143
ega. Shu sababdan izolyatsiyaning elektrik, issiqliq va mexanik eskirishlari
uchraydi. Bundan tashqari izolyatsiyaning eskirishi unga tashqi muhitdan
ifloslanish, aynan namlikning singishi bilan bog’liq.
Shuni ta’kidlash zarurki ekspluatatsiya sharoitida har xil faktorlar ta’sirida
eskirish jarayoni bir vaqtning o’zida bir-biriga murakkab ta’sir etish orqali
kechadi.
Elektr qurilmalarining ichki izolyatsiyasida ishchi kuchlanishda ham
elektrik eskirish jarayoni kechishi rivojlanishi mumkin. Bunday eskirish elektr
maydon
kuchlanganligining
qisqa
muddatga
kuchlanish
qo’yilgandagi
izolyatsiyaning teshilish elektr maydon kuchlanganligidan 15 - 20 marta kichik
qiymatida ham paydo bo’lishi mumkin.
Har xil turdagi izolyatsityaga qo’yilgan kuchlanishning o’sishi bilan
eskirish
jarayoni
tezlashib,
uning
xizmat
ko’rsatish
vaqti
qisqaradi.
Izolyatsiyaning xizmat qilish vaqti
ta’sir etayotgan kuchlanishning keng
diapazonda o’zgarishida murakkab xarakterga ega. Masalan o’rtacha xizmat qilish
muddatida (bir soatlardan to 10
3
- 10
4
saotgacha) eksperiment natijasida
o’rnatilgan bog’liqlik quyidagi ko’rinishda bo’ladi: