• Bosim ostida gaz to’ldirilgan kabellar
  • Bosimda moy to’ldirilgan yuqori kuchlanish kabellari




    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/152
    Sana21.02.2024
    Hajmi6,12 Mb.
    #160215
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   152
    Bog'liq
    YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

    Bosimda moy to’ldirilgan yuqori kuchlanish kabellari 
    Kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo’lgan kuchlanishlarda po’lat 
    quvurga joylashtirilgan yuqori bosimdagi moy to’ldirilgan kabellar qo’llaniladi 
    (4.19- rasm).
    Bu kabellarda elastik germetik zich bo’lgan yopqich o’ralgan bo’lib, u 
    izolyatsiya bilan aloqalanishni to’laligicha bartraf etadi va unga elastiklik baxsh 
    etadi. Bu turdagi kabellarda 15 at. bosimda suyuq moy to’ldirilgan po’lat quvurda 
    oddiy moy singdirilgan qobiq bilan izolyatsiyalangan uchta o’tkazgich 
    joylashtiriladi (4.19- rasm).
    4.19- rasm. Bosim ostida moy to’ldirilgan quvurda joylashgan kabel: 1 – pay; 2 – izolyatsiya; 3 – 
    zichlaydigan (germetik) yopqich; 4 – yarim aylana o’tkazgich; 5 – po’lat quvur; zanglashga 
    qarshi yopqich qatlam. 
    Bu kabelda izolyatsiya ekran va uning ustidan atmosfera bilan 
    kontaktlashishni bartaraf etish uchun germetik polietilen yoki alyuminiy lenta 
    bilan o’ralgan bo’ladi. Qovushoq moy singdirilgan bir payli uchta kabel bosim 
    ostida moy to’ldirilgan po’lat quvurda o’rnatiladi. Moyning bosimini izolyatsiyaga 
    o’tkazib berish uchun qobiq etarlicha yumshoq bo’lishi kerak. Ayrim vaqtlarda bu 


    202 
    turdagi kabellarda izolyatsiya bilan bevosita tegishini ta’minlaydigan va montaj 
    paytida olib tashlanadigan yumshoq rux qobiq bilan o’raladi.
    Bu kabellarning asosiy kamchiligi unda birlik uzunlikka to’g’ri keladigan 
    moy hajmi va moy bosimini o’zgarmas ushlab turish zarurligi hisoblanadi. Bu 
    kamchilikni bartaraf etish uchun trassaning har 10

    15 km uzunligida nasos
    kompressor stantsiyalari quriladi 
    Bosim ostida gaz to’ldirilgan kabellar 
    220 kV gacha kuchlanishli liniyalarda bosim ostida gaz to’ldirilgan kabellar 
    qo’llanilishi mumkin. Kabelning elektrik mustahkamligi gazning bosimini oshirish 
    hisobiga ta’minlanadi. Bunday kabellar ham po’lat quvurlarda joylashtiriladi. Bu 
    turdagi kabelda po’lat quvur taxminan 15 at. bosim ostida azot va SO
    2
    (uglerod 
    oksidi) bilan to’ldiriladi. Kabelning tok o’zkazuvchi qismi umumlashtirilgan moy 
    singdirilgan qog’oz, polietilen va uning ustidan latun lenta bilan mahkamlangan 
    qobiq bilan o’ralgan. To’ldirilgan gazning bosimi izolyatsiyaga beriladi. Bu holda 
    gaz bosimi 12

    15 atmosferagacha, maydon kuchlanganligi esa 10

    12 kV/mm 
    bo’lishi mumkin. 
    Bunday kabelning trassasi nisbatan sodda, chunki undagi bosimni 
    o’zgarmas ushlab turish uchun siqilgan gaz to’ldirilgan ballonni o’rnatish etarli. 
    Quvurdagi shikastlanishlarda gazning chiqishi moyning oqib chiqishiga nisbatan 
    tezroqdir. Uzoq vaqt siqilgan holatda turgan izolyatsiya bosim olingandan keyin 
    ham o’zining elektr mustahkamligini saqlaydi. Ularning asosiy kamchiligi – 
    ulardan xaroratni tashqi muxitga uzatish hisoblanadi.

    Download 6,12 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   152




    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosimda moy to’ldirilgan yuqori kuchlanish kabellari

    Download 6,12 Mb.
    Pdf ko'rish