2 -jadval
O’zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni dinamikasi, ming kishi*
|
Yillar
|
Ko’rsatkichlar
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
| Respublika bo’yicha |
14453,2
|
15189,4
|
15644,9
|
16123,6
|
Qoraqalpog’iston
|
865,7
|
909,3
|
904,5
|
931,4
|
Andijon viloyati
|
1266,6
|
1380,9
|
1433,6
|
1497,6
|
Buxoro viloyati
|
836,8
|
892,5
|
928,7
|
949,2
|
Jizzax viloyati
|
533,2
|
601,9
|
601,2
|
622,2
|
Qashqadaryo viloyati
|
1187,9
|
1371,1
|
1395,7
|
1438,3
|
Navoiy viloyati
|
455,7
|
480,9
|
509,8
|
527,3
|
Namangan viloyati
|
1091,3
|
1220,9
|
1246,5
|
1288,2
|
Samarqand viloyati
|
1477,1
|
1627,6
|
1672,1
|
1725,8
|
Surxondaryo viloyati
|
939,9
|
1023,1
|
1096,5
|
1133,5
|
Sirdaryo viloyati
|
367,4
|
390,2
|
401,9
|
407,8
|
Toshkent viloyati
|
1367,4
|
1470,3
|
1478,0
|
1499,3
|
Farg’ona viloyati
|
1522
|
1601,9
|
1667,2
|
1720,1
|
Xorazm viloyati
|
769
|
831,4
|
847,7
|
874,1
|
Toshkent shahri
|
1311,3
|
1392,8
|
1461,5
|
1508,8
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari.
Ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda ish bilan band bo’lgan aholining iqtisodiyot tarmoqlarida bandligida ham o’zgarishlar yuz bermoqda (3-jadval).
3 -jadval
O’zbekistonda ish bilan band bo’lgan aholini iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishi, ming kishi
Ko’rsatkichlar
|
Y i l l a r
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
Sanoat
|
1347
|
1402
|
1446
|
1513,1
|
Qishloq va o’rmon xo’jaliklari
|
2969
|
2963
|
2998
|
3029,7
|
Qurilish
|
849
|
877
|
910
|
1008,6
|
Transport va aloqa tizimlari
|
488
|
506
|
528
|
579,5
|
Savdo, umumiy ovqatlanish,MTT, tayyorlov sohalari
|
903
|
977
|
1055
|
1185,5
|
Uy – joy va kommunal xo’jaligida hamda aholiga maishiy xizmat ko’rsatish sohasi
|
316
|
331
|
346
|
381,9
|
Sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot tizimlari
|
735
|
768
|
801
|
865,9
|
Ta’lim, madaniyat, san’at, fan va ilmiy ta’minot tizimlari
|
1381
|
1434
|
1482
|
1572,8
|
Moliya va kredit tizimi
|
54
|
54
|
58
|
59,2
|
Boshqa sohalar
|
1146
|
1152
|
1111
|
1190,8
|
Manba:Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida hisoblangan.
Yuqorida keltirilgan 3-jadval ma’lumotlari tahlilidan ko’rinib turibdiki, iqtisodiyotda band bo’lgan aholining salmoqli qismi qishloq va o’rmon xo’jaligi tarmog’ida band. Bu tarmoqda 2009 yilda jami iqtisodiyotda bandlarning 30,7 foizi yoki 3043 ming kishi band bo’lgan. Ammo, bozor iqtisodiyoti iqtisodiyotning ko’p tarmoqli bo’lishini taqozo etadi. SHu sababli ham yurtimizda olib borilayotgan islohotlar an’anaviy tarmoq bo’lgan qishloq xo’jaligi bilan bir qatorda boshqa tarmoqlarni, xususan sanoatni rivojlantirishga qaratilgan. Aynan shu sababli qishloq va o’rmon xo’jaligida bandlar soni 2009 yilga kelib 3029,7 ming kishini tashkil qildi. Mazkur tarmoqda bandlar sonining qisqarishiga yana bir sabab – bu tarmoqni zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan ta’minlanilayotganligidir.
Aholini ish bilan ta’minlash va bandlik muammolarini yechishda viloyatdagi ish bilan band bo’lgan aholining yosh tarkibini tadqiq qilishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Respublikadagi mehnat resurslarining tarkibini tavsiflovchi o’ziga xos tomonlardan biri – 2010 yilgi ma’lumotlar bo’yicha mehnat resurslarining qariyb 99,4 % ni mehnatga layoqatli yoshdagi mehnat resurslari, 0,6 % ni yoshi mehnatga layoqatli yoshga yetmagan va undan o’tib ketgan kishilar tashkil etadi (4-jadval).
4-jadval
O’zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarida ish bilan band bo’lgan aholining yosh guruhlari bo’yicha ish bilan bandligi* (%)
Ko’rsatkichlar
|
2006 yil
|
2007 yil
|
2008 yil
|
2010 yil
|
Jami:
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
shu jumladan, yosh bo’yicha
16 yoshgacha
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
16-24
|
13,4
|
12,5
|
11,4
|
11,3
|
25-29
|
19,2
|
19,3
|
18,2
|
17,9
|
30-39
|
27,4
|
27,7
|
27,6
|
27,5
|
40-49
|
25,7
|
25,5
|
26,5
|
26,2
|
50-59
|
9,6
|
10,2
|
11,2
|
11,7
|
55 yoshdan kattalar
|
4,7
|
4,8
|
5,1
|
5,4
|
O’rtacha yosh
|
36,3
|
36,6
|
37,1
|
37,3
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari
Tahlil qilinayotgan yillarda ish bilan band aholi orasida balog’at yoshiga yetmaganlar hamda pensiya yoshidagilarning salmog’i yildan-yilga kamayib bormoqda. Qishloqda pensiya yoshidagilarning salmog’ining pasayishining asosiy sabablaridan biri qishloq xo’jaligida fermer, dehqon va shirkat xo’jaliklarining tuzilishi ular uchun keng imkoniyatlar yaratgan bo’lsa ham, belgilangan maosh ularning ehtiyojlarini to’liq qondirolmaydi. SHaharda esa qishloqga nisbatan mehnat sharoitlarining yaxshiligi, imkoniyatlarning qulayligi ularning asosiy qismini qayta mehnatta jalb qildi. Xususiyatli tomoni shundaki, balog’at yoshiga yetmagan bandlar soni tahlil qilinayotgan yillarda qishloqda shaharga nisbatan keskin kamaygan. Buning asosiy sababi quyidagilar hisoblanadi: yoshlarning hunar o’rganish maqsadida shahardagi ishlab chiqarish korxonalariga kelishlari; shahardagi mehnat sharoitlarining yaxshiligi tufayli yoshlarning shaharda doimiy ravishda ishlash uchun qolib ketishlari; qishloq yoshlarining asosiy qismining yakka mehnat faoliyati bilan shug’ullanish maqsadida shaharga intilishi va hokazo.
SHunday qilib, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida respublikada aholining ish bilan bandligi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan va yil sayin oshib bormoqda. Albatta, bu jarayonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o’rni katta.
1.3. Aholini ish bilan bandligini tartibga solishda davlat mehnat organlarining roli
Mehnat bozori faol siyosat olib borishning eng samarali yo’nalishlaridan biri mehnat bozorining eng muhim instituti bo’lgan ish bilan bandlikning ixtisoslashgan umummilliy xizmatidir. Uning asosiy vazifasi mehnat bozori haqidagi axborotning tarqalishi hisobiga uning samaradorligini oshirishdan iboratdir. U, birinchidan, ishsizlarning bo’sh ish o’rinlari qidirishlariga, tadbirkorlarning xodimlar qidirishlariga sarf etiladigan vaqtni qisqartirishni ta’minlaydi, ikkinchidan, ish beruvchilarning o’z talablariga eng ko’p darajada mos keladigan xodimlar yollashiga yordam beradi, xodimlarga esa mehnat sharoitlari va ish haqi darajasi muvofiq keladigan ish joyini topishlariga imkon beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 yanvardagi F-2654-sonli Farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilinib, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining tuman (shahar) mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo’limlari negizida yirik qishloq fuqarolar yig’inlari (mahallalar)da mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha muqim punktlari bo’lgan Bandlikka ko’maklashuvchi tuman (shahar) markazlarini tashkil etildi.
Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish islohotlarining amalga oshirilishi hamda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va liberallashtirish jarayonlarining jadal kechishi natijasida 2003-2009 yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridan ishdan bo’shagan xodimlar sonining o’zgarishini 5-jadval ma’lumotlari asosida tahlil qilish mumkin.
|