Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug’urtalash mexanizmini




Download 109,24 Kb.
bet2/15
Sana23.07.2021
Hajmi109,24 Kb.
#15935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

Kirish




Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va xalqimiz hayoti farovonligini yanada yaxshilanishi yo’lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning samaradorligi respublikamiz avtomobil sanoatini rivojlanishi, transport vositalarini keskin ko’payishi bilan chambarchas bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 2012 yil yakunlari va 2013 yilda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida respublikamizda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish masalasiga to’xtalib, quyidagilarni ta’kidladilar: “Avtomobil sanoatida Germaniyaning dunyoga mashhur “MAN” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida yiliga 3 mingta yuk avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan yangi kompleksni bunyod etishning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Ushbu korxonada jahondagi eng yuksak standartlar asosida jihozlangan yuqori texnologik ishlab chiqarish tashkil etildi. Aytish kerakki, katta hajmdagi yuklarni tashiydigan eng zamonaviy avtomobillar ishlab chiqaradigan mazkur korxona nafaqat mamlakatimiz ehtiyojini qoplaydi, balki bu mashinalarni eksport qilishni ham ta’minlaydi”1. Albatta, bularning hammasi xalqimizning turmush darajasini yanada yaxshilash, aholining avtomobil transporti vositalariga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirishga karatilganligi bilan e’tiborga molikdir.

Zamonaviy talablar darajasidagi dinamik va tezlik xususiyatlari yuqori bo’lgan transport vositalarining soni va yo’llarda harakat jadalligi yil sayin o’sib bormoqda. Bu esa o’z navbatida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarimizning hayoti va sog’ligini, mol-mulklarini himoya qilish yuzasidan samarali tadbirlarni amalga oshirish, sodir etilayotgan hodisalarning oqibatlariga ularni yuzaga kelishi shart-sharoitlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligini taqozo qiladi. Ma’lumotlarga ko’ra, er yuzida yo’l-transport hodisalari oqibatlarida yiliga 1,5 millionga yaqin kishi halok bo’lmoqda, jarohatlanganlar soni esa bundan 20-30 marta ko’pdir2.

Ulardan ko’rilayotgan zarar esa mamlakatlar milliy daromadining qariyib 2-4 foizini tashkil etadi. Bunday talofotlarni hatto urush va tabiiy ofatlar natijasi bilan ham tenglashtirib bo’lmaydi. Yo’l-transport hodisalari va ularning oqibati mamlakat iqtisodiyotiga va jamiyatning ma’naviy hayotiga juda katta zarar etkazilayotganligi sababli ularning oldini olish davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Avtoransport vositalari yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda fuqarolarning hayotiga xavf soluvchi manbalardan biri hisoblanadi. Avtotransport vositalariga yo’l-transport hodisalaridan tashqari, turli ko’rinishdagi tabiiy ofatlar, yong’in, transport vositasini ug’irlash va olib qochish hamda boshqa noxush holatlar ro’y berishi natijasida transport vositasi egasi jiddiy moddiy va ma’naviy ziyon ko’radi. Mazkur ziyonning o’rnini qoplashda sug’urta mexanizmidan foydalanish samaradorligini oshirishni bugungi kunning o’zi taqozo etmoqda.

Mustaqillik yillari O’zbekistonda avtomobil transporti vositalarini sug’urta yo’li bilan himoyalanishini ta’minlash maqsadida katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mazkur sug’urtaning shartlari, tarif stavkalari takomillashtirildi. Sug’urta kompaniyalari o’rtasida avtosug’urta bo’yicha raqobat muhiti kengaydi. Bu o’z navbatida, avtotransport sug’urtasidan foydalanuvchilar sonining ko’payishiga va aholi o’rtasida bu sug’urta xizmatining nufuzini oshishiga olib keldi.

Shunday bo’lishiga qaramay, bugungi hayot va o’zgarishlar respublikamizda avtomobil transporti vositalarini kompleks sug’urtalash bo’yicha ishlarni yanada takomillashtirishni hamda tarif stavkalarini aktuar hisob-kitoblar asosida belgilashni taqozo etmoqda. Shuningdek, avtosug’urtaga, xususan yuridik shaxslarning avtomobil transportini sug’urtalashga yangi innovatsion g’oyalarni singdirgan holda uni modernizatsiya qilish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Yuqorida qayd etilgan muammolarning mavjudligi tanlangan bitiruv malakaviy ishining dolzarb ahamiyat kasb etishini anglatadi.


Download 109,24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 109,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug’urtalash mexanizmini

Download 109,24 Kb.