|
Bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslari
|
bet | 6/15 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 109,24 Kb. | | #15935 |
Bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning iqtisodiyot sohasidagi asarlari, iqtisodiyotni isloh qilish, shu jumladan sug’urta sohasi bo’yicha qabul qilingan Prezident farmonlari, qonunchilik hujjatlari, xorijlik va mamlakatimiz olimlarining sug’urta yo’nalishi bo’yicha e’lon qilgan ilmiy maqolalari va monografiyalari ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda dasturamal vazifasini bajardi. Shuningdek tadqiqot ishida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va yirik sug’urta kompaniyalarining statistik ma’lumotlaridan foydalanildi.
Tadqiqot ishini yozishda fanda ma’lum bo’lgan ilmiy-tadqiqotlarni olib borish uslublaridan foydalanildi. Chunonchi, raqamlarni guruhlash asosida ma’lumotlarni qayta ishlashning statistik usuli, tizimli baholash, fikrlarni mantiqiy tahlili va ma’lumotlarni taqqoslama tahlil etish, ilmiy ketma-ketlikni ta’minlash uslublari qo’llanildi.
|
| |