Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug’urtalash mexanizmini




Download 109.24 Kb.
bet13/15
Sana23.07.2021
Hajmi109.24 Kb.
#15935
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

takomillashtirish yo’llari


Jabrlanuvchilarga zarar etkazilishiga olib kelgan yo’l-transport hodisasi ishtirokchisi bo’lgan sug’urta qildiruvchi mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga ko’ra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sug’urtalangan majburiy sug’urta shartnomasi to’g’risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart. Sug’urta qildiruvchi yoki uning vakili sug’urta hodisasi sodir bo’lganda: jabrlanuvchiga (uning merosxo’rlariga yoki huquqiy vorislariga) uch kalendar kundan kechiktirmay sug’urta polisining nusxasini topshirishi;darhol, lekin majburiy sug’urta shartnomasida nazarda tutilgan muddatdan kechiktirmay, sodir bo’lgan hodisa haqida yozma shaklda, sug’urta polisining nusxasini ilova qilgan holda sug’urtalovchiga yoki uning vakiliga hamda yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydagi va transport vositasi ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi. Bildirishnomada hodisaning xususiyati, sodir bo’lgan payti, ko’rilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yo’l-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan da’vogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar to’liq hajmda, shuningdek sug’urta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay tarzda xabardor bo’lganligi va sug’urta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab bo’lishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda ko’rsatilishi kerak;sug’urtalovchiga sug’urta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qo’yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi to’g’risida darhol xabar qilishi, zarar etkazilishi holatlari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sug’urta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni sug’urtalovchiga taqdim etishi; zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin bo’lgan barcha choralarni ko’rishi kerak. Agar jabrlanuvchi (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi) sug’urta to’loviga bo’lgan o’z huquqidan foydalanish niyatida bo’lsa, u sug’urtalovchiga o’z hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o’rnini sug’urta puli doirasida qoplash to’g’risidagi talab bilan yozma ariza yuborishi shart.Jabrlanuvchining yoki uning merosxo’rlarining (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillarining) yoxud uning huquqiy vorislarining sug’urta to’lovi to’g’risidagi talabi ko’rsatilgan arizasi quyidagilarning asli yoki nusxalari ilova qilingan holda sug’urtalovchiga yoki uning vakiliga yuboriladi:

sug’urta polisi (agar bo’lsa);

zarar etkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo’l-

transport hodisasi to’g’risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi ma’lumotnomasi yoxud hayot yoki sog’liqqa zarar etkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, o’lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma); mol-mulkka zarar etkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko’chirmalar, to’lov hujjatlari, xizmatlar ko’rsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu kabilar); jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxo’rlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sug’urta tovoni jabrlanuvchining merosxo’rlariga yoxud huquqiy vorislariga to’lanishi kerak bo’lsa).

Agar foydalanilayotganda jabrlanuvchining hayoti, sog’lig’i va (yoki) molmulkiga zarar etkazgan transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi sug’urtalanmagan yoki egasi noma’lum bo’lsa, jabrlanuvchi (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi) transport vositalari egalarining fuqarolik javobgraligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi Qonunda nazarda tutilgan tartibda kompensatsiya to’lovini olish huquqiga ega bo’ladi.

Ushbu Qonunning jabrlanuvchilarga taalluqli qoidalari boquvchisining vafoti natijasida zarar ko’rgan shaxslarga, jabrlanuvchilarning merosxo’rlariga hamda fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar tomonidan transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchiga etkazilgan zararning o’rni qoplanishi huquqiga ega bo’lgan o’zga shaxslarga nisbatan ham qo’llaniladi. Sug’urta hodisasini to’g’ridan-to’g’ri hal etishda sug’urta qildiruvchi bo’lgan jabrlanuvchi o’zi bilan majburiy sug’urta shartnomasini tuzgan sug’urtalovchiga hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o’rni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Sug’urta hodisasini to’g’ridan-to’g’ri hal etish qo’llanilganda aybdor tarafning sug’urtalovchisi jabrlanuvchining sug’urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug’urta tovonini to’lash bilan bog’liq barcha xarajatlarni qoplaydi.

Jabrlanuvchining hayoti yoki sog’lig’iga etkazilgan hamda majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha o’rni qoplanadigan zararning miqdori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi. Jabrlanuvchi (uning merosxo’ri) o’z tashabbusi bilan yoki sug’urtalovchining so’roviga binoan sug’urtalovchiga barcha hujjatlarni taqdim etishi, shuningdek unga hayoti yoki sog’lig’iga etkazilgan zararning hajmi hamda xususiyatini tasdiqlovchi barcha ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni yozma shaklda xabar qilishi shart.

Mol-mulkka zarar etkazilganda jabrlanuvchi (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar etkazilishi holatlarini aniqlash va o’rni qoplanishi lozim bo’lgan zararning miqdorini belgilash maqsadida sug’urtalovchiga ko’zdan kechirish va mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etish uchun o’z tashabbusi bilan yoki sug’urtalovchining so’roviga binoan taqdim qilishi shart.

Agar jabrlanuvchi (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko’zdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilish (baholash) sug’urta hodisasi mavjudligini hamda majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha o’rni qoplanishi lozim bo’lgan zararning miqdorini to’g’ri aniqlash imkonini bermasa, mazkur holatlarni aniqlash uchun sug’urtalovchi sug’urta qildiruvchining foydalanilayotganda jabrlanuvchiga zarar etkazilgan shikastlangan transport vositasini ko’zdan kechirishga va (yoki) ushbu transport vositasiga yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etishga haqlidir. Sug’urta qildiruvchi sug’urtalovchining talabiga ko’ra ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini majburiy sug’urta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.

Jabrlanuvchi (uning merosxo’rlari yoki huquqiy vorislari) yozma ravishda murojaat etgan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatda, agar ular o’rtasida yozma shaklda boshqa muddat kelishilmagan bo’lsa, sug’urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko’zdan kechirishi va uning mustaqil ekspertizasini (baholanishini) tashkil etishi shart.




Download 109.24 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 109.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug’urtalash mexanizmini

Download 109.24 Kb.