Mazkur mezonlar quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi:
mavjud va yangi ish o’rinlari soni;
bajarilgan ish vaqti miqdori;
aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaMM.
mehnat resurslarning soni;
aholining migratsion oqimi;
mehnatning fond va energiya bilan qurollanishi;
ijtimoiy infrastruktura xizmatlarining xajmi;
har bir mehnatga layoqatli aholi yer yuklamasi;
o’rtacha yillik ish xaqi;
mehnat resurslarining ma’lumot va malaka darajasi;
iqtisodiyotda band bo’lmagan va ishsizlarning nafaqa miqdori;
-mehnat sharoitlari va mehnat qilish imkoniyatlarining
mavjudligi;
- mulkchilikning turli shakllari xamda mehnatni tashkil qilishning
samaradorligi va boshqalar.
1.2. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida aholini ish bilan bandligi ta’minlash
Mamlakatda aholi ish bilan bandligini o’rganish, ma’lum yillar mobaynida bandlikning o’sish darajasini ko’rsatish va asoslash uchun tahlildan foydalaniladi. Aholining bandlik darajasini tahlil qilish uchun uni ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin:
- bandlik darajasining butun aholi soniga nisbati;
- bandlik darajasining mehnatga qobiliyatli aholi soniga nisbati.
Butun aholi soniga nisbatan bandlik darajasini aniqlash uchun ish bilan band aholini umumiy aholi soniga bo’lish yo’li bilan hisoblash mumkin:
Ua.b.d = band aholi / jami aholi * 100% (1)
Mehnatga qobiliyatli aholi soniga nisbatan bandlik darajasini aniqlash uchun ish bilan band aholi sonini mehnatga qobiliyatli aholi soniga bo’lish yo’li bilan hisoblanadi:
M.a.b.d = band aholi / mehnat resurslari * 100% (2)
Aholi ish bilan bandligi xolatini tahlil qilib quyidagi natijalarni olishimiz mumkin:
mamlakat mehnat resurlari xolati;
tarmoqlar bo’yicha aholi bandligi xolati;
xududlar bo’yicha aholi bandligi xolati;
aholi ish bilan badligi o’sish dinamikasi;
ishsizlik darajasi;
mavjud mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsenti;
iqtisodiyot sohalarida aholi bandligi xolati;
mulkchilikning turli shakllarida aholi bandligi xolati;
- davlat va nodavlat sektorida bandlik xolati;
-aholi ish bilan bandligini oshirishga qaratilgan davlat iqtisodiy-ijtimoiy isloxatlar natijalari va boshqalar.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida aholini ish bilan ta’minlash dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov quyidagilarni ta’kidlab o’tgan: “2012 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hisobidan 480 mindan ziyod kishini ishga joylashtirish rejalashtirilgan ”15.
2012 yil 1 yanvar holatida O’bekiston Respublikasining jami aholisi 29555,3 ming kishini tashkil qildi. Mehnatga layoqatli bo’lgan aholi orasida shahar joylarida yoshi kattaroq kishilarning salmog’i ustun bo’lsa, qishloq joylarida nisbatan yoshroq kishilar ko’pchilikni tashkil qiladi. Bunday holatning vujudga kelishida ma’lum mehnat malakasi, yuqori ma’lumot va hayotiy tajribaga ega bo’lgan kishilarning asosiy qismi o’z ish kuchining sifat ko’rsatkichlariga muvofiq holda shahardan ish topishga intilishlari, bunda shahar joylaridagi mehnat sharoitlarining yaxshiligi, ish haqining nisbatan yuqoriligi, ish haqining o’z vaqtida to’lab borilishi kabi omillarning ta’siri kattaligi ahamiyatlidir. Umuman olganda, viloyatda aholi o’rtacha yoshining uzunligi jihatidan shahar oldinda bo’lib, bu holat ma’lum darajada shahar joylarida ko’rsatiladigan tibbiy xizmat darajasining yuqoriligi bilan ham izohlanadi. Sanab o’tilgan bu omillarning ta’siriga qaramasdan, keyingi yillarda shaharga nisbatan qishloq joylarida yashovchi aholi soni yildan yilga ortib bormoqda.
|