Avtotransport sug’urtasini tashkil etilishi va uning turlari




Download 109.24 Kb.
bet9/15
Sana23.07.2021
Hajmi109.24 Kb.
#15935
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15

1.2. Avtotransport sug’urtasini tashkil etilishi va uning turlari


O’zbekiston sug’urta bozorida transport vositalarini sug’urtalash tajribasi avtomobil sug’urtasining uchta mustaqil turidan foydalanishga asoslangan bo’lib, ular muayyan sug’urta shartnomasi shartlarida bir-birini to’ldirib kelishi ham mumkin:

− “avtokasko” sug’urtasi;

− transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi sug’urtasi;

− transport vositasidagi haydovchi va yo’lovchilarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalash yoki avtomobil ichidagi joylarni sug’urtalash.

«Avtokasko» sug’urtasi talofat, yong’in, tabiiy ofat, olib qochish, qismlarni o’g’irlash, oynaning sindirilishi, ustiga narsalarning tushishi holatlari bo’yicha o’tkaziladi. Sug’urta manfaati avtotransport vositasida o’rnatilgan va uning ajralmas qismi hisoblanadigan qo’shimcha uskunalarga nisbatan ham qo’llanilishi mumkin.

Transport vositasidan foydalanish chog’ida etkazilishi mumkin bo’lgan zarar xatari, xususan, talofat natijasida sug’urtalanuvchi uchinchi shaxslarning hayoti, salomatligi va mol-mulkiga etkazgan zarar xatari sug’urtalanishi darkor.

Uchinchi turdagi sug’urta – haydovchi va yo’lovchilarni baxtsiz hodisadan sug’urtalashning (yoki joylar sug’urtasining) ob’ekti bo’lib, ulardan har qaysisining hayoti, salomatligiga oid mulkiy manfaatlari hisoblanadi va bu turdagi sug’urta joylar tizimi asosida yoki varakay tizimi asosida tuzilishi mumkin. Birinchi holatda sug’urta summasi avtomashinadagi har bir alohida joy uchun belgilangsa, ikkinchisida – butun avtotransport vositasi uchun o’rnatiladi. Baxtsiz hodisa natijasida uzoq muddatga mehnat layoqatini yo’qotish (4 oydan ortiq) yoki mehnat layoqatini doimiy yo’qotish yoxud sug’urtalangan shaxsning o’limi sodir bo’lsa, sug’urta ta’minotini to’lash majburiyati yuzaga keladi. Yo’l-transport hodisasi natijasida vaqtinchalik umumiy mehnat layoqatini yo’qotish holatlarini va salomatlikni tiklash bo’yicha tibbiy xarajatlarni ham qo’shimcha ravishda sug’urtalash uchun qabul qilish mumkin.

Avtosug’urtada sug’urtalash uchun qabul qilingan transport vositasining sug’urta summasini transport vositasining sug’urta shartnomasi tuzilgan sanadagi haqiqiy (bozor) bahosi sifatida o’rnatish mumkin. Bunda sug’urta summasi yangi transport vositasining qiymati olinib, undan eskirish meyori chiqarib tashlangan holda belgilanadi. O’zbekiston qonunchiligiga binoan sug’urta summasi avtomobilning haqiqiy bozor bahosidan ortiq bo’lishi mumkin emas. Baxtsiz hodisadan sug’urtalashda va javobgarlikni sug’urtalashda sharnoma tuzayotgan taraflar o’zaro kelishilgan har qanday sug’urta summasini o’rnatishlari mumkin. Chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillarni sug’urtalash shartnomalarida sug’urta summasi ko’pincha xorijiy valyutada nomlanadi. Bunda tomonlar sug’urta mukofotini ham, sug’urta to’lovini ham milliy valyutada amalga oshiradilar. Bu holda sug’urta shartnomasida yoki qo’shimcha shartlarda valyuta almashtirish kursini aniqlash usuli ko’rsatilgan bo’lishi shart, ana shundan kelib chiqqan holda sug’urtalanuvchi sug’urtalovchi sug’urta to’lovi summasini hisoblab chiqadi. Sug’urta shartnomasida turli xil qoidalar qo’llanilishi mumkin: sug’urta to’lovi sug’urta holati sodir bo’lgan sanadagi yoki sug’urta dalolatnomasi tuzilgan sanadagi yoxud sug’urta qoplamasi o’tkazib berilayotgan sandagi valyuta almashtirish kursi asosida hisob-kitob qilinishi mumkin. Sug’urta shartnomasida to’lov amalga oshiriladigan valyuta kursining o’zgarishlariga nisbatan foizlarda yoki absolyut miqdorda cheklovlar o’rnatilishi ham mumkin.

Turli sug’urta qoplamasi asosida sug’urta shartnomasi tuzish chog’ida sug’urta summasini baholashga yondashuv bir xilda emas. Agar sug’urta shartnomasi faqat olib qochish hodisasi yuzasidan tuzilsa, shartnomada sug’urtalangan transport vositasining haqiqiy qiymatini aniqlashning eng ko’p tarqalgan usuli – bozor narxini yoki transport vositasi sotib olingan narxi bilan undan foydalanilgan barcha yillar davomidagi eskirish summasi o’rtasidagi farqi sifatida hisoblangan qiymatini topish hisoblanadi. Turli xil va turli rusumdagi avtotransport vositalari uchun eskirishning bir yillik foizini sug’urtalovchilar sug’urtalash qoidalarida: odatda, avtomobildan foydalanishning birinchi yilida sug’urta summasining 30% miqdorida belgilab qo’yadilar. Agar sug’urta shartnomasi asosida sug’urta qoplamasi faqat transport vositasining shikastlanishi xatarinigina qamrab olsa, sug’urta summasi transport vositasining almashtirilishi lozim bo’lgan qismlarining qayta tiklash qiymati hamda qayta tiklash ishlarining qiymati sifatida belgilanadi. Shu bilan bir qatorda, ayrim kompaniyalarning sug’urtalash shartlarida va sug’urta qoplamasini hsiob-kitob qilishda transport vositasi qisman shikastlangant holatlarda ham almashtirilgan qismlarga nisbatan eskirig meyorlari qo’llaniladi, transport vositasi olib qochilgan yoki shikastlanish natijasida konstruktiv nobud bo’lgan holatlarda esa sug’urta qoplamasini hisoblab chiqishda esa transport vositasining qiymatiga amortizatsiya meyorini hisoblash to’lov sanasiga nisbatan belgilanadi3.

Avtosug’urtada sug’urtaga qabul qilinayotgan transport vositasining texnik ma’lumotlari va xossalari (qiymati, sinfi, rusumi, quvvati, dvigatel hajmi, bosgan yo’li), transport vositasidan foydalanuvchining shaxsiy xususiyatlari (yoshi, jinsi, haydovchilik staji, salomatlik holati). Transport voschitasidan foydalanish maqsadi (shaxsiy yoki xizmat transport vositasi), qo’riqlash usullari (signalizatsiyaning, garajning, qo’riqlanadigan qo’yish joyining mavjudligi) va xatarning boshqa omillari hisobga olinadi.

Ayrim mamlakatlarda sug’urta tarifini o’rnatishda qo’llaniladigan xatar omillari qonun yoki qonunchilik tomonidan avtomobil egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash qoidalarida aniqlab qo’yiladi. Masalan, Frantsiyada sug’urtalovchi tomonidan e’tiborga olinishi shart bo’lgan xatar omillari: transport vochsitasining reyting guruhi (jami 15 ta guruh); transport vositasidan foydalniladigan jug’rofiy mintaqa (yo’l harakatining tig’izligiga ko’ra ajratilgan jami 5 mintaqa); sug’urtalanuvchining mashg’ulot turi (transportdan ishlab chiqarish va tijorat maqsadida foydalanuvchi avto egalari eng katta xatarlilikka, oilaviy fermalarning fermarlari va ularning xizmatchilari, shuningdek o’qituvchilar eng kam xatarlilik darajasiga ega), avtotransport vositasidan foydalanuvchining haydovchilik staji (bu ko’rsatkich sug’urtalanuvchining yoshi va jinsi bilan muvfiqlashtiriladi); avtotransport vositasining yoshi; sug’urtalangan avtotransport vositasidan foydlanuvchilarning soni. Anderraytingning bu tamoyillaridan faqat avto egasining fuqarolik javobgarligini sug’urtalashda emas, balki sug’urtalashning boshqa turlarida, masalan, olib qochishga, yong’inga, shikastlanishga oid sug’urtalarda ham foydalaniladi4.

Sug’urta mukofoti miqdorini aniqlashda bonus-malus tizimining qo’llanilishi muhim ahamiyatga ega. Bu tizim bazaviy ko’rsatkichlar asosida hisoblangan sug’urta tarifining oshishiga va kamayishiga ta’sir ko’rsatadi. Bonus-malus tizimi bazaviy sug’urta tarifiga tatbiq etiladigan ko’tariluvchi va pasayuvchi koeffitsientlar qo’llanilishini ko’zda tutadi. Bunday koeffitsientlarning miqdorini belgilashda bundan avval tuzilgan sug’urta shartnomasi natijalarini hisobga olinadi. Xususan, sug’urta shartnomasi amal qilib turgan avvalgi yilda avtotransport vositasini alkogoldan mastlik holatida boshqarish holati sodir etilgan bo’lsa, bazaviy tarifdan 150%, haydovchilik huquqidan 6 oydan ortiq muddatga maxrum etilganda – 100%, haydovchilik huquqi umuman bekr qilinganda – 200%, 3 yoki undan ko’proq yo’ltransprt hodisalari ro’yhatga olingan holda – 50% va h.k miqdorida ko’tariluvchi koeffitsient qo’llaniladi. Tarifga bunday ustamalar kumulyativ xususiyatga ega bo’lib, jami yig’indisi bazaviy sug’urta tarifining 400% dan oshib ketishi mumkin emas.

Buyuk Britaniyada sug’urta mukofotining miqdori xatarlar omilining to’rtta asosiy toifalariga bog’liq2: (1) avtotransport vositasi bilan bog’lik omillar, (2) sug’urtalanuvchi bilan va avtotransport vositasining boshqa haydovchilari bilan bog’liq omillar; (3) xatarning ahvol xususiyatiga va mintaqaviy joylashuviga bog’liq omillar; (4) ayni paytda sug’urta hodisasi vujudga kelmaganligi sababli chegirma olish huquqi bilan bog’liq omillar.

Yuqori darajadagi olib qochish ehtimoli xatarliligiga chet el rusumidagi qimmatbaho avtomobillar (“Mersedes-600”, barcha rusumdagi BMV, yo’l

tanlamaydigan barcha rusumdagi “jip”lar) kiritiladi. Xatarlilik darajasiga qarab, sug’urtga tatbiq etiladigan tariflarga chegirmalar, ustamalar yoki tuzatish koeffitsientlari (bonus-malus tizimi) qo’llaniladi.

Sodir bo’lish ehtimoli ko’zda tutilib sug’urta shartnomasi tuzilgan sug’urta hodisalari sug’urtalanuvchi tomonidan shartnomada belgilangan va mazkur hodisa dalolatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali isbotlanishi darkor. Masalan, olib qochish deb, avtomobil yoki boshqa transport vositasini o’g’irlash maqsadisiz noqonuniy egallab olinishi, yo’lovchilarsiz va haydovchisiz turgan avtomobilning (yoki ularni zo’rlik bilan haydab tushirib yuborish orqali) o’g’irlanishi hisoblanadi. Qoidaga ko’ra, tergovni olib borayotgan ichki ishlar idoralarining hujjatlaridan tashqari, avtotransport vositasi olib qochilgan yoki o’g’irlangan holatda sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga sug’urtalangan avtomashinaning texnik talonini, texnik pasportini va to’liq kalitlar majmuini topshirishi shart. Agar o’g’irlangan transport vositasi sug’urtalanuvchiga qaytarib berilgan bo’lsa, u olgan sug’urta qoplamasini shartnomada belgilangan muddat ichida sug’urta tashkilotiga o’g’irlanishi sababli vujudga kelgan zarur ta’mirlash ishlari qiymatini chiqarib tashlagan holda qaytarishi yoki topilgan transport vositasiga o’z huquqlaridan voz kechishi (abandon) shart.

Zarar rang-barang sug’urta hodisalari sababli vujudga kelishi mumkin. Eng ko’p tarqalgani – yo’l-transport hodisasidir. Uni aniqlashning batafsil ma’lumotlari yo’l harakati Qoidalarida ifoda topgan. Sug’urta kompaniyasi uchun yo’l-transport hodisasini tasdiqlovchi hujjat yo’l harakati xavfsizligi organining 1-shakl ma’lumotnomasidir.

Yong’in ham zarar sababi bo’lishi mumkin. Avtomobil har qanday sabab bilan o’t olishdan sug’urtalangan hisoblanadi, o’t o’chirish bo’limining ma’lumotnomasi yong’inni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. O’t o’chirish xizmatchilari albatta, hatto yong’in o’z kuchi bilan bartaraf etilgan taqdirda ham, hodisa sodir bo’lgan joyga chaqirilgan bo’lishi shart.

Uchinchi shaxslarning qonunga zid harakatlari avtomobilga ana shunday xattiharakat orqali etkaziladigan har qanday zararga sabab bo’lishi mumkin. Qonunga zid xatti-harakat natijasi sifatida ko’pincha sindirilgan oynalar va chiroqlar, o’g’irlangan magnitolalar, g’ildiraklar, firma ramzlari, ya’ni avtomobilning har qanday qismlarining va ko’shimcha jihozlarining o’g’irlanishi yuz ko’rsatadi. Shuningdek, qonunga zid xatti-harakatlarga to’xtash joyida, egasi yo’q vaqtida avtomobilning shikastlanishi ham kiritiladi, bu holda aybdor shaxslar ko’pincha aniqlanmay qoladi.

Agar sug’urta hodisalari ro’yxatiga tabiiy ofatlar ham kiritilgan bo’lsa, ularning vujudga kelishi gidrometeorologiya xizmatining xulosalari orqali isbotlanadi. Tabiiy ofatlar O’zbekiston Respublikasining ko’pgina hududlarida kamdan-kam sodir bo’lishiga qaramay, bir vaqtning o’zida ko’p sonli sug’urtalanuvchilarga og’ir oqibatlar va vayrongarchilik keltirishi bilan ajralib turadi. Masalan, 2012 yilning bahorida Jizzaxda yog’ib o’tgan kutilmagan do’l sug’urtalangan transport vositalariga sezilarli zarar etkazdi.

Ustiga narsalarning tushishi xatari qor va sumalaklarning, daraxtlar va ularning shoxlarining, binolarning biron qismining, derazalardan uloqtirilgan narsalarning tushishi bilan bog’liq. Bu hodisa mahaliiy militsiya bo’limiga zarar dalolati bo’yicha ariza kiritish orqali isbotalandi. Sug’urtalanuvchi tomonidan bu ishlar aybdorlarga nisbatan, agar ularning kimligini aniqlash imkoni bo’lsa, da’vo qilish uchun zarur bo’ladi.

Agar sug’urta shartnomasi bo’yicha transport vositasining fuqarolik javobgarligi sug’urtalangan bo’lsa, sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urtalanuvchi ishtirokidagi yo’l-transport hodisasi natijasida uchinchi shaxslarning mol-mulkiga yoki salomatligiga etkazilgan zarar qoplanadi. Kqp hollarda to’lov miqdori jabrlanuvchining shikastlangan avtomobilini ta’mirlash qiymati bilan teng miqdorda belgilanadi, kamroq holatlarda boshqa mol-mulk: qurilmalar, pavilonlar, to’siqlar va h.k. zararlanadi. Jabrlanuvchining salomatligini tiklar bilan yoyoki vafot etgan shaxsning oilasini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining tegishli moddalari bilan yoki taraflarning: zarar etkazuvchi va jabrlanuvchining kelishuviga asosan yoxud sud qaroriga ko’ra aniqlanadi. Sug’urta hodisasi dalolatini tasdiqlovchi hujjat yo’l-transporti hodisasining yo’l harakati xavfsizligi organlarida ro’yxatga olinganligi bo’lib hisoblanadi. Shuni nazardan qochirmaslik kerakki, fuqarolik qonunchiligida transport vositasi yuksak darajadagi axavf-xatar manbai hisoblangani sababli, bu narsa avtotranspordan foydalunvchi zimmasiga uchinchi shaxslarning hayoti va salomatligini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha talablarni yuklaydi. Yo’l-transport hodisasi jabralnuvchi tomonidan o’ta ehtiyotsizlik natijasida yoki engib bo’lmas kuch ta’siri ostida sodir bo’lmaganligi tasdiqlansagina avtotransport vositasidan foydalanuvchi aybdor deb hisoblanadi. Fuqarolik javobgarligi sug’urtasi shartnomasining shartlarida sug’urta hodisasi boshqacha tavsiflanishi mumkin, masalan, sug’urtalovchi sug’urta shartnomasida sug’urtalanganning qo’pol ehtiyotsizligi yoki transport vositasini bunga huquqi bo’lmagan shaxs tomonidan boshqarilishi yoxud nosoz transport vositasini boshqarilishi bilan bog’liq emasligi va boshqa istisnolar isbotlansa, avtotransportdan foydalanuvchi shaxs aybdor deb hisoblanadi. Fuqarolik qonunchiligimizga binoan javobgarlikning vujdudga kelishi asoslarini tavsiflashdagi va sug’urta qoplamasini aniqlashdagi tafovut shunday holatni yuzaga keltirish mumkinki, bunda sug’urtalanuvchio’z xatti-harakati bilan uchinchi shaxslarga etkazilgan mulkiy zararni to’lig’icha o’z hisobidan qoplashi zarur bo’ladi.

Eng ko’p sug’urta to’lovining miqdori javobgarlik sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta summasi miqdori bilan cheklangan. Haqiqiy zarar va sug’urta to’lovi o’rtasidagi farq jabrlanuvchiga bevosita zarar etkazuvchining o’z hisobidan to’lab beriladi.






Download 109.24 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 109.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtotransport sug’urtasini tashkil etilishi va uning turlari

Download 109.24 Kb.