• Soliq solinadigan foydani kamaytirish
  • Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lashdan ozod qilinadi




    Download 1,14 Mb.
    bet4/5
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #104817
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1.Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

    Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lashdan ozod qilinadi
    (O’zR SK 158-modda)
    Protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko’rsatishdan, nogironlar uchun mo’ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko’rsatishdan olingan foydasi
    Tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi
    Shahar yo’lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo’nalishli taksidan tashqari) yo’lovchilarni tashish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan olingan foydasi
    Investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aktsiyalarini sotib olishga yo’naltiriladigan foydasi
    Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishdan olingan foydasi
    Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko’prog’ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi ushbu qismda belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi
    Soliq solinadigan foydani kamaytirish (O’zR SK 159-modda)
    Ekologiya, sog’lomlashtirish va xayriya jamg’armalari, madaniyat, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga beriladigan badallar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning bir foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda
    Asosiy ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruktsiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga yo’naltiriladigan mablag’lar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha tarbiya ta’lim muassasalari qurilishiga yo’naltirilgan mablag’lar summasiga, lekin soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda
    Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihozlar xarid qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing ob’ekti qiymatining o’rnini qoplashga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirgan holda yo’naltiriladigan mablag’lar summasiga
    Yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari to’lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin yo’naltiriladigan mablag’lar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda
    Diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg’armalarining mulkida bo’lgan korxonalar foydasidan shu birlashmalar va jamg’armalarining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan ajratmalari summasiga
    Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

    Download 1,14 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lashdan ozod qilinadi

    Download 1,14 Mb.