223
bo’magan elektr maydonlarida maydon kuchlanganligining taљsimlanishini
tekislaydi.
To’siq – transformatorlarda elektrokartondan, bakalizlangan qog’oz-dan
yoki gazlama materialdan doska, tsilindr, shayba va boshqa shakldagi ko’rinishda
bajariladi. Keskin bir jinsli bo’magan
maydonda, to’siq maksimal maydon
kuchlanganligining paydo bo’lishining oldini oladi va uning teshilish
kuchlanishini 2 marta oshiradi. To’siq kuchsiz va keskin bir jinsli bo’magan
maydonlarda qo’llaniladi, lekin ularning roli har xil bo’ladi.
Keskin bir jinsli
bo’magan maydonda qattiq dielektrikdan yasalgan bo’lgich moyda xuddi gazli
oraliqda to’siqlar bajargan rolni bajaradi,
shuning uchun ularni maydon
kuchlanganligi maksimal bo’lgan zonaga joylashtiriladi (5.5- rasm).
Bu grafiklardan ko’rinadiki yupqa to’siqlar sanoat chastotasida (50 Gts)
taxminan xuddi havodagidek teshilish kuchlanishini 2 va undan ortiq marta
oshiradi. Lekin to’siqning mavjudligi ionlashish jarayoni eng katta kuchlanganlikli
maydondagi soxada, kuchlanishing, teshilish kuchlanishidan
past qiymatlarida
ham sodir bo’lishiga olib keladi. Ionlashish jarayonining uzoq davom etishiga yo’l
qo’yib bo’lmaydi u nafaqat moyni parchalab qolmasdan balki to’siqning ham
emirilishiga olib keladi. Shuning uchun bu usul qisqa muddatga ta’sir etishda
teshilish kuchlanishini oshirish uchun qabul qilinishi mumkin. Transformator
o’lchamini oshirib yubormaslik uchun unda yasi to’siq o’rniga fasonli to’siqlar
qo’llaniladi. Elektr mustahkamlikni oshirish uchun bir
nechta nisbatan bir jinsli
maydonlarda to’siqlar boshqa funktsiyani. Ya’ni moyda o’tkazuvchan
ko’priklarning
paydo
bo’lishining
oldini
oladi.
Yuqori
kuchlanish
transformatorlarida razryadlanish boshlanadigan yo’nalishlar bo’yicha
qattiq
dielektriklardan to’siqlar o’rnatiladi.
224
5.5- rasm. To’siqning izolyatsiyani teshilish kuchlanishiga ta’siri.
Yuqorida aytilgan fikrlarning barchasi o’lchami moyli oraliqning
o’lchamiga nisbatan ancha kichik bo’lgan to’siqlarga taalluqli. Agar to’siqning
o’lchamini moyli oraliqning o’lchami bilan solishtirish mumkin bo’lsa, qattiq
dielektrikning dielektrik singdiruvchanligidan moyniki kichik bo’lganligi tufayli
moyda elektr maydon kuchlanganligining o’sishi natijasida ularning ta’siri teskari
ham bo’lishi mumkin. Bir jinsli maydonlarda to’siqning roli uncha katta emas.
SHu bilan birga to’siqlarni mexanik mustahkamlik nuqtai nazaridan o’ta yupqa
qilib yasash mumkin emas. Moyda qisqa muddatga yupqa o’tkazuvchan
qatlam
paydo bo’lganda kuchlanishning anchagina qismi to’siqqa qo’yiladi, shuning
uchun to’siq etarlicha elektrik mustahkamlikga ega bo’lishi kerak. Hosil
qilinganda ham lekin moy ifloslanganda to’siqning xomiyalash roli ancha oshadi.
Transformatordagi qattiq dielektriklar izolyatsiyalovchi rolini bajarish bilan
birga mexanik funktsiyani ham bajardi. Bu qattiq dielektriklar sirti bo’ylab moyda
sirtiy razryadlanish rivojlanishi mumkin. Moyda
qattiq dielektrik sirtida
rivojlanadigan sirtiy razryadlanish xuddi havodagiday amalga oshadi va
maydonning shakliga juda bog’liq, birinchi navbatda elektr maydonining normal
tashkil etuvchisining mavjudligiga.