Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug’urtalash mexanizmini




Download 109.24 Kb.
bet14/15
Sana23.07.2021
Hajmi109.24 Kb.
#15935
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

Xulosa


O’zbekistonda yuridik shaxslarning avtomobil transportini sug’urtalashning nazariy va amaliy asoslarini ilmiy tadqiq etish natijasida quyidagi xulosalar chiqarildi va takliflar ishlab chiqildi.

Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va xalqimiz hayoti farovonligini yanada yaxshilanishi yo’lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning samaradorligi respublikamiz avtomobil sanoatini rivojlanishi, transport vositalarini keskin ko’payishi bilan chambarchas bog’liqdir. Zamonaviy talablar darajasidagi dinamik va tezlik xususiyatlari yuqori bo’lgan transport vositalarining soni va yo’llarda harakat jadalligi yil sayin o’sib bormoqda. Bu esa o’z navbatida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarimizning hayoti va sog’ligini, mol-mulklarini himoya qilish yuzasidan samarali tadbirlarni amalga oshirish, sodir etilayotgan hodisalarning oqibatlariga ularni yuzaga kelishi shartsharoitlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligini taqozo qiladi. Ma’lumotlarga ko’ra, er yuzida yo’l-transport hodisalari oqibatlarida yiliga 1,5 millionga yaqin kishi halok bo’lmoqda, jarohatlanganlar soni esa bundan 20-30 marta ko’pdir.

Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash bo’yicha jiddiy choralar ko’rilishiga qaramay, afsuski, avtotransport vositalari bilan yo’l-transport hodisalarini keskin kamaytirishning imkoniyati bo’lmayapti. Ma’lumki, yo’l-transport hodisasi, tabiiy ofatlar, ug’irlik, avtotransport vositalarini olib qochish natijasida transport vositasi egasi jiddiy moddiy va ma’naviy zarar ko’radi. Halqaro amaliyotda bunday zararlarning o’rnini qoplashda sug’urta mexanizmidan samarali foydalaniladi.

O’zbekiston sug’urta bozorida yuridik shaxslarning avtomobil transporti vositalarini sug’urtalash tajribasi avtomobil sug’urtasining uchta mustaqil turidan foydalanishga asoslangan bo’lib, ular muayyan sug’urta shartnomasi shartlarida birbirini to’ldirib kelishi ham mumkin:

− “avtokasko” sug’urtasi;

− transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi sug’urtasi;

− transport vositasidagi haydovchi va yo’lovchilarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalash yoki avtomobil ichidagi yuklarni sug’urtalash.

«Avtokasko» sug’urtasi talofat, yong’in, tabiiy ofat, olib qochish, qismlarni o’g’irlash, oynaning sindirilishi, ustiga narsalarning tushishi holatlari bo’yicha o’tkaziladi. Sug’urta manfaati avtotransport vositasida o’rnatilgan va uning ajralmas qismi hisoblanadigan qo’shimcha uskunalarga nisbatan ham qo’llanilishi mumkin.

Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sug’urtalash sohasida raqobat muhiti nisbatan kuchli. Shu sababli, sug’urta tashkilotlari mijozlarni jalb etish bo’yicha turli vositalarni amaliyotga joriy etmoqdalar. Ulardan biri demping narx qo’llash evaziga avtotransport vositasi egasini sug’urtaga jalb qilish amaliyoti keng tarqalgan. To’g’ri, sug’urtalovchi mijozni qo’ldan boy bermasligi uchun tarif stavkani keskin pasaytirishi, ya’ni iqtisodiy jihatdan asoslanmagan tarifni qo’llashi mumkin. Ammo, tarif stavkani bunday tarzda qo’llash, oxir-oqibatda sug’urtalovchining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sirini o’tkazishi mumkin. Shu sababli, biz sug’urta bozorida, xususan, avtomobil transporti vositalarini sug’urtalash bozorida demping narxlarni qo’llash evaziga mijozlarni jalb etish amaliyotidan voz kechish choralarini ko’rishni taklif etamiz.

Sug’urta bozoridagi eng ommaviy sug’urta turi sifatida avtotransport sug’urtasi sug’urta qoplamasini olish niyatida tovlamachilik xatti-harakatlarini amalga oshirish uchun keng foydalaniladigan ob’ekt bo’lib hisoblanadi. Avtosug’urtada sodir etiladigan jinoyatlarni 3 guruhga ajratish mumkin:


  • sug’urta summasidan ortiq miqdorda sug’urta qoplamasini olish, bu summa shartnoma tuzish paytida avtomobilning haqiqiy qiymatidan yuqori bo’lishi mumkin emas. Tovlamachilar, yoki ishlab chiqarish sanasini o’zgartiradilar (masalan, 1990 yil o’rniga 1996 yilni ko’rsatish orqali), yoki uning sinfini balandlatib ko’rsatadilarki, bu sug’urta summasining yuqoriroq qilib belgilanishiga olib keladi. Bu ishlar qalbaki hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Noqonuniy tarzda qoplamani undirish uchun bunday harakat boshqa turdagi jinoyatlar (yolg’ondan olib qochish, ataylab o’t qo’yish va h.k.) ko’rinishida sodir etilishi ham mumkin. Avtomashinalarni bir paytning o’zida bir necha sug’urta kompaniyalarida sug’urtalab, ularning har biridan to’liq sug’urta summasi miqdorida sug’urta qoplamasini undirish ancha keng tarqalgan.

  • sug’urta holatini qalbakilashtirish orqali noqonuniy sug’urta qoplamasini olish. Tovlamachilar avtomobilning olib qochilishini, o’t ketishini, zararlanishini, avtomobil qismlarining o’g’irlanishini yolg’ondan sahnalashtiradilar. Bunda avtomobil yashirib qo’yiladi yoki undan foydalanib boshqa, qiymati past avtomobilga zarar etkaziladi va qoplama undirilgach, avtomobil sotib yuboriladi yoki qismlarga bo’lib savdoga qo’yiladi.

Sug’urta qoplamasi miqdorini noqonuniy yo’l bilan ko’paytirish. Tovlamachilar va noinsof sug’urtalanuvchilar bu maqsadda sug’urta hodisasi tufayli zararlangan avtomobilni ta’mirlash summasini ko’paytirib ko’rsatadilar yoki uning foydalanishga yaroqsiz qismlariga ataylab shikast etkazadilar (kuzovning zanglagan qismlari, nosoz holatdagi optika va h.k.)

Avtosug’urtada tovlamachilik nihoyatda keng tarqalgan. Xorijiy mutaxassislarning baholashicha, qalbaki hujjatlar asosida sug’urta to’lovlari ana shu turda sug’urta to’lovlarining umumiy miqdoridan 8 dan 20% gachani tashkil etadi. Avtosug’urtaga tovlamachilik harakatlari tufayli etkazilayotgan zarar faqat Germaniyaning o’zida yiliga 4 milliardga yaqin evrodan iborat. Mana shunday vaziyat sug’urtalovchilarni avtomobil sug’urtasida tovlamachilikning oldini olishga nihoyatda ko’p e’tibor va mablag’ ajratishga majbur etmoqda. Mana shu turdagi harakatlar sug’urtalovchilarni sug’urtalash shartlarini qattiqlashtirish, sug’urta hodisasi to’g’risidagi arizani qabul qilish tartibini bir muncha qat’iy asoslarda belgilash, sug’urta holatlarini tekshirish uchun ichiki ishlar idoralarini, malakali mutaxassislarni, huquqshunoslar va boshqa ixtisos egalarini jalb etishga majbur etmoqda.

Tovlamachilikka qarshi kurashning eng samarali usullaridan biri sifatida sug’urtalanuvchilar, shubhali sug’urta holatlari, noinsof sug’urtalanuvchilar to’g’risidagi yagona milliy axborot bazasini yaratishni taklif etamiz. Bu taklifning amaliyotga joriy etilishi sug’urta kompaniyalariga qalbaki hujjatlar yoki sug’urta holatlari bo’yicha takroriy murojaat etilishining oldini oladi.

Noinsof sug’urtalanuvchilar bilan bir qatorda o’z mijozlariga nisbatan tovlamachilik xatti-harakatlarini amalga oshiruvchi sug’urta kompaniyalari ham bo’ladi. Mana shunday jinoyatlarga huquqni muxofaza qilish idoralari tomonidan ko’proq e’tibor berilishi lozim deb hisoblaymiz. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududuiy boshqarmalari tarkibida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo’linmalari qoshida sug’urta sohasidagi jinoyatlarni ochish bo’limlarini tashkil etish masalasini ko’rib chiqishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.



Sug’urta xizmatlarini taqdim etishdan tashqari, sug’urta shartnomasida sug’urtalanuvchiga qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish va sug’urta holati bilan bog’liq xarajatlarni, masalan avtomobilni evakuatsiya qilish, yo’l-transport hodisasi sodir bo’lganda ekspertlarni chaqirish, yo’l-transport hodisasi munosabati bilan sug’urtalanuvchining aybini aniqlash yuzasidan nizolarni hal etishda huquqiy xizmat ko’rsatish xarajatlarini qoplash, ta’mirlash ishlari qiymatiga chegirmalar belgilash huquqlari belgilab qo’yilishini taklif qilamiz.




Download 109.24 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 109.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug’urtalash mexanizmini

Download 109.24 Kb.