155
4. ELEKTR UZATISH LINIYASINING IZOLYATSIYASI
4.1. Havo elektr uzatish liniyasining izolyatsiyasi
Havo elektr uzatish liniyalarida (HEUL) asosiy
izolyatsiyalovchi muhit
rolini elektr mustahkamligi nisbatan past bo’lgan atmosfera havosi bajaradi. Havo
elektr uzatish liniyasiga xos bo’lgan kamchiliklardan biri ifloslanish natijasida
ishchi kuchlanishda ham qoplanish va tojlanish razryadining kuzatilishi
mumkinligidir.
Ekspluatatsiya sharoitidan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, HEULning
barcha izolyatsiyasi
doimo ishchi kuchlanish, ichki va atmosfera o’takuchlanish,
shuningdek, har xil metrologik faktorlar ta’sirida: bosimning, temperaturaning,
havoning namligi, turli namlanish (yomg’ir, ho’l qor, tuman, muz qoplash,
shudring) bo’ladi. YUqorida qayd etilgan ta’sirlarni
hisobga olgan xolda
iste’molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash uchun liniyada
bajariladigan profilaktik va ta’mirlash ishlarini bajarishni ta’minlash liniyaning
konstruktiv elementlariga bo’lgan bir nechta talablar bilan belgilanadi.
Elektr uzatish liniyasining o’tkazgichlari metal, temir – beton, yog’och va
kombinatsiyalangan tayanchlarga mahkamlanadi. Izolyatsiya xarakteristikasi
nuqtai nazaridan metall va temir – beton tayanchlar bir xil. 110
kV va undan
yuqori kuchlanishli HEUL doimo metall tayanchlarda bajariladi. 110 kV dan past
bo’lgan kuchlanishda esa yog’och va kombinatsiyalangan tayanchlar ham
qo’llaniladi.
Havo elektr uzatish liniyasiga ta’sir etadigan ichki va tashqi o’ta
kuchlanishlar tayanchlar oralig’ida yoki tayanchda izolyatsiyaning shikastlanish
xavfini tug’diradi. Tayanchlar oralig’ida izolyatsiyaning buzilishi turli fazalar va
faza bilan zaminlangan tross orasidagi havo oralig’ining
teshilishi tufayli sodir
bo’lishi mumkin. Chunki tayanchlar yaqinida o’tkazgich sirti bo’ylab
razryadlanishning rivojlanishi havoga nisbatan engil rivojlanadigan zaminlangan
metall konstruktsiyaga yoki yog’ochdan yasalgan elementlarga juda yaqin keladi.
156
Eng ko’p tarqalgan ichki o’ta kuchlanish xam liniyaning ishlash rejimini
buzmasligi uchun, uning izolyatsiyasi shunday elektr mustahkamlikka ega bo’lishi
kerakki, u oraliqning teshilish kuchlanishidan ancha katta bo’lishi kerak.
HEULning o’tkazgichlari bir - biridan va erdan havo oralig’i yordamida
izolyatsiyalanadi. Buning uchun faza o’tkazgichlari
tayanchlarga shunday
osiladiki, ular orasida va ular bilan er orasida havo bo’yicha ma’lum oraliq
saqlanadi. HEULning o’tkazgichlari ko’pincha yon tomondan, deyarli liniya
trassasiga perpendikulyar yo’nalishda esgan shamol ta’sirida zaminlangan
konstruktsiyalarga juda yaqin kelishi natijasida razryadlanish ularning sirti bo’ylab
rivojlanadi.
Tayanchlardagi izolyatsiya – izolyatorlar shodasi
va ular ushlab turuvchi
o’tkazgichlardan tayanch gavdasigacha bo’lgan havo oralig’i
S
1
dan tashkil topgan
(4.1- rasm). Bu izolyatsiya oralig’ini tanlashda liniyaning o’tkazgichlariga yon
tomondan
esayotgan
shamol
ta’sir
etganda
o’tkazgichning tyanchga
yaqinlashishini og’ish burchagi orqali hisobga olamiz. Tayanchlar oralig’ida faza
o’tkazgichlari orasidagi izolyatsiyani faza simlari oralig’idagi izolyatsiyalovchi
havo oralig’i
S