204
Plastmassa izolyatsiya kabellarning moy singdirilgan
kabelga nisba-tan
asosiy ustunligi ularda maydonni tekislash va tashqi ta’sirdan
izolyatsiyalash
uchun qo’llaniladigan qobiqlarlarning mavjud
emasligi va bunga mos holda
engilligidir. Ammo issiqliqka chidamliligi bo’yicha u QMI dan keyingi o’rinda
turadi.
Tikilgan polietelendan yasalgan izolyatsiyali kabel
Hozirgi davrda barcha saoati rivojlangan
mamalakatlarda zamonaviy
elektrik mustahkamligi yuqori bo’lgan tikilgan
polietelendan yasalgan
izolyatsiyali
kabellar
keng
qo’llanilmoqda. Bunday kabellar o’zining
konstruktsiyasi,
zamonoviy
texnologiya
asosida
mukkamal
materialdan
tayyorlanganligi sababli yuqori elektrik va mexanik mustahkamlikka ega.
Bu turdagi kabellarning asosiy ustunligi quyidagilar hisoblanadi:
- payning ruxsat etilgan qizish temperaturasini ko’paytirish
hisobiga katta
o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega;
- kabel payining kungdalang kesimi nominal qisqa tutashuv toki bo’yicha
tanlangan bo’lsa, qisqa tutashuvda yuqori termik turg’unlikka ega;
- kabelda bosim ostida suyuqliqning (moyning) yo’qligi
qimmat turadigan
qo’shimcha jixozlarning qo’llanilmasligiga, uning ekspluatatsiya sarf–
xarajatlarining kamayishiga, montaj ishlarining engillashishiga va montaj ishlarini
bajarish davrining qisqarishiga olib keladi;
- izolyatsiya teshilganda uni ta’mirlash ishlarining tezkor bajarilishi.