushuntiring? 
3. 
Moy to’ldirilgan kabellarning tuzilishi va xarakteristikasini 
tushuntiring. 


205 
4. 
Bosim 
ostidagi 
moy 
to’ldirilgan 
kabellarning 
tuzilish 
va 
xarakteristikalari. 
5. 
Bosim 
ostidagi 
gaz 
to’ldirilgan 
kabellarning 
tuzilishi 
va 
xarakteristikalari. 
6. 
G’az to’ldirilgan kabellarning tuzilishi va xarakteristikalari. 
7. 
Polimer izolyatsiyali kabellarning tuzilishi va xarakteristikalari. 
8. 
Plastmassa izolyatsiyali kabellarning tuzilishi va xarakteristikalari. 
9. 
Tikilgan polietilendan yasalgan izolyatsiyali kabellarning tuzilishi va 
xarakteristikalari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


206 
5. ELEKTR MASHINALARI VA APPARATLARINING 
IZOLYATSIYASI 
 
5.1. Aylanuvchan elektr mashinalarining izolyatsiyasi 
Aylanuvchi elektr mashinalariga generatorlar, sinxron kompensatorlar va 
elektr dvigatellari kiradi.
Generatorlar – energetik sistemada elektr energiya manbai bo’lib, eng 
ma’sul elektr jihozlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli unga barcha barcha 
ko’rsatkichlar, shu jumladan izolyatsiya masalasida ham, yuqori talab qo’yiladi. 
Elektr mashinalarining nominal kuchlanishlari elektr stantsiyalaridagi 
boshqa elektr qurilmalarining nominal kuchlanishlariga nisbatan pastroq bo’lsada,
ularning izolyatsiyasini loyihalash, tayyorlash va ekspluatatsiya qilish ularning 
konstruktiv xususiyatiga muvofiq holda nisbatan qiyin amalga oshiriladi. Stator 
izolyatsiyasining qalinligi muayyan chegaralanishlar mavjud. Shu sababli stator 
chulg’amlarining izolyatsiyasiga eng katta elektrik mustahkam bo’lgan materiallar 
qo’llaniladi. Shu bilan birga o’lchamning chegaralanishi va elektr maydonning 
taqsimlanishini to’g’rilash uchun paz (pazlar) va sterjenlarning eng ratsional 
shakli va o’lchamini tanlashni taqozo etadi. 
Elektr mashinalari stator chulg’amining izolyatsiyasi uning eng ko’p 
shikastlanadigan elementi hisoblanadi. Chunki, uning izolyatsiyasi ekspluata-tsiya 
paytida uzluksiz silkinishlar, mexanik zarbalarga uchraydi. SHuning sababli 
izolyatsiya mexanik mustahkam va monolit bo’lgani holda a yaxshi issiqliq 
o’tkazuvchan bo’lishi kerak. Izolyatsiya yuqorida keltirilgan talablarga javob 
berishi uchun u slyuda asosida bajarilgan materiallardan tayyorlanadi. Slyuda 
plastinkasi yoki undan tayyorlangan materiallar bir –biri bilan o’zaro bog’lovchi 
element orqali ulanadi, ayni paytda bog’lovchiga ham yuqori talab qo’yiladi. 
Jumladan, bog’lovchi plastinkaga jips va iloji boricha o’yiqlarsiz izolyatsiyaning 
boshqa komponentalari orasini to’ldirishi kerak. Aks holda, izolyatsiya qalin 


207 
bo’lganda, havo bilan to’ldirilgan o’yiqlarda havoning ionlashuvi izolyatsiyaning 
xizmat qilish vaqtini qisqarishiga olib kelishi mumkin. 
Elektr mashinalarning aktiv materiallari, ya’ni stator chulg’amning misi va
po’lati ekspluatatsiya davrida juda katta yuklamalarda (tok zichligida va 
induktsiyasida) ishlaydi. Tabiiyki, katta yuklamalarda aktiv materiallarning birlik 
hajmida bo’layotgan isrof ham ancha yuqori bo’lib, undan ajralib chiqayotgan 
issiqlikni samarali tarzda chiqarib yuborish uchun sovituvchi muhit va aktiv 
materialning temperasturalari orasida katta farq bo’lishi zarur.
Aylanuvchi elektr mashinalarining stator faza cho’lg’amlari bir qator bir-
biri bilan o’zaro ketma-ket ulangan g’altaklardan iborat bo’lib, u kavak (paz)larda 
joylashtiriladi. Har bir g’altakdagi o’ramlar soni stator nominal kuchlanishiga, 
rotorning aylanish tezligiga va elektr mashinaning nominal quvvatiga bog’liq. 
Katta quvvatli mashinalarda misdagi quvvat isrofini kamaytirish uchun parallel 
o’tkazgichlar qo’llaniladi. Yuqori kuchlanish elektr mashinalarida ikki qatlamli 
cho’lg’am qo’llaniladi. G’altak-lar o’yiqlarda bir yoki ikki qator qilib yotqiziladi. 
Aylanuvchi elektr mashinalari stator chulg’amining izolyatsiyasi quyidagi 
guruxlarga bo’linadi: 
a) bir o’ramdagi parallel o’tkazgichlar orasidagi izolyatsiya; 
b) bir g’altakdagi o’ramlar orasidagi izolyatsiya; 
v) korpusga nisbatan izolyatsiya (Bosh izolyatsiya); 
g) bir kavakda joylashgan har xil g’altaklar qatlamlari orasidagi 
izolyatsiya. 
Hozirgi 
vaqtda 
katta 
quvvatli 
sinxron 
dvigatellar 
va 
sinxron 
turbogeneratorlarning fazalaridagi kuchlanish 6,3- 24 kV bo’lganligi sababli 
ularning faza chulg’amlarini g’altaklari bir o’ramli qilib yasaladi. Shu sababli 
o’ramlar orasidagi izolyatsiyaga extiyoj qolmaydi. Lekin gidrogeneratorlar 
rotorining aylanishlar soni uncha katta bo’lmagan-ligi sababli ularning faza 
cho’lg’amlari ko’p o’ramli qilib yasaladi. 


208 
Ekspluatatsiya vaqtida elektr qurilmalarining izolyatsiyasi, shu jumladan 
elektr mashinalarining izolyatsiyasi har xil ta’sirlarga uchraydi: doimo 
silkinishlarga va mexanik, hamda chulg’amlar orqali katta tok oqib o’tganda, o’ta 
yuklanishda, tashqi qisqa tutushuvda, elektr mashinalarini sistema bilan parallel 
ishlashini ta’minlash uchun tarmoqqa ulash va vaqtinchalik asinxron rejimga 
o’tgan generatorlarni tarmoqqa kayta sinxronlash paytida katta mexanik yuklar 
ta’sir etadi.
Elektr mashinalar izolyatsiyasidagi mexanik kuchlanish chulg’amning 
kavaklardan chiqish joylarida xavfli hisoblanadi. Ma’lumki, izolyatsiyaning 
mexanik shikastlanishi dielektrikning xarakteristikasini yomonlashuviga olib 
keladi.
Yuqori kuchlanishdagi aylanuvchi elektr mashinalari izolyatsiyasining 
yasalishi (qurilishi) uning stator chulg’amini konstruktsiyasi bilan bog’liq. U o’z 
navbatida elektr mashina rotorining aylanish chastotasi, mashinaning quvvati, 
sovutish sistemasi va nominal kuchlanishiga bog’liq Bu esa aylanuvchi elektr 
mashinalar izolyatsiyasiga katta talablarni qo’yadi. 
Elektr mashinalari stator chulg’ami izolyatsiyasining konstruktsiyasi bosh 
izolyatsiya (korpus) va bo’ylama izolyatsiyaga bo’linadi. Chulg’amning 
o’tkazgichi bilan korpus (paza devorlari) orasidagi izolyatsiyaga bosh izolyatsiya 
deyiladi. Bosh izolyatsiya qalinligining nominal kuchlanishga bog’liqligi 5.1- 
rasmda keltirilgan. Bo’ylama izolyatsiyaga esa bir g’altakdagi o’ramlar orasidagi 
va bir pazda yotqizilgan cho’lg’amlar orasidagi izolyatsiya kiradi.
Yaqin kunlargacha elektr mashinalari uzluksiz kampoundlangan mikalent 
izolyatsiyali qilib tayyorlangan. Bunday izolyatsiya konstruktsiyasida sterjen yoki 
sektsiya uning peshona qismi bilan butunlay uzunasiga qog’oz asosda asьfalt 
bitum bilan kleylangan mikalent plastinkalaridan tashkil topgan izolyatsiyalovchi 
lenta bilan uraladi. Bir nechta qatlam mikalent uralganidan so’ng izolyatsiya 
kampaundlanadi, ya’ni vakuum ostida quritiladi va bitum tarkibi kampoundlanadi 


209 
(singdiriladi). Yangidan uralgan izolyatsiyaning ma’lum qatlamidan so’ng 
kampoundlash jarayoni takrorlanadi.
Bunday mikalent – sovuq holatda yumshoq, ishchi xaroratda o’ta yumshoq 
va ikkala tomonidan yuqori sifatli yupqa qog’oz elimlashtirilgan bir qatlamli 
shipanoy slyudadir. Elim rolini bitum-moyli va asfalt– moyli lok bajaradi. 
Izolyatsiyaning ustidan eni 12 – 35 mm, qalinligi 0,08 - 0,17 mm bo’lgan lenta 
bilan o’raladi. To’liq o’ralmagan izolyatsiya qurutilib bitum - moy singdiriladi va 
yana qo’shimcha lenta bilan o’ralib keyinchalik takroran quritiladi. Birinchi 
quritish bosim ostida bo’lsa, ikkinchisi vakuumda amalga oshiriladi. Quritishning 
asosiy vazifasi izolyatsiya tarkibidagi namlikni va eritgichlarning qoldiqlarini 
chiqarishdir. Qurutilgandan keyin 150
0
S temperaturada va 7 - 8 atmosfera
bosimida kampound singdiriladi. Kompaundning ko’proq va chuqurroq singishini 
ta’minlash uchun quritish bir-biridan 24-27 soatga farqlanuvchi bir necha tsiklda 
amalga oshiriladi. Har bir tsikl kuchlanishi 3-10,5 kV bo’lgan elektr mashinalar 
uchun 2 marta , kuchlanishi undan yuqori bo’lgan elektr mashinalari uchun esa 3 
marta takrorlanadi. Natijada aralashma izolyatsiyaning past qismida yotuvchi 
qatlamlargacha singdirilib mikalentdan monolit izolyatsiya hosil qilinadi.
Mikalent izolyatsiyani mexanik zarbalardan muhofaza qilish va kuchlanish 
gradientini bartaraf etish uchun temperaturadan kengayish koeffitsienti juda kichik 
bo’lgan temir - asbest lenta bilan o’raladi. Buning o’rniga ba’zida elektrokarton 
yoki lak singdirilgan shisha (steklo) lenta ham qo’llanilishi mumkin,


210 
5.1- rasm. Bosh izolyatsiyaning nominal kuchlanishga bog’liqligi: 1 – paz qismidagi 
mikalent uchun; 2 - paz qismidagi umumiy qalinlik uchun; 3 - peshona qismidagi umumiy 
qalinlik uchun. 
Mis sterjenning pazdan chiqish qismida chekka effektning mavjud-ligi 
sterjenning qattiq izolyatsiyasi ichida va uni o’rab turgan gazli muhitda elektr 
maydon kuchlanganligining oshishiga olib keladi. Agar elektr maydonini 
kuchsizlantiradigan (tekislaydigan) tadbir qo’llanilmasa havoda yoki vodorodda 
izolyatsiyani buzadigan tojlanish razryadi kuzatiladi. 
Tojlanish effektini bartaraf etish uchun sterjenning peshona qismidagi 
sirtida elektrik potentsialning tekis taqsimlanishini ta’minlash kerak, bunda sirt 
bo’ylab elektr maydon kuchlanganligining tashkil etuvchisi havo yoki vodorodda 
ionlanish boshlanish kuchlanganligi-ning kritik qiymatidan kichik (

Download 6,12 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish