II bob. O’zbekistonda yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sug’urtalashni amalga oshirishning hozirgi holatini tahlili




Download 109.24 Kb.
bet10/15
Sana23.07.2021
Hajmi109.24 Kb.
#15935
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

II bob. O’zbekistonda yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sug’urtalashni amalga oshirishning hozirgi holatini tahlili




2.1. Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sug’urtalashning asosiy

shartlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari


Yuridik shaxslarga tegishli avtomobil transporti vositalarining “avtokasko” sug’urtasi odatda turli ko’rinishdagi sug’urta hodisalari (xatarlari) sodir bo’lishi holatlari uchun tuziladi va sug’urtalanuvchining tanloviga muvofiq transport vositasining shikastlanishi, yo’q qilinishi yoki yo’qolishi sababli kelib chiqqan zararni to’liq va qisman qoplanishini ko’zda tutadi.

“To’liq qoplama” sharti asosida sug’urtalash har qanday hodisa natijasida kelib chiqqan zararning to’liq qoplanishini nazarda tutadi, bundan faqat g’ildirak shinalarining protektori yo’l qo’yilganidan ortiq darajada eskirishi oqibatida, texnikaviy nosozlik yoki protektorni navarka qilib yamash orqali qayta tiklanishi oqibatida shikastlanishi bundan istisno etiladi.

Qisman qoplash shartlari turlicha bo’lishi mumkin:

− tabiiy ofat, yong’in, portlash, yo’l (suv)-transport hodisasi (g’ildirak shinalarining shikastlanishidan tashqari, agar bunda transport vositasiga boshqa zarar etkazilmagan bo’lsa), o’g’irlanishi yoki olib qochilishi, o’g’irlashga (olib qochishga) urinish, jumladan transport vositasining alohida qismlari, jihozlari va moslamalarining o’g’irlanishi natijasida etkazilgan zarar qoplanadi;

− tabiiy ofat, yo’l (suv)-transport hodisasi (oynalarning sinishi, shinalarning shikastlanishidan tashqari, agar bunda transport vositasiga boshqa ziyon etmagan bo’lsa), o’g’irlanishi yoki olib qochilishi natijasida etkazilgan zarar qoplanadi;

− yong’in, portlash, yo’l (suv)-transport hodisasi (oynalarning sinishi, shinalarning shikastlanishidan tashqari, agar bunda transport vositasiga boshqa ziyon etmagan bo’lsa) natijasida etkazilgan zarar qoplanadi.

Sug’urtalashning yuqorida keltirilgan ko’rinishlari shartlaridan qat’iy nazar, ulardan hech qaysi biri harbiy harakatlar, harbiy holat e’lon qilinishi, fuqaro g’alayonlari, radioaktiv zararlanish natijasida yuzaga kelgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 964-moddasi me’yorlariga asosan (agar mazkur xavtarlarni sug’urta xatarlari doirasiga kiritilishi bevosita sug’urta shartnomasida belgilab qo’yilgan bo’lmasa) qoplanmaydi.

Sug’urta shartnomasi odatda ikki oydan bir yilgacha muddatga tuziladi. Sug’urta summasining miqdori sug’urtaga qabul qilinayotgan transport vositasining qiymatidan (eskirishini ham hisobga olgan holda) yuqori bo’lishi mumkin emas.

Sug’urta holati vujudga kelganda tomonlarning o’zaro munosabatlari tartibi sug’urta shartnomasida o’rnatilgan. Sug’urta holati sodir bo’lgani to’g’risida sug’urtalanuvchi sug’urta shartnomasida belgilab qo’yilgan muddat ichida, imkon qadar zudlik bilan sug’urtalovchiga xabar berishi shart. O’z vaqtida xabar bermaslik sug’urta to’lovini to’lanishini rad etish uchun asos bo’lishi mumkin. Sug’urta shartnomasi shartlarida, odatda, yo’l transporti hodisasi sodir bo’lganda sug’urtalanuvchi darhol sug’urtalovchi bilan bog’lanishi va undan uchinchi shaxslarga va tashkilotlarga murojaat etish yuzasidan keyingi xatti-harakatlari yuzasidan maslahat olishi darkor. Bu ayniqsa avtomobil egalarining javobgarlik sug’urta shartnomasi bo’yicha uchinchi shaxslarning mol-mulkiga zarar etkazilgan holatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Avtotransport vositasi shikastlangan holda sug’urtalanuvchi ta’mirlash ishlar i boshlangunga qadar transport vositasini sug’urtalovchi vakiliga ko’zdan kechirish uchun taqdim etishi darkor va etkazilgan shikastlanishlar sug’urta tashkilotining ko’zdan kechirish hujjatlarida o’z ifodasini topishi kerak. Mana shu tekshirishlar keyinchalik sug’urta to’lovi miqdorini hisoblab chiqarish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Xuddi sug’urta holati to’g’risida o’z vaqtida xabar berilmagandagi kabi, yo’l-transport hodisasidan so’ng trasport vositasini sug’urtalovchiga ko’zdan kechirish uchun taqdim etmaslik ham sug’urta to’lovini rad etish uchun asos bo’la oladi. Sug’urta holati vujudga kelishi munosabati bilan qilinadigan xatti-harakatlari asosidagi sug’urtalanuvchining majburiyatlari sug’urta shartnomasida belgilab qo’yiladi va uning muhim shartlarini tashkil etadi.

Baxtsiz hodisadan sug’urtalashda yo’l-transport hodisasi natijasida haydovchining yoki yo’lovchilarninghar qanday jarohat olishi sug’urta hodisasi bo’lib hisoblanadi. Bunday hodisalar yo’l harakati xavfsizligi organlari tomonidan ro’yxatga olinishi shart. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq bu aybdorga qarshi jinoiy ish qo’zg’atilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Etkazilgan zarar hajmi sug’urta tashkiloti tomonidan sug’urtalangan avtotransport vositasining nobud bo’lishi, shikastlanishi yoki o’g’irlanishi dalolatini va sharoitlarini tasdiqlovchi mutasaddi idoralardan olingan zarur hujjatlar mavjud bo’lsa, sug’urta dalolatnomasi asosida, transport vositasiga shikast etgan hollarda, bundan tashqari, uni ta’mirlash yoki qayta tiklash xarajatlari smetasini ham hisobga olgan holda aniqlanadi.

Qoplama etkazilgan zarar hajmida, ammo sug’urta shartnomasida belgilab qo’yilgan sug’urta summasidan ko’p bo’lmagan hajmda, ya’ni dastlabki xatar tizimi asosida, yoki sug’urta summasi transport vositasining haqiqiy qiymatidan tashkil etgan miqdorda to’lab beriladi.

Ayni chog’da avtotransport vositasini shikastlanish holatiga sug’urtalash shartlarida sug’urtalangan avtomobilning to’liq konstruktiv nobud bo’lishi tushunchasi ham mavjud bo’ladi. Qoidaga ko’ra, konstruktiv nobud bo’lish tushunchasi shunday sug’urta hodsasidirki, bunda zarar sug’urtalangan avtomobil sug’urta summasining (sug’urta qiymatining) 75% dan oshib ketadi. Bunday holda sug’urtalanuvchi to’liq sug’urta summasiga teng miqdordagi qoplamani olib, sug’urtalangan transport vositasidan sug’urtalovchi foydasiga voz kechishi (abandon) mumkin.

Sug’urta to’lovi uchun zarur bo’ladigan va sug’urtalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan sug’urta holati vujudga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar ro’yxati sug’urta shartnomasida belgilab qo’yiladi va odatda quyidagilardan tarkib topadi:


  1. sug’urtalangan transport vositasi yo’l-transport hodisasiga uchraganda: yo’l

harakati xavfsizligi organining 2-shakldagi ma’lumotnomasi;

  1. sug’urtalangan transport vositasini olib qochilganda: ichki ishlar idoralarining

jinoyat ishi qo’zg’atilgani to’g’risidagi ma’lumotnomasi;

v) sug’urtalangan transport vositasi yonib ketganda: o’t o’chirish bo’limi

ma’lumotnomasi;

g) uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari, jinoyatkorligi va bezoriligi

natijasida zarar ko’rilganda: ichki ishlar idoralari ma’lumotnomasi;


  1. haydovchilarning va yo’lovchilarning joylarida jismoniy ziyon etkazilganda: yo’l harakati xavfsizligi idorasining ma’lumotnomasi, jarohatlarning xususiyati to’g’risidagi tibbiy ma’lumotnoma, zarur holda – VTEK ma’lumotnomasi yoki o’lim sabablri ko’rsatilgan tibbiy sug’urta bilan vafot etganlik to’g’risidagi guvohnoma;

  2. uchinchi shaxslarning mulkiy manfaatlariga zarar etkazilganda sug’urta holati vujudga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar tarkibi yuqorida sanab o’tilganlarga o’xshash bo’lib, etkazilgan zararning xususiyatiga bog’liqdir.

Sug’urtalovchilar sug’urtalangan transport vositasi shikastlanganda sug’urta qoplamasini hisoblash va to’lashning bir necha shaklini tavsiya etadilar:

− avtomobilni sug’urtalovchining yo’llanmasi asosida avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasida avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasida ta’mirlash hisob-kitob hujjati asosidagi to’lov;

− avtomobilni sug’urtalanuvchi tanlagan avtomobillarga texnik xizmat

ko’rsatish stantsiyasida ta’mirlash hisob-kitob hujjati asosidagi to’lov;

− avtotransport vositasi sug’urtalangan mintaqada ta’mirlashning o’rtacha baholarini qo’llagan holda tuzilgan kalkulyatsiya asosida sug’urta qoplamasi to’lovi;

Birinchi holatda sug’urta kompaniyasi avtomobimlni ta’mirlash bo’yicha barcha zarur ishlarning hamda avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasi bilan o’zaro hisob-kitoblarning o’tkazilishini ta’minlashi shart. Biroq ta’mirlash ixtisoslashmagan avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasida o’tkazilish ham mumkin, shu sababli sug’urta shartnomasida qaysi avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasida xizmatidan foydalanilishi ko’rsatilishi zarur.

Ikkinchi holatda ta’mirlashni har qanday avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasida o’tkazilishi mumkin. Bunda polis qiymati ilgari sug’urta kompaniyasi mutaxassislari tomonidan aniqlanmagan shikastlanshilarni ekspertiza etish bir muncha qiyin kechganligi hisobiga oshishi ham mumkin. Bu narsa sug’urtalovchidan qoidalarda mavjud bo’lgan ishishning soatbay me’yori bo’yicha avtomobilni ta’mirlash qiymati cheklovlariga alohida e’tibor ajratishni talab qiladi.

Sug’urtalangan avtotransport vositasini ta’mirlash uchun “o’rtacha narxlar” asosida tuzilgan kalkulyatsiya bo’yicha to’lov o’tkazilganda sug’urtalanuvchi har qanday avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasiga murojaat etishi mumkin. Avvalgi holatdagi kabi, avtotransport vositasini ko’zdan kechirish chog’ida sug’urtalovchi tomonidan aniqlanmagan shikastlanshilarni ekspertiza etish bir muncha qiyinligi, shuningdek olingan sug’urta to’lovi tanlangan avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasida ta’mirlash xarajatlarini to’liq qoplamasligi muammolari yuzaga kelishi mumkin.

Baxtsiz hodisalar bilan bog’liq zararlarni hal etishda sug’urta ta’minoti jabrlanganlarga olgan jarohatlari tufayli mehnat layoqatini yo’qotish hissasiga mos tarzda to’lanadigan sug’urta summasining bir qismini maxsus jadvallar asosida hisoblab chiqilgan jadvallar asosida malakali tibbiy yordamni taqdim etish yoki sug’urta summasini tlab berish ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari sug’urta shartlarida jarohat sababli mehnat layoqatini yo’qotilgan har bir kun uchun sug’urta to’lovi tarzida ham amalga oshirilishi mumkin.

Agar sug’urta shartnomasida yoki qoidalarida shu narsa ko’zda tutilgan bo’lsa, sug’urtalovchi sug’urta qoplamasi summasini hisoblab chiqishda uning miqdorini, quyidagi asoslar mavjud holda, qisqartirish mumkin:

− agar shartnomada franshiza (shartli yoki shartsiz) ko’zda tutilgan bo’lsa – to’lanishi lozim bo’lgan sug’urta qoplamasidan chiqarib tashlanadigan summa;

− agar shartnomada sug’urta shartnomasi amal qilib turgan davrda avtotransport vositasiga qo’shimcha eskirish hisoblab yozilishi ko’zda tutilgan bo’lsa (avtomobil olib qochilgan yoki halokatga uchragan holatda qoplama summasini hisoblash chog’ida). Avtomobil, undan foydalanish davri mobaynida o’zining qiymatini muayyan miqdorda yo’qotadi. Sug’urtalovchilar avtomobil olib qochilgan yoki halokatga uchragan holatda qoplama summasini eskirish foizi asosida qisqartiradilar. Eskirish me’yorini har bir sug’urtalovchi mustaqil ravishda belgilaydi.

Ozgina shikastlanish holatlarida sug’urtalovchilar sug’urta hodisasini tavsiflash uchun odatda sug’urtalanuvchi tomonidan hujjatlarni taqdim etish tartibining bir muncha soddalashtirilgan shaklidan foydalanadilar. Sug’urta shartnomasida qanday shikastlanishlar ozgina deb hisoblanishi belgilab qo’yiladi. Bunda ozgina shikastlanish bo’yicha qayta murojaat etish yuzasidan cheklovlar o’rnatilishi mumkin.

Avtomobilni olib qochish yoki o’g’irlash holatida sug’urta hodisasini tavsiflash uchun asos bo’lib, avtotransport vositasining yo’qolishi yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atilgani to’g’risida ichki ishlar idoralari tomonidan berilgan ma’lumotnoma xizmat qiladi. Ayrim sug’urtalovchilarning sug’urta qoidalarida sug’urta qoplamasini to’lash uchun jinoiy ishning to’xtatilishi to’g’risidagi qaror asos sifatida olingan bo’ladi, bunday qaror jinoy-protsessual qoidalarga binoan jinoiy ish qo’zg’atilganidan keyin uch oy mobaynida aybdorlar topilmasa qabul qilinadi. Anashu qaror olinganidan so’ng sug’urta qoplamasi shartnomada belgilangan va bir necha kundan bir oygacha muhlatni o’z ichiga oladigan muddat ichida to’lab beriladi. Mana shunday kutish muddati olib qochilgan avtomobilni qidirish va sug’urtalanuvchiga qaytarish imkoniyatini yaratish uchun o’rnatiladi.

Avtotransportni sug’urtalash qoidalarida sodir bo’lgan hodisa sug’urta holati deb hisoblanmaydigan va uning vujudga kelishi sug’urta qoplamasi to’lanishini keltirib chiqarmaydigan shartlar ham ko’rsatiladi. Ana shunday asoslar qatoriga yo’l-transprt hodisasini mast holda sodir etilishi, yo’l harakati qoidalrining qo’pol tarzda buzilishi, nosoz avtomobildan foydalanilishi, avtotransport vositasidan maqsadga nomuvofiq tarzda foydalanilishi, sug’urtalanuvchi yoki avtomobildan boshqa

foydalanuvchilarning g’arazli niyatlari mavjud bo’lishi holatlari kiritiladi. Sug’urta qoplamasini to’lanishini rad etish asoslarining ro’yxati sug’urta shartnomasida belgilab qo’yiladi va ularning barchasi sug’urtalanuvchining yoki naf oluvchining aybdorona xatti-harakatlari bilan bog’liq bo’ladi.

Sug’urta bozoridagi eng ommaviy sug’urta turi sifatida avtotransport sug’urtasi sug’urta qoplamasini olish niyatida tovlamachilik xatti-harakatlarini amalga oshirish uchun keng foydalaniladigan ob’ekt bo’lib hisoblanadi. Avtosug’urtada sodir etiladigan jinoyatlarni 3 guruhga ajratish mumkin:


  1. Sug’urta summasidan ortiq miqdorda sug’urta qoplamasini olish, bu summa shartnoma tuzish paytida avtomobilning haqiqiy qiymatidan yuqori bo’lishi mumkin emas. Tovlamachilar yoki ishlab chiqarish sanasini o’zgartiradilar (masalan, 1990 yil o’rniga 1996 yilni ko’rsatish orqali), yoki uning sinfini balandlatib ko’rsatadilarki, bu sug’urta summasining yuqoriroq qilib belgilanishiga olib keladi. Bu ishlar qalbaki hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Noqonuniy tarzda qoplamani undirish uchun bunday harakat boshqa turdagi jinoyatlar (yolg’ondan olib qochish, ataylab o’t qo’yish va h.k.) ko’rinishida sodir etilishi ham mumkin. Avtomashinalarni bir paytning o’zida bir necha sug’urta kompaniyalarida sug’urtalab, ularning har biridan to’liq sug’urta summasi miqdorilda sug’urta qoplamasini undirish ancha keng tarqalgan.

  2. Sug’urta holatini qabakilashtirish orqali noqonuniy sug’urta qoplamasini olish. Tovlamachilar avtomobilning olib qochilishini, o’t ketishini, zaralanishini, avtomobil qismlarining o’g’irlanishini yolg’ondan sahnalashtiradilar. Bunda avtomobil yo yashirib qo’yiladi yoki undan foydalanib boshqa, qiymati past avtmombilga zarar etkaziladi va qoplama undirilgach, avtomobil sotib yuboriladi yoki qismlarga bo’lib savdoga qo’yiladi.

  3. Sug’urta qoplamasi miqdorini noqonuniy yo’l bilan ko’paytirish. Tovlamachilar va noinsof sug’urtalanuvchilar bu maqsadda sug’urta hodisasi tufayli zararlangan avtomobilni ta’mirlash summasini ko’paytirib ko’rsatadilar yoki uning foydalanishga yaroqsiz qismlariga ataylab shikast etkazadilar (kuzovning zanglagan qismlari, nosoz holatdagi optika va h.k.)

Avtosug’urtada tovlamachilik nihoyatda keng tarqalgan. Xorijiy mutaxassislarning baholashicha, qalbaki hujjatlar asosida sug’urta to’lovlari ana shu turda sug’urta to’lovlarining umumiy miqdoridan 8 dan 20% gachani tashkil etadi. Avtosug’urtaga tovlamachilik harakatlari tufayli etkazilayotgan zarar faqat Germaniyaning o’zida yiliga 4 milliardga yaqin evrodan iborat. Mana shunday vaziyat sug’urtalovchilarni avto sug’urtada tovlamachilikning oldini olishga nihoyatda ko’p e’tibor va mablag’ ajratishga majbur etmoqda. Mana shu turdagi harakatlar sug’urtalovchilarni sug’urtalash shartlarini qattiqlashtirish, sug’urta hodisasi to’g’risidagi arizani qabul qilish tartibini bir muncha qat’iy asoslarda belgilash, sug’urta holatlarini tekshirish uchun ichiki ishlar idoralarini, malakali mutaxassislarni, huquqshunoslar va boshqa ixtisos egalarini jalb etishga majbur etmoqda.

Tovlamachilikka qarshi kurashning eng samarali usullaridan biri sug’urtalanuvchilar, shubhali sug’urta holatlari, noinsof sug’urtalanuvchilar to’g’risidagi yagona milliy axborot bazasini yaratish hisoblanadi. Bu narsa sug’urta kompaniyalariga qalbaki hujjatlar yoki sug’urta holatlari bo’yicha takroriy murojaat etilishining oldini oladi.

Noinsof sug’urtalanuvchilar bilan bir qatorda o’z mijozlariga nisbatan tovlamachilik xatti-harakatlarini amalga oshiruvchi sug’urta kompaniyalari ham bo’ladi. Keyingi vaqtda mana shu kabi barcha jinoyatlarga huquqni muxofaza qilish idoralari tomonidan ko’proq e’tibor berila boshlandi. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo’linmalari qoshida sug’urta sohasidagi jinoyatlarni ochish bo’limlari tashkil etildi.

Sug’urta xizmatlarini taqdim etishdan tashqari, sug’urta shartnomasida sug’urtalanuvchiga qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish va sug’urta holati bilan bog’liq xarjatlarni, masalan avtomobilni evakuatsiya qilish, yo’l-transport hodisasi sodir bo’lganda ekspertlarni chaqirish, yo’l-transport hodisasi munosabati bilan sug’urtalanuvchining aybini aniqlash yuzasidan nizolarni hal etishda huquqiy xizmat ko’rsatish xarajatlarini qoplash, ta’mirlash ishlari qiymatiga chegirmalar belgilash huquqlari belgilab qo’yilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasida avtotransport vositalarini sug’urtalash xizmatlari ko’plab kompaniyalar tomonidan ko’rsatiladi, ammo yig’ilgan mukofotlarning katta qismi (50% ga yaqin) yirik sug’urta kompaniyalari hissasiga (tahminan 6 ta kompaniya) to’g’ri keladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, avtosug’urta bilan shug’ullanuvchi ko’pgina kompaniyalar bu sohada hali etarli tajribaga ega emas va malakali mutaxassislar taqchilligini boshdan kechirmoqda. Bundan tashqari bozorni egallash uchun ulardan ayrimlari sug’urta mukofotlarining demping stavkalarini qo’llaydilar, buning natijasi esa aniq – bir qator kompaniyalarning bankrot bo’lishi bilan yakun topadi. O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan avtomashinalarning umumiy soni 1,5 mln. dan ortiq transport vositasini tashkil etadi. Shulardan tahminan 10% sug’urtalangan. Ko’pgina g’arbiy va sharqiy evropa mamlakatlarida avtotransport vositalari sug’urtasi bozordagi etakchi kompaniyalar portfelidagi mol-mulk sug’urtasi turlaridan eng muhim qismini tashkil etadi (ayniqsa fuqarolik javobgarligi sug’urtasining majburiyligi nazarda tutilsa). Ba’zan avtosug’urta hissasi yig’ilgan umumiy mukofot pulining 40% dan oshib ketadi.

O’zbekiston sug’urta tashkilotlarida avtosug’urta bo’yicha sug’urta mukofotlarining sug’urtalashning asosiy turlari bo’yicha nisbiy ulushi quyidagicha:



  • “avtokasko” sug’urtasi (olib qochish va zarar etkazish) – 21%;

  • “avtokasko” sug’urtasi + fuqarolik javobgarligi – 33%;

  • faqat fuqarolik javobgarligi sug’urtasi – 16%;

  • “avtokombi” sug’urtasi (“avtokasko”, fuqarolik javobgarligi va baxtsiz hodisalar) – 17%.

Hozirgi kunda “avtokasko” sug’urtasi bo’yicha avtomobillarni olib qochish, o’g’irlash, va ularga zarar etkazish holatlarini o’z ichiga olgan sug’urta tariflari ko’pgina kompaniyalarda avtomobil qiymatining yoki sug’urta summasining 5% dan 13% gachani tashkil etadi. Chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar sug’urtasida sug’urta tariflari yangi avtomobil qiymatining 18% miqdorida.




Download 109.24 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 109.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob. O’zbekistonda yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sug’urtalashni amalga oshirishning hozirgi holatini tahlili

Download 109.24 Kb.