I bob. Avtomobil transportini sug’urta qilishning zarurligi va tashkiliymetodologik asoslari




Download 109.24 Kb.
bet8/15
Sana23.07.2021
Hajmi109.24 Kb.
#15935
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15

I bob. Avtomobil transportini sug’urta qilishning zarurligi va tashkiliymetodologik asoslari



1.1. Avtomobil transportini sug’urta qilishning mohiyati va zarurligi


Ma’lumki, barcha turdagi transport vositalari, ayniqsa avtomobil transporti vositalari yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va xalqimiz hayoti farovonligini yanada yaxshilanishi yo’lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning samaradorligi respublikamiz avtomobil sanoatini rivojlanishi, transport vositalarini keskin ko’payishi bilan chambarchas bog’liqdir. Zamonaviy talablar darajasidagi dinamik va tezlik xususiyatlari yuqori bo’lgan transport vositalarining soni va yo’llarda harakat jadalligi yil sayin o’sib bormoqda. Bu esa o’z navbatida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo’l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarimizning hayoti va sog’ligini, mol-mulklarini himoya qilish yuzasidan samarali tadbirlarni amalga oshirish, sodir etilayotgan hodisalarning oqibatlariga ularni yuzaga kelishi shartsharoitlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligini taqozo qiladi. Ma’lumotlarga ko’ra, er yuzida yo’l-transport hodisalari oqibatlarida yiliga 1,5 millionga yaqin kishi halok bo’lmoqda, jarohatlanganlar soni esa bundan 20-30 marta ko’pdir.

Ulardan ko’rilayotgan zarar esa mamlakatlar milliy daromadining qariyib 2-4 foizini tashkil etadi. Bunday talofotlarni hatto urush va tabiiy ofatlar natijasi bilan ham tenglashtirib bo’lmaydi. Yo’l-transport hodisalari va ularning oqibati mamlakat iqtisodiyotiga va jamiyatning ma’naviy hayotiga juda katta zarar etkazilayotganligi sababli ularning oldini olish davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.



Respublikamizda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ishlari O’zbekiston Respublikasining «Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash to’g’risida”gi Qonuni va ushbu qonun talablaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan boshqa bir qator qonunosti hujjatlari, Prezident Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Ichki ishlar vazirligi hamda tegishli idoralarning buyruq va ko’rsatmalari asosida olib borilmoqda.

Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda yo’l harakati xavfsizligini yanada takomillashtirish, sohaga oid qonunlarni liberallashtirish, fuqarolarimizga, ayniqsa harakat ishtirokchilariga qulayliklar yaratish, ularda harakatlanish madaniyatini shakllantirish, huquqiy savodxonligini yuksaltirish borasida ham izlanishlar olib borilayapti. Jumladan, yo’l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida “O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi”ga 2006, 2007 va 2008 yillarda kiritilgan telefondan foydalanish; xavfsizlik kamaridan foydalanish; monitordan foydalanish yoki o’zboshimchalik bilan displey o’rnatish kabi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik bo’yicha kiritilgan bir qator yangi normalar o’zining ijobiy samarasini berib, og’ir oqibatli yo’l-transport hodisalarining kamayishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Qabul qilingan yangi Qonun ham ana shu ishlarning mantiqiy davomi bo’lib dastlab O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va Senat tomonidan ma’qullandi. Bir so’z bilan aytganda bu Qonun eng avvalo harakat ishtirokchilarining qonunlar oldidagi mas’uliyatini oshirishga, ularning huquqlarini himoya qilish, qoidabuzarliklarni kamaytirish va shu orqali insonlarning bevaqt halok bo’lishi va jarohatlanishining oldini olishga yo’naltirilgan.

Harakat xavfsizligini ta’minlash yo’lida keyingi yillarda mamlakatimizda yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash yo’nalishida bir qator samarali tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu esa fuqarolarimiz xavfsizligi, shuningdek, avtomobil yo’llari va ko’chalarda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarning sifat jihatdan yangi pog’onaga yuksalishiga zamin yaratmoqda. Jumladan, yaqinda O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi hamda 2011 yilning 27 aprel kunidan rasman kuchga kirdi.

Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaga oid qonunlarni liberallashtirish, fuqarolarimizga, ayniqsa, yo’l-transport harakati ishtirokchilariga qulayliklar yaratish, fuqarolarning harakatlanish madaniyatini shakllantirish, huquqiy savodxonligini oshirish borasida ham izlanishlar olib boryapmiz. Jumladan, yo’l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida “O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi”ga 2006-2008 yillarda kiritilgan: telefondan foydalanish; xavfsizlik kamaridan foydalanish; monitordan foydalanish yoki o’zboshimchalik bilan displey o’rnatish kabi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik yuzasidan kiritilgan bir qator yangi me’yorlar o’zining ijobiy samarasini berib, oqir oqibatli yo’l-transport hodisalari birmuncha kamaydi.

Qabul qilingan yangi Qonun ham ana shu ishlarimizning mantiqiy davomi bo’lib, dastlab O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va Senat tomonidan ma’qullandi. Bir so’z bilan aytganda, bu Qonun, eng avvalo, harakat ishtirokchilarining qonunlar oldidagi mas’uliyatini oshirishga, ularning huquqlarini himoya qilish, qoidabuzarliklarni kamaytirish va shu orqali insonlarning yo’l-transport hodisalari tufayli bevaqt halok bo’lishi va jarohatlanishining oldini olishga yo’naltirilgan.

Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’qrisidagi Kodeksining 28 ta moddasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Jumladan, 15 ta amaldagi me’yorlarga tahririy o’zgartirishlar, hozirgi kun talabidan kelib chiqqan holda 5 ta yangi me’yor kiritildi. 17 ta moddaning sanktsiyasida ko’rsatilgan jarima miqdori muvofiqlashtirildi. Alohida ta’kidlash joizki, mazkur qonun bilan yo’l harakatidagi qoidabuzarliklarning aksariyati uchun yagona jarima miqdorlari belgilandi.

O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 15 ta moddasida belgilangan yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorlari, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish muddatlari uzaytirildi. Ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o’zgartishlar kiritildi. Jumladan, yo’lovchi tashish bilan shug’ullanuvchi avtobuslar haydovchilarining mas’uliyatini oshirish, oqir oqibatli yo’l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Kodeksning 125-moddasiga yangi, to’rtinchi band kiritildi. Unga ko’ra, endilikda, shaharlararo, xalqaro yo’nalishlarda yo’lovchi tashishni amalga oshiradigan avtobuslarni nazorat asboblarisiz (taxograflarsiz) yoki taxograflarni o’chirgan holda boshqarilsa, haydovchiga nisbatan ma’muriy chora ko’rilib, respublikamizdagi eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima solinadi.

Bundan tashqari, Kodeksga — yuk tashish va shatakka olish qoidalarini buzish, degan qo’shimcha modda kiritilib, yangi 1251-modda bilan to’ldirildi. Sababi, “Yo’l harakati qoidalari”ning 23-, 26-, 28-bandlarida yuklarni tashish va mexanik transport vositalarini shatakka olish qoidalari ko’rsatilgan bo’lib, Kodeksda bu turdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi. Javobgarlik bo’lmaganligi sababli keyingi paytda yuk tashish va mexanik transport vositalarini shatakka olish bilan bog’liq qoidabuzarliklar ko’payib, og’ir oqibatli yo’l-transport hodisalarini keltirib chiqarayotgan edi. Endilikda bunday huquqbuzarlik respublikamizdagi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Tegishli ruxsatnomasiz og’ir vaznli, yirik hajmdagi, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi hajm va og’irligi belgilangan me’yorlardan ortiq bo’lgan transport vositalarida yo’lga chiqish, xuddi shuningdek, ruxsatnomada ko’rsatilgan harakat yo’nalishidan chetga chiqish — fuqarolarga eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga, yuk tashish uchun mas’ul bo’lgan mansabdor shaxslarga esa — eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdorida jarima solishga asos bo’ladi.

Qonunga kiritilgan asosiy o’zgarishlardan biri — 128-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qo’pol qoidabuzarliklar uchun javobgarlikning alohida moddalarda aks ettirilganligidir. Masalan, bu Qonun qabul qilinguniga qadar ushbu moddaning birinchi qismida haydovchilarning transport vositasini piyodalar yo’lkasidan yurgizishi, yo’l belgilari va YHQning boshqa talablariga rioya etmasligi uchun javobgarlik nazarda tutilgan edi. Bunda qo’pol va kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun bir xil ta’sir choralarini qo’llash bilan bir vaqtda harakat tezligini oshirib yuborish hamda svetoforning taqiqlovchi belgilariga bo’ysunmaslik kabi huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavfliligi inobatga olinmagan edi.

Qonunchilikni takomillashtirish va huquqbuzarliklarni farqlash, shuningdek, harakat xavfsizligiga jiddiy raxna soluvchi ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismidagi harakat tezligini oshirib yuborish, svetoforning taqiqlovchi ishoralariga bo’ysunmaslik, to’siqsiz harakat qilish huquqiga ega transport vositalarining o’tib ketishiga xalaqit berish yoxud avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo’lgani uchun qo’llaniladigan choralar alohida ajratilib, Kodeks 1283-, 1284-, 1285- va 1286-moddalar bilan to’ldirildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 1283-moddada harakat tezligini oshirib yuborganlik uchun javobgarlik qay darajada tezlikni oshirish miqdoriga qarab belgilanadi. Ya’ni haydovchi belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrgacha oshirib yuborsa, eng kam oylik ish haqi miqdorida, soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ortiq bo’lmagan kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini 20 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida, soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo’ladi.



Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uch marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab bo’ladi.

Eng asosiysi, ushbu o’zgartishlar qonunchilikni liberallashtirish tamoyillariga ham to’la mos keladi. Jumladan, avval bir moddada bayon etilgan huquqbuzarliklar uchun takroriylik uning qaysi biri sodir etilganligidan qat’i nazar hisobga olinardi, endilikda esa aynan sodir etilgan qoidabuzarlikning takroriyligi inobatga olinishi belgilandi. O’ylaymizki, bu bilan ko’plab haydovchilarning talab va istaklarini qondirilishiga ham erishiladi.

Shuni unutmaslik kerakki, har bir haydovchi nafaqat transport vositasining boshqaruvchisi, balki shu bilan birga, harakatlanish xavfsizligi uchun javobgar shaxs hamdir. Afsuski, ayrim haydovchilar ba’zi hollarda ana shu mas’uliyatni unutib qo’yadilar, transport vositasini yo’l harakati qoidalarini qo’pol ravishda buzib, mast, shirakayf holda boshqaradilar. Bu esa juda ham achinarli hodisalarni keltirib chiqarishi turgan gap. Masalaning mana shu ijtimoiy xavfli bo’lgan tomonlarini inobatga olgan holda haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlik, giyohvand modda ta’sirida yoki mast holda boshqargani uchun qo’llaniladigan jazo chorasi keskin kuchaytirildi. Endilikda bunday huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etish jazosi qo’llaniladi. Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo’lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo’lsa, eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima solishga yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’ladi.

Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash bo’yicha jiddiy choralar ko’rilishiga qaramay, afsuski, avtotransport vositalari bilan yo’l-transport hodisalarini keskin kamaytirishning imkoniyati bo’lmayapti. Ma’lumki, yo’l-transport hodisasi, tabiiy ofatlar, ug’irlik, avtotransport vositalarini olib qochish natijasida transport vositasi egasi jiddiy moddiy va ma’naviy zarar ko’radi. Halqaro amaliyotda bunday zararlarning o’rnini qoplashda sug’urta mexanizmidan samarali foydalaniladi.

O’zbekiston Respublikasining sug’urta bozori sharoitlarida transport vositalarini boshqarish bilan bog’liq barcha xatarlar ixtiyoriy shakldagi sug’urta shartnomasi asosida sug’urtalanishi mumkin. O’zbekistonda avtomobil vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy tarzda sug’urtalanadi. Sug’urta tariflari (ularning cheklovchi darajalari), sug’urta tariflarining tarkibi va ularni qo’llash tartibi O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan o’rnatilishi belgilab qo’yilgan. Avtotransport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomalari bo’yicha xatarlar ro’yxati transport vositasidan foydalanish chog’ida jabralanuvchining hayoti, salomatligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi oqibatida kelib chiqadigan avtotransport egalarining majburiyatlari vujudga keladigan holatlarni o’z ichiga oladi, bu qoidadan sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan avtotransport vositasidan boshqa transport vositasida etkazilgan zarar, etkazilgan ma’naviy zarar, jabrlanuvchiga tashilayotgan yuk bilan zarar etkazilishi, antikvariatlar va boshqa beqiyos qimmatga ega ashyolarning, binolarning, inshootlarning shikastlanishi yoki nobud bo’lishi, xodimlarning hayoti va salomatligiga ular xizmat vazifalarini ado etib turgan paytida etkazilgan zarar, shuningdek qonunchilikda bevosita belgilab qo’yilagan boshqa bir qator holatlar istisno etiladi. Ayni vaqtda agar zarar etkazgan transport vositasining egasi aniqlanmagan bo’lsa yoki fuqarolik javobgarligi sug’urtasiga ega bo’lmasa jabrlanuvchilar tovon to’lovlarini (sug’urta qoplamasidan farqli o’laroq) olish huquqiga ega bo’ladilar.

Ixtiyoriy sug’urtalash shartlari asosida sug’urtalash uchun o’rnatilgan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart bo’lgan avtotransport vositalari, suvda suzuvchi, kam o’lchamli qayiqlar qabul etilish mumkin: avtomabillar – engil, yuk, yukyo’lovchi tashuvchi avtomobillar, mikroavtobuslar, shu jumladan shatakli va yarim shatakli; mototsikllar, motorollelar, motoaravachalar, motokartlar, qordayurarlar, barcha rusumdagi mopedlar, shuningdek traktorlar, shu jumladan motobloklar va mini traktorlar; qayiqlar – motorli, eshkakli, elkanli, (osma motorsiz qilib ishlangan havo dimlab shishiradiganlaridan tashqari), katerlar va yaxtalar – motorli, motorlielkanli, katamaranlar va trimaranlar.

Avtotransport vositalari sug’urtasida ehtimol tutilgan xatarlarni sug’urtalash shartlarini ko’zda tutuvchi sug’urtalashning– avtotransport vositasiga etkazilgan zararni yoki avtomobilning olib qochilishini sug’urtalash kabi alohida xatarlarni sug’urtalashdan tortib to amalda “avtokasko” nomini olgan barcha xatarlardan sug’urtalashgacha qamrab oluvchi keng ro’yxatdan foydalaniladi.

Transport vositalarini sug’urta qildirish huquqiga ega bo’lib O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek doimiy istiqomat qiluvchi muxojirlar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar yuz ko’rsatishi mumkin. Bunda mototransport vositasining sug’urtalanuvchisi sifatida o’n olti yoshga to’lgan shaxslar, boshqa tarnsport vositalari bo’yicha esa o’n sakkiz yoshga etganlar ham qatnashishi mumkin. Transport vositasi sug’urtalanuvchiga egalik huquqi asosida tegishli bo’lsa, yoki ijaraga olingan bo’lsa, yoxud sug’urtalanuvchi transport vositasidan boshqa qonuniy yo’l qo’yilgan asoslarda foydalanayotgan, jumladan mazkur transport vositasidan huquqiy asosda ishonchnoma bilan foydalanish (tasarruf etish) uchun berib qo’yilgan bo’lsa, sug’urtalash uchun qabul qilinadi. Sanab o’tilgan asoslar transport vositasini sug’urtalash shartnomasini tuzish chog’ida sug’urtalanuvchining sug’urta manfaatining haqqoniyligini tasdiqlaydi. Sanab o’tilgan mulkiy manfaatlar bir vaqtning o’zida mazkur transport vositasidan foydalanuvchi yuqorida ko’rsatilgan barcha shaxslar tomonidan sug’urtalnishi mumkin, chunki ular transport vositasini ishlatish jihatidan bir xilda haqqoniy sug’urta manfaatiga ega hisoblanadilar. Biroq sug’urta to’lovi faqat sug’urta shartnomasini tuzgan shaxsning o’zigagina to’lanadi.



Transport vositalari turli xil sug’urta xatarlarini o’z ichiga olgan quyidagi shartlar asosida sug’urtalanishi mumkin:

  1. Barcha turdagi xatarlardan sug’urtalash, yoki “avtokombi” sug’urtaga qabul qilingan avtotransport vositasidan foydalanish bilan bog’liq sug’urta xatarlarining eng keng qamrovli ro’yxatidan iborat. Sug’urtalangan transport vositasining yo’qolishi yoki shikastlanishi, ana shu transport vositasidan foydalanish chog’ida jabrlanuvchilarning hayoti va salomatligiga yoki mol-mulkiga ziyon etkazilishi, haydovchining va yo’lovchilarning hayoti va salomatligiga etkazilgan ziyon sababli kelib chiqqan sug’urtalanuvchining zararlarini sug’urtalovchi tomonidan to’lab berilishini, avtomobil salonidagi bagajga va boshqa ashyolarga etkazilgan zararning qoplanishi zarur.

Bagaj sug’urtasi osori-atiqalarga va boshqa qimmatbaho metalldan, qimmatbaho va yarim qimmatbaho shuningdek sayqal beriladigan toshlardan yasalgan beqiyos qimmatga ega ashyolarga, diniy xususiyatga ega ashyolarga, kollektsiyalarga, suratlarga, qo’lyozmalarga, pul belgilariga, qimmatli qog’ozlarga, hujjatlarga va fotosuratlarga, shuningdek sug’urtalanuvchiga yoki uning oila a’zolariga tegishli bo’lmagan yoki xususiy tadbirkorlik faoliyatiga ko’ra sotish uchun mo’ljallangan ashyolarga nisbatan qo’llanilmaydi.

  1. Avtomobil egasining fuqarolik javobgarligi sug’urtasi. Bunday sug’urta sug’urtalanuvchining transport vositasidan foydalanish chog’ida uchinchi shaxslarga mol-mulkini shikastlanishi, vafot etishi yoki jismoniy jarohatlar etkazilishi orqali yuzaga keladigan fuqarolik javobgarligi holatlari uchun qo’llaniladi.

  2. “Avtokasko” sug’urtasi shartlariga ko’ra sug’urtalanuvchiga sug’urta shartnomasida belgilangan holatlarda transport vositasining to’la ravishda yoki uning ayrim qismlarining shikastlanishi, to’liq nobud bo’lishi yoki yo’qolishi natijasida etkazilgan har qanday zarar yuzasidan sug’urta himoyasi taqdim etilishi mumkin. “Avtokasko” sug’urtasi bilan foydalanishda bo’lgan har qanday turdagi transport vositalari, xususan: yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar, tortuvchi mashinalar va avtobuslar, engil avtomobillar va ularning shataklari, traktorlar, mototsikllar, shuningdek ularga o’rnatilgan qo’shimcha moslamalar: avtomagnitolalar, boshqarishning kompyuter vositalari kabilar qamrab olinadi.




Download 109.24 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 109.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Avtomobil transportini sug’urta qilishning zarurligi va tashkiliymetodologik asoslari

Download 109.24 Kb.