• Qoniqtirilgan sug’urta da’volari summasi (mln.sum) 2011y. Ulush
  • 2011y. Ulush O’zgarish
  • Davlat ulushi mavjud kompaniyalar, JAMI: 932 864 64,0% 112,1%
  • Boshqa kompaniyalar, JAMI: 524 862 36,0% 111,8%
  • 48,5% 120,3% JAMI
  • 3.1. Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sug’urtalash bo’yicha
  • 3.2. Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sug’urtalashni
  • Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug’urtalash mexanizmini




    Download 109.24 Kb.
    bet12/15
    Sana23.07.2021
    Hajmi109.24 Kb.
    #15935
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Sug’urta kompaniyalari



    Tuzilgan shartnomalar soni

    (dona)

    Kelib tushgan sug’urta mukofoti

    (mln.sum)

    Qoniqtirilgan sug’urta da’volari summasi (mln.sum)

    2011y.

    Ulush

    O’zgarish

    2011y.

    Ulush

    O’zgarish

    2011y.

    Ulush

    O’zgarish

    1.

    DASK "Uzagrosugurta"

    632 913

    43,4%

    116,1%

    15 159,0

    37,9%

    124,2%

    1 854,4

    30,0%

    122,7%

    2.

    DASK "Kafolat"

    225 321

    15,5%

    107,9%

    6 816,9

    17,0%

    114,7%

    1 129,3

    18,3%

    115,7%

    3.

    MKEISK "Uzbekinvest"

    74 630

    5,1%

    95,6%

    2 340,4

    5,8%

    108,1%

    193,3

    3,1%

    70,1%



    Davlat ulushi mavjud kompaniyalar, JAMI:

    932 864

    64,0%

    112,1%

    24 316,3

    60,7%

    119,7%

    3 176,9

    51,5%

    115,0%

    4.

    SK YoAO "Alfa Invest"

    183 570

    12,6%

    131,1%

    5 402,7

    13,5%

    127,1%

    1 152,8

    18,7%

    120,1%

    5.

    OAJ "Kapital Sug'urta"

    112 412

    7,7%

    118,7%

    3 407,1

    8,5%

    130,4%

    653,7

    10,6%

    143,9%

    6.

    MChJ SK "Asia insurans"

    113 012

    7,8%

    95,4%

    3 565,4

    8,9%

    101,3%

    757,2

    12,3%

    142,1%

    7.

    OAJ SK "Alskom"

    78 387

    5,4%

    95,5%

    2 133,4

    5,3%

    103,8%

    255,4

    4,1%

    93,5%

    8.

    YoAO "Universal

    Sug'urta"



    18 837

    1,3%

    123,6%

    635,3

    1,6%

    130,1%

    68,9

    1,1%

    61,5%

    9.

    MSK "Ishonch"

    18 644

    1,3%

    98,1%

    585,6

    1,5%

    110,3%

    106,5

    1,7%

    68,3%



    Boshqa kompaniyalar, JAMI:

    524 862

    36,0%

    111,8%

    15 729,6

    39,3%

    116,9%

    2 994,4

    48,5%

    120,3%



    JAMI

    1 457 726



    112,0%

    40 045,9



    118,6%

    6 171,4



    117,5%

    39


    1-diagramma Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash bo’yicha kelib tushgan sug’urta mukofotlari hududlar kesimida7

    turi bo’yicha amalga oshiriladigan sug’urta qoplamalari miqdorining ham keskin ortishiga sabab bo’ladi. Ushbu holat, minglab jabrlanuvchilarning zararlari sug’urta tashkilotlari tomonidan qoplanishini, pirovardida aholining keng qatlamlarida sug’urta madaniyatini shakllanishini va rivojlanishini anglatadi.


    III bob. O’zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sug’urtalash mexanizmini takomillashtirish yo’nalishlari




    3.1. Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sug’urtalash bo’yicha

    xorijiy davlatlar tajribasi


    Xorijga chiqayotgan O’zbekistonlik avtomobilchilar uchun chegaradan o’tishning zarur shartlaridan biri fuqarolik javobgarligi sug’urtasining, boshqacha ibora bilan aytganda, chet elda tan olinadigan “Yashil karta”ning mavjudligi hisoblanadi. O’zbekistonda fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash joriy qilinganligiga qaramasdan, mamlakat “Yashil karta” tizimiga kiritilmagan, ko’plab O’zbekistonlik sug’urtalovchilar ana shu tizimga a’zo bo’lgan xorijiy kompaniyalar bilan tuzilgan shartnoma asosida chet elga chiqib ketayotgan avtomobil egalariga fuqarolik javobgarligi shartnomasini o’sha xorijiy sug’urtalovchilar nomidan sotadilar. Odatda O’zbekistonlik sug’urtalovchilar nemis va avstriya sug’urta kompaniyalarining (SOFAG, Garant, Alte Lyaptsiger) sug’urta polislarini, kamdankam holda arzon narhdagi polsha va bolgar polislarini tavsiya etadilar.

    “Yashil karta” tizimining shakllantirilishi 1949 yilda BMT ning tavsiyasi hamda 1952 yilda BMT ning 43-sonli Rezolyutsiyasi qabul qilinishi bilan bog’liq. Bu hujjatlar ikkita asosiy vazifani hal etishga: xorijiy transport vositalari ishtirokidagi yo’l-transport hodisasi natijasida jabrlanganlarning manfaatlarini himoya qilish hamda avtotransport vositalarining bir necha mamlakatlar hududi bo’ylab ko’chib yurish tartibini soddalashtirishga qaratilgan edi. Zero, avtotransport vositalarining ko’chib yurish erkinligi xorijiy transport vositasi ko’chib yurgan turli mamlakatlarda har safar o’sha mamlakatning milliy qonunchiligiga talablariga javob beradigan yangi fuqarolik javobgarligini sug’urtalash shartnomalarini sotib olishi zaruriyati bilan cheklab qo’yilgan edi. Buning rivojlanishida London bitimi deb atalmish, ikki tomonlama kelishuv shakliga ega bo’lgan hujjatning ahamiyati katta. Mana shu bitimning shakli va mundarijasi avtotransport vositalarini sug’urtalash bilan shug’ullanuvchi sug’urtalovchilarning uchrashuvida qabul qilingan. Aynan shu uchrashuvda “Yashil karta” Byurosining Kengashi – yangi tizimning boshqaruv organi ta’sis etildi.

    “Yashil karta” tizimi faoliyatining bevosita asosi bo’lib ko’p tomonlama davlatlararo shartnoma emas, balki “Yashil karta” tizimi a’zosi bo’lgan milliy tashkilotlar o’rtasida o’zara tuziladigan ko’plab ikki tomonlama bitimlar xizmat qiladi. Tizimning faoliyati quyidagi qoidalarga asoslanadi:

    − tizimning ta’siri faqat avtotransport egalarining fuqarolik javobgarligini sug’urtalash milliy qonunchilik asosida majburiy hisoblangan mamlakatlarda tatbiq etiladi;

    − bitimning xususiy mohiyatga ega ekanligiga qaramay, “Yashil karta” tizimining qonuniyligihar bir alohida davlatda qonuniy jihatdan tan olinishi shart;

    − “Yashil karta” tizimiga a’zo bo’lish xohishiga ega har bir mamlakatda Milliy Byuro tuzilib, avtomobil egalarining fuqarolik sug’urtasi bilan shug’ullanuvchi barcha sug’urtalovchilar unga a’zo etib kiritiladi;

    − har bir Milliy byuro boshqa mamlakatlarning milliy byurosi bilan tuziladigan ikki tomonlama xalqaro shartnoma taraflaridan biri bo’lib hisoblanadiki, bu “Yashil karta” tizimining raqobat tartibida faoliyat ko’rsatishini belgilaydi8.

    Har bir mamikatning Yashil karta” milliy byurosi ikkita asosiy vazifani bajaradi:

    − zararlarni qoplash bo’yicha Byuro sifatida milliy sug’urtalovchilar, ya’ni o’z a’zolari tomonidan manfaatdor sug’urtalanuvchilarga tarqatish uchun ”Yashil karta” guvohnomalarini chiqaradi;

    − e’tirozlarni hal etuvchi Byuro sifatida u mazkur mamlakatda jabrlangan fuqarolarning e’tirozlarini hal etadi va jabrlanganlarga o’z avtotransport vositalari orqali zarar etkazilishida aybdor va “Yashil karta” guvohnomasiga ega bo’lgan xorijiy fuqarolarga nisbatan da’vo taqdim etadi.

    Bitimlarda ko’zda tutilgan qoidalarni hisobga olgan holda “Yashil karta” ning o’zi avtomobil egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash qonuni asosida tuzilgan sug’urta shartnomasining ekvivalenti bo’lib qolgan. U o’z egasini tizimga a’zo mamlakatlar chegarasidan o’tish chog’ida har safar qo’shimcha sug’urta shartnomasini tuzish zaruratidan ozod etadi. Xorijiy mamlakatda bo’lib turgan “Yashil karta” egasining aybi bilan yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan holda, u o’zining kartasini hukumat idoralari vakillariga taqdim etadi va shu orqali avtotransport vositasidan foydalanuvchi sifatida o’zining fuqarolik javobgarligi sug’urtalanganligini tasdiqlaydi. Bu holda jabrlanuvchi, to’lov masalasida xorijiy fuqaroga e’tiroz bilan murojjat etish imkoniyatiga ega emasligi sababli, o’zining zararni undirish to’g’risidagi talabini nizolarni hal etish bo’yicha milliy byuroga yuboardi. Milliy byuro o’z navbatida, etkazilgan zararni yoki ziyonni to’liq miqdorda qoplab berganidan so’ng, o’zining avtotransport vositasi bilan yo’l-transport hodisasi yo’l qo’yib zarar etkazilishida aybdor bo’lgan shaxsga “Yashil karta” berilgan mamlakatning zararlarni qoplash Byurosiga, qilingan xarajatlarning o’rnini qoplash talabi bilan murojaat etadi.



    “Yashil karta” tizimining 23 ta evropa mamlakatlarida faoliyat ko’rsata boshlashi bilan, qatnashchi mamlakatlarda fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urtasiga nisbatan qo’yiladigan minimal talablarni bir xillashtirish zarurati tug’ildi. Chunki sug’urtalash shartlarining nihoyatda xilma-xilligi xorjiy davlatlar hududida to’lanishi lozim bo’lgan zararlarni baholashga tegishli masalada bir muncha noaniqliklarni keltirib chiqarar, bu esa “Yashil karta” milliy Byurosining moliyaviy barqarorligi putur etkazishi ham mumkin edi. Bu muammo Evropa Ittifoqining avto egalarining fuqarolik javobgarligini sug’urtalash masalasida 1972, 1983, 1990 yillarda Diektivalar qabul qilinish orqali hal etildi9. Direktivalar shakllanishi tugugan “Yashil karta” tizimiga qonuniy maqom ato etdi va qatnashchi mamlakatlar uchun quyidagi asosiy qoidalarning majburiyligini belgilab qo’ydi:

    1. qatnashchi-mamlakatlar hududiga haydovchilari EI mamlakatlarida tatbiq etiladigan va “Yashil karta” tizimiga a’zo-mamlakatlarning sug’urtalovchilari bilan tuzilgan fuqarolik javobgarligini sug’urtalash shartnomasiga ega bo’lmagan avtotransport vositalarining kiritilishini man etish, va ana shunday sug’urtalash mavjudligining chegara oldi nazoratini ta’minlash;

    2. mazkur sug’urta mavjudligi “Yashil karta” guvohnomasi bilan tasdiqlanadi.

    3. jabrlanuvchiga etkazilgan zarar hajmi o’sha shaxs fuqarosi bo’ligan mamlakatning qonunchiligi talablari asosida belgilanadi;

    4. jabrlanuvchiga zarar etkazgan xorjiy avtotransport vositalari ro’yxatga olingan mamlakatlarning milliy byurolariga sodir bo’lgan barcha yo’l-transport hodisalari va ularning ehtimoldagi oqibatlari to’g’risida albatta xabar berish;

    5. jabrlanuvchi fuqarosi bo’lib hisoblangan mamlakatning milliy byurosi sug’urta qoplamasining to’lanishini kafolatlaydi va bu xarajat to’lov haqiqatda amalga oshirilganidan so’ng avtotransport vositasi ro’yxatga olingan mamlakatning

    Milliy byurosi tomonidan qoplanishi zarur;

    1. qatnashchi-mamalakatlarda majburiy sug’urtalash xatarlarning quyidagi turlariga tatbiq etiladi: mulkiy zarar sug’urtasi 100,0 ming evro doirasida va uchinchi shaxslarning hayoti, salomatligiga (shu jumladan haydovchining oila a’zolariga) etkazilgan zarar har bir jabrlanuvchi uchun 350,0 ming evro doirasida, yoki bitta yo’l-transport hodisasi natijasida barcha jabrlanganlar uchun 500,0 ming evro doirasida; bunda sug’urta holati sodir bo’lgandagi sug’urta to’lovining yalpi limiti

    600,0 ming evroni tashkil etadi11,12;

    1. har bir qatnashchi-mamlakatda agar zarar etkazuvchi fuqarolik javobgarligi sug’urtasini tuzmagan yoki yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydan yashiringan fuqaro bo’lib chiqqan yoxud yo’l-transport hodisasi aybdori aniqlanmay qolgan taqdirda jabrlanuvchilarga to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradigan kafolatlangan jamg’armalarning mavjud bo’lishi.

    “Yashil karta” tizimi amal qilib turgan davr mobaynida xorjiyy mamlakatlar hududida etkazilgan zararni hal etishda sug’urtalovchilar bilan milliy byurolar munosabatlarini muvofiqlashtirig qoidalari ham takomillasha bordi. Xususan 1991



    11 Barcha qatnashchi mamlakatlarning manfaatlariga rioya etilishi maqsadida avtosug’urtaga oid Ikkinchi Direktivaning bu qoidasi qatnashchi-mamlakatlarda asta-sekin 1987 – 1995 yillar davomida joriy etilgan.

    32 EI ning turli mamlakatlari qonunchilgi meyorlaridagi ayrim farqlar hamon saqlanib kelmoqda.

    12


    yildagi London bitimining yangi tahririga “yashil karta” sug’urtasining amal qilish muddati 15 kundan kam bo’lmasligi shartligi, bunda qalbaki va noto’g’ri rasmiylashtirilgan “yashil karta” ham milliy byuroda to’lovning amalga oshirilishi bo’yicha e’tiroz bildirish uchun hamda keyinchalik ular o’rtasida o’zaro hisobkitoblar uchun yuridik kuchga ega ekanligi belgilab qo’yildi. Milliy byurolarning jabralnuvchilarga to’lovlarni hisoblab yozish va to’lab berishning moliyaviy majburiyatlari ham, xususan, jabrlanuvchiga to’lov faqat tovon pulidan iborat bo’lishligi va o’z ichiga zararni hal etish bilan bog’liq xarajatlar va yig’imlar kirmasligi; zararni hal etish bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar. Jumladan, Milliy byuroning xarajatlari sug’urta to’lovining 15% dan ortib ketmasligi zarurligi va eng ko’p miqdori 3272 evro miqdorida ekanligi belgilab qo’yildi. To’lov zararni hal etuvchi byuroning milliy valyutasida sug’urta to’lovi amalga oshirilganidan keyin 2 oydan ortiq bo’lmagan muddat ichida amalga oshirilishi shart, bunda to’lovchi milliy byuro jabrlanuvchi yashayotgan mamlakatning zarani hal etuvchi milliy byurosi tomonidan qabul qilingan to’lov summalari yuzxasidan nizolashish huquqidan mahrum. Bundan tashqari, milliy byurolar o’rtasidangi nizolarni hal etishning yangi tartibiga muvofiq qaror qabul qilish huquqiga “Yashil karta” Byurosining Kengashi tomonidan tayinlanadigan va vakolat beriladigan arbitr ega bo’ladi.

    Bir vaqtlar, evropadagi sotsialistik mamlakatlar hududida avto egalarining fuqarolik javobgarligi shuningdek, majburiy tarzda o’tkazilgan kezlarda, “ko’k karta” tizimi tashkil etilgan bo’lib, u xuddi EI mamlakatlaridagi “yashil karta” tizimi qoidalariga o’xshash qodialar aosida faoliyat yuritgan. Hozirgi paytda Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlar, shuningdek Boltiqbo’yi respublikalari (Litvadan tashqari), Ukraina, Moldova singari bir qator mamlakatlar “Yashil karta” tizimining qatnashchisi hisoblanadilar. O’zbekiston Respublikasi sug’urtalovchilarining “Yashil karta” tizimida qatnashishlari avvalo avtomobil egalarining fuqarolik javobgarligin majburiy sug’urtalash milliy qonunining qabul qilinishi, hamda yuqorida sanab o’tilgan shartlarda ko’zda tutilgan moliyaviy kafolatlovchi milliy institutlar (byurolar) ning shakllantirilishi bilan bog’liq.



    3.2. Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sug’urtalashni


    Download 109.24 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 109.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug’urtalash mexanizmini

    Download 109.24 Kb.