Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish tartibi va uning tahlili




Download 109.24 Kb.
bet11/15
Sana23.07.2021
Hajmi109.24 Kb.
#15935
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

2.2. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish tartibi va uning tahlili


Xorijiy davlatlarning tajribasidan, sug’urta faoliyati nazariyasi va amaliyotidan shuni ko’rish mumkinki majburiy sug’urta turlari davlat tomonidan, davlat va jamiyat nuqtai nazaridan ijtimoiy mohiyati yuqori bo’lgan sohalarda joriy etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 aprel 2007 yildagi 618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2007 - 2010 yillarda O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish Dasturi”ning sug’urtalash, sug’urta faoliyati va sug’urta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo’yicha tadbirlar qatorida “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish nazarda tutilgan edi. Respublikamiz Hukumati va Oliy Majlisi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 21 aprel 2008 yilda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilindi.

24 iyun 2008 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 141-sonli “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan:



  • Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasi to’g’risidagi Nizom - 1-ilova;

  • Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasining kuzatuv kengashi tarkibi va direktsiyasi tuzilmasi - 2 va 3-ilovalar;

  • Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish qoidalari 4 – ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

Shuningdek mazkur qaror bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta puli – 3000 AQSh dollari ekvivalentida belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 999-moddasiga asosan oshiqcha xavf manbasi bo’lgan transport vositasi orqali etkazilgan zarar uchun javobgarlik transport vositasining egasi va unga mulk huquqi, xo’jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi yoxud boshqa har qanday qonuniy asosda egalik qiluvchi yuridik shaxs yoki fuqaroga solidar tartibda yuklanashi mumkinligi qayd etilganini takidlash joizdir.

Ushbu o’rinda, respublikamizda mazkur majburiy sug’urta turi 1994 yildan buyon amal qilib kelayotganligini ham aytib o’tish zarur, ya’ni yuqorida aytib o’tilgan qonun qabul qilingunga qadar 30 dekabr 1994 yildagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 632-sonli “O’zbekiston Respublikasida transport vositalari va boshqa o’ziyurar mashina hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligining majburiy sug’urtasi to’g’risida”gi qaroriga asosan amalga oshirib kelingan.5

O’zbekiston Respublikasi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” qonuniga ko’ra:

majburiy sug’urtaning asosiy printsiplariumumiylik; majburiylik; jabrlanuvchilarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zarar o’rni qoplanishining kafolatlanishi.

majburiy sug’urta ob’ektitransport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lgan mulkiy manfaatlaridir. majburiy sug’urta shartnomasi – ommaviy hisoblanadi va 1 yil muddatga

tuziladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:


  • transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda va shu kabilar) uning egasi transport vositasini ro’yxatdan o’tkazish joyiga borish muddatiga majburiy sug’urta shartnomasini tuzishga haqlidir.

  • transport vositasidan mavsumiy foydalanishda uning egasi undan foydalanish davridan iborat muddatga majburiy sug’urta shartnomasini tuzish huquqiga ega. Bunda ko’rsatib o’tilgan muddat kalendar yilda olti oydan kam bo’lishi mumkin emas.

Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchining va (yoki) majburiy sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sug’urtalanishi mumkin.

sug’urta mukofotitransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta tariflari, ularning cheklangan darajasi, tuzilmasi va sug’urta mukofotini belgilashda sug’urtalovchilar tomonidan ularning qo’llanish tartibiga asosan hisoblab chiqiladi.

Qonunning asosiy printsiplaridan biri bo’lgan jabrlanuvchilarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zarar o’rni qoplanishining kafolatlanish printsipini hayotga tatbiq etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining yuqorida aytib o’tilgan 141-sonli Qarori bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha to’lovlarni kafolatlash jamg’armasi tashkil etilgan.

To’lovlarni kafolatlash jamg’armasining asosiy vazifalari deb quyidagilar belgilagan:



  • transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchiga unga etkazilgan zararni kafolatli to’lashni majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish yo’li bilan ta’minlash;

  • majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta mukofotlari bo’yicha siylov huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning ayrim toifalarini ko’rsatib o’tilgan siylovlarni kompensatsiya qilish yo’li bilan qo’llab-quvvatlash tizimini moliyaviy ta’minlash;

  • majburiy sug’urta qilish shartnomalari va sug’urta hodisalari to’g’risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantirish;

  • Jamg’armaning unga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish bo’yicha faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish hamda sug’urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo’yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda tasdiqlash.

To’lovlarni kafolatlash jamg’armasi asosiy vazifalarining birinchi bandida belgilangan kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish qonunning 25 moddasiga asosan quyidagi hollarda belgilangan:

  • sug’urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qo’llanilganligi;

  • jabrlanuvchiga etkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning noma’lumligi;

-transport vositasi uni g’ayriqonuniy yo’l bilan egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar etkazilganligi;

-foydalanilayotganda zarar etkazgan transport vositasining egasi o’z fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish bo’yicha majburiyatini bajarmaganligi.

To’lovlarni kafolatlash jamg’armasi asosiy vazifalarining ikkinchi bandida belgilangan majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta mukofotlari bo’yicha siylov huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning ayrim toifalari:


  • 1941 - 1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;

  • 1941 - 1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;

  • kontsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;

  • harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;

  • harbiy xizmatchilar hamda o’quv va tekshiruv yig’inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, Afg’oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qo’shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmatni o’taganlar; Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar; - pensionerlar;

  • nogironlardir.

Siylov sug’urta mukofoti to’lashda siylov huquqi beriladigan shaxslar toifasida ko’rsatilgan sug’urta qilinuvchining o’ziga tegishli bo’lgan bitta transport vositasi bo’yicha fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilishda beriladi.

To’lovlarni kafolatlash jamg’armasi tomonidan o’tgan 2011 yil mobaynida yo’l transport hodisalarida jabrlangan shaxslar tomonidan kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish bo’yicha 1,0 mlrd so’mdan ortiqroq summaga 435 ta iltimosnomalari ko’rib chiqilgan bo’lib, ularning 269 tasi bo’yicha 358,6 mln. so’m kompensatsiya to’lovlari amalga oshirilgan va bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan tegishli ravishda 124 % va 138,3 % ortgan. Shuningdek To’lovlarni kafolatlash jamg’armasi tomonidan 2011 yil davomida 46 005 sug’urta shartnomasi bo’yicha 560,1 mln, so’m sug’urta mukofoti bo’yicha sug’urtalovchilar tomonidan berilgan siylovlar kompensatsiya qilingan.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha xozirgi kunda respublikamizda 9 ta sug’urtalovchi faoliyat olib bormoqda, hamda qonunga ko’ra sug’urtalovchilarga quyidagi talablar qo’yilgan: maxsus vakolatli davlat organi tomonidan berilgan majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo’lish; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug’urta shartnomasi tuzishga, jabrlanuvchining (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisining) sug’urta to’lovlari haqidagi talablarini ko’rib chiqishga hamda sug’urta to’lovlarini amalga oshirishga vakolatli o’z filiallariga ega bo’lish.

Quyidagi 1-jadvalda 2011 yilda O’zbekiston Respublikasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashga oid statistik ma’lumotlar o’rin topgan. Bugungi kunda majburiy sug’urtaning ushbu turi jadvalda nomlari keltirilgan 9 ta sug’urta kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. O’tgan yili mazkur sug’urta kompaniyalari va ularning joylardagi filiallari tomonidan jami 1457726 dona sug’urta polislari sotilgan bo’lib, bu o’tgan 2010 yilning tegishli ko’rsatkichidan 112,0 foizga ko’pdir (1-jadvalga qarang).

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sotilgan sug’urta polislarining 64,0 foizi yoki 932864 donasi davlat ulushiga ega sug’urta kompaniyalari – “O’zagrosug’urta”, “O’zbekinvest” va “Kafolat” davlat-aktsiyadorlik sug’urta kompaniyalari hissasiga to’g’ri keladi. Qolgan 36 foizi esa "Alfa Invest", "Kapital Sug'urta", "Asia insurans", "Alskom", "Universal Sug'urta", "Ishonch" sug’urta kompaniyalari hissasiga to’g’ri kelgan.

2011 yilda sotilgan sug’urta polislari bo’yicha jami 40045,9 mlrd.so’m miqdorida sug’urta mukofotlari kelib tushgan. Bu o’tgan 2010 yilning tegishli ko’rsatkichidan 118,6 foizga ko’pdir.

Navbatdagi diagrammada transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash bo’yicha kelib tushgan sug’urta mukofotlarining respublika mintaqalari kesimidagi holati keltirilgan (1-diagrammaga qarang).

Yuqoridagi diagramma ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2011 yilda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash bo’yicha kelib tushgan sug’urta mukofotlarining 29,4 foizi Toshkent shahri ulushiga to’g’ri keladi. Shuningdek, 2011 yilda Toshkent viloyati, Samarqand viloyati va Farg’ona viloyatlarida ham nisbatan ko’proq sug’urta mukofoti tushumini tushirishga erishilgan.

Xorij tajribasi shuni ko’rsatib turibdiki, majburiy sug’urta turlarining kiritilishi bir tomondan, majburiy sug’urtaning sug’urta bozoridagi ulushini oshirsa va boshqa sug’urta turlarining rivojlanishiga olib kelsa, ikkinchi tomonidan mazkur sug’urta

1-jadval Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash bozorining sug’urta kompaniyalari


kesimidagi 2011 yil bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari6







Download 109.24 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 109.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish tartibi va uning tahlili

Download 109.24 Kb.