Yuqori kuchlanish texnikasi




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

 
Nazorat savollari 
1. 
Havo elektr uzatish liniyasi izolyatorlari tuzilishi bo’yicha qanday 
turlarga bo’linadi? 
2. 
Havo elektr uzatish liniyalarining izolyatorlari materiali bo’yicha 
qanday turlarga bo’linadi? Ularning afzallik va kamchiliklari nimalardan iborat? 
3. 
Havo liniyalarida o’tkazgichlar oralaridagi masofa qanday shartlardan 
kelib chiqib tanlanadi? 
4. 
Havo liniyalarida o’tkazgichlar bilan tayanch orasidagi masofalar 
qanday shartlardan kelib chiqib tanlanadi? 
5. 
Havo elektr uzatish liniyasining izolyatorlariga qo’yiluvchi talablar 
nimalardan iborat? 
6. 
Elektrodlar 
orasidagi 
havo 
oralig’i 
ularning 
razryadlanish 
xarakteristikalari bo’yicha qanday guruhlarga bo’linadi? 
7. 
50%li razryadlanish kuchlanishi deganda nimani tushunasiz? 
8. 
Quruq 
va 
ho’l razryadlanish kuchlanishlarining ma’nosini 
tushuntiring. 
 
4.2. Havo elektr uzatish liniyasining izolyatorlar shodasida izolyatorlar 
sonini tanlash
Yuqori va o’ta yuqori kuchlanishdagi liniyalarda o’tkazgichlarni tayanch-
larga osish uchun likopsimon va sterjenli izolyatorlar qo’llaniladi. Sterjen 
ko’rinishdagi izolyatorlarining materiallariga mexanik mustahkamlik bo’yicha o’ta 
yuqori talab qo’yiladi, chunki sterjenning uzilishi liniya o’tkazgichlarining erga 
tushishi va liniyaning uzoq muddatga o’chirilishiga olib keladi. Yangi 


166 
izolyatsiyalovchi materiallarning, ayniqsa stekloplastikaning o’zlashtirilishi 
sterjenь ko’rinishdagi izolyatorlar uchun keng istiqbol ochib berdi. Chunki, u 
mexanik mustahkamligi buyicha po’latdan qolishmasada vazni po’latga nisbatan 4 
marta engil. Bu esa uning diametrini kattalashtirish hisobiga shikastlovchi yukni 
oshirishga imkon beradi.
Ammo stekloplastik izolyatorlarni yasash kelajakda amalga oshirilishi 
mumkin. Shu sababli hali HEULsida keng tarqalgan izolyator – likopsimon 
izolyatorlar bo’lib qoladi. Chunki chinidan va ayniqsa toblangan shishadan 
yasalgan izolyatorlarning yuqori mustahkamligi, bu materiallarning siqishga 
bo’lgan mustahkamligi uning uzishga bo’lgan elektrik mustahkamligidan kattaligi 
bilan xarakterlanadi. Xozirgi vaqtda 40 tonna yukni ko’tara oladigan likopsimon 
izolyatorlar amalda qo’llanilmoqda. Likopsimon izolyatorlar o’tkazgichlarni osish 
uchun ketma – ket ulanib izolyatorlar shodasini tashkil etadi. 
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo’lgan HEULda o’tkazgichlarni 
tayanchlarga mahkamlash uchun osiluvchan izolyatorlar shodasidan foydalaniladi. 
Oraliq tayanchlarda izolyatorlar shodasi vertikal holatda joylashib, ular tutib 

Download 6,12 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish