Aholini ish bilan bandligi tushunchasining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni




Download 1,54 Mb.
bet167/331
Sana06.06.2024
Hajmi1,54 Mb.
#260832
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   331
Bog'liq
Yxatga olindi ¹ 2019 y

1.1. Aholini ish bilan bandligi tushunchasining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholini ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan bizning Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Aholini ish bilan ta’minlash uning takror ishlab chiqarishi uchun zarur shartdir. CHunki kishilarning turmush darajasi jamiyatning kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy jihatdan qo’llab - quvvatlash uchun sarf qiladigan chiqimlar aholini ish bilan ta’minlanishiga bog’liqdir. Ish bilan bandlik inson ijtimoiy kamolatining eng muhim tomonlaridan birini ochib beradiki, bu uning mehnat sohasidagi va mehnat bilan bog’liq bo’lgan etiyojlarini qondirishga aloqadordir.
Ish bilan bandlik odamlar ish joylari qaerdaligidan qat’iy nazar, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishi yuzasidan o’zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli odamlarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko’rsatadi.
Biroq ish bilan bandlik toifasi faqat iqtisodiy komponenti bilan cheklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir, ya’ni odamlarning jamiyat ichidagi munosabatlaridir, shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga kelgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Ish bilan bandlik tushunchasini fuqaroning o’z shaxsiy va jamoat ehtiyojini qondiradigan hamda daromad keltiradigan faoliyati deb tushunish mumkin. Ish bilan bindlikni ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlar tizimida mehnat resurslarini yetishtirishning tabiiy asosi sifatida qarash lozim.
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash» to’g’risidagi qonunining 2-moddasiga muvofiq: «Ish bilan ta’minlash - fuqarolarning qonun xujjatlariga zid kelmaydigan, o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish xaqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir»
- Bir xaftada kamida 2 soat mehnatda band bo’lgan, yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni to’liqsiz ish vaqtida xaq evaziga bajarayotgan, shuningdek xaq to’lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo’lgan fuqarolar;
- betobligi, mehnat ta’tili, kasbga qayta tayyorlash xamda malaka oshirish joyida ekanligi, ishlab chiqarishni to’xtatib qo’yganligi munosabati bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa xollarda vaqtinchalik ish joyida bo’lmagan fuqarolar;
- o’zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan yuridik shaxs tashkil qilmagan xolda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a’zolari, fermerlar va ular ishida qatnashayotgan oila a’zolari va qarindosh-urug’lari, ijodkorlar;
- ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarishdan
ajralmagan xolda ta’lim olayotganlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar va x-k.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq quyidagi sabablarga ko’ra vaqtinchalik ish joyida bo’lmagan fuqarolarning ish joyi saqlanib qoladi va ular ish bilan ta’minlangan deb hisoblanadi:
-davlat va jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtda;
-ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarganda;
  • jamiyat manfaatlariga doir harakatlar kilganda;


  • jamoat ishlarida ishtirok etganda va x.k.




Aholi bandligi xaqida so’z borganda, iqtisodiy faol aholi, jumladan ishlayotganlar va ishsizlar uchun ish bilan ta’minlash maqomini belgilab olish muximdir:
  • Yollanma xodimlar - bular korxona rahbariyati bilan mehnat faoliyati shartlari bo’yicha tuzilgan shartnoma bo’yicha ishlaydigan shaxslar bo’lib, ular ana shu faoliyat uchun yollanish vaqtida kelishgan ish xaqiga ega bo’ladilar.


Yakka tartib asosida ishlaydiganlar - mustaqil ravishda faoliyat yurituvchi, o’zlariga daromad keltiradigan ish bilan shug’ullanuvchi, faqat qisqa muddatga yollanma xodimlardan foydalanadigan yoki foydalanmaydigan shaxslar.


  • Ish beruvchilar - o’zining xissadorlik jamiyatini, xo’jalik


    shirkatini va shu kabilarni boshqaradigan yoki buning uchun davlat
    tomonidan vakil qilingan shaxslar. Ish beruvchi o’z funktsiyalarini yollanma
    boshqaruvchiga to’liq yoki qisman topshirib qo’yishi, korxonaning
    muvaffaqiyatli ishlashi uchun javobgarlikni o’zida saqlab qolishi mumkin.
  • Oilaviy korxonalarning xaq to’lanmaydigan xodimlari -qarindoshiga tegishli bo’lgan oilaviy korxonada xaq olmasdan ishlaydigan xodimlardir.


  • Ish bilan ta’minlash maqomi bo’yicha tasniflashga to’g’ri kelmaydigan shaxslar - ilgari o’zlariga daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug’ullanmagan shaxslar.


Aholini ish bilan bandligini shakllantirish, ishning turli tarmoqlar, sohalar bo’yicha bandlik yo’nalishlarining belgilash samaradorligini oshiradi. Aholini ish bilan bandligini shakllantirish 1 – rasmda ko’rsatilgan.


Aholi tarkibini o’rganishning amaliy ehtiyoji ish bilan ta’minlashning turlarini ajratib ko’rsatilishi zaruriyatini nazarda tutadi. Masalan: to’liq, oqilona va erkin tanlangan ish bilan bandlik.

Download 1,54 Mb.
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   331




Download 1,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aholini ish bilan bandligi tushunchasining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni

Download 1,54 Mb.