|
-jadval
O’zbekiston Respublikasida mehnat resurslari tarkibining o’zgarishi*
|
bet | 170/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 y1-jadval
O’zbekiston Respublikasida mehnat resurslari tarkibining o’zgarishi*
(ming kishi)
Ko’rsatkichlar
|
Y i l l a r
|
2004
|
2005
|
2006
|
2008
|
2011
|
Jami aholi soni
|
25567,7
|
26167,0
|
26488,2
|
27555,3
|
29555,3
|
Mehnat resurslari soni
|
13607,2
|
14453,2
|
14816,5
|
15644,9
|
16123,6
|
SHundan:
|
|
|
|
|
|
Iqtisodiy faol aholi soni
|
9621,2
|
10224,0
|
10492,5
|
11603,1
|
11929,2
|
Ish bilan band bo’lgan aholi soni
|
9589,0
|
10196,3
|
10467,0
|
11035,4
|
11327,7
|
Iqtisodiy nofaol aholi soni
|
3986,0
|
4229,2
|
4324,0
|
4041,8
|
4186,4
|
* Jadval O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, 2004-2011 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi aholisining soni 9,5 %ga, mehnat resurslarining soni 18,5 %ga ko’paygan. SHu bilan birga, respublikada mehnat resurslarining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 2,64 %ga teng bo’lgan. SHuningdek, ko’rilayotgan davrda respublikada jami aholining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1,22 %ni tashkil etgan. Respublikada mehnat resurslari tarkibida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (16-54 yoshdagi ayollar, 16-59 yoshdagi erkaklar) soni ortib bormoqda. Statistik ma’lumotlardan ko’rinib turganidek, 2004-2011 yillar davomida respublikada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 12630,0 ming kishidan 14998,7 ming kishiga yoki 18,7 %ga ko’paygan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, o’rganilayotgan davrda respublikada mehnat resurslari tarkibida ishlayotgan nafaqaxo’r va o’smirlar mutlaq soni 1,7 %ga o’sgan.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy faol va ish bilan band bo’lgan aholi soni yil sayin ko’payib bormoqda. Xususan, 2004-2011 yillarda respublikada iqtisodiy faol aholi soni 23,1 %ga, ish bilan band bo’lgan aholi soni 17,5%ga ko’paygan.
2-jadvaldan ko’rinib turganidek, O’zbekistonda 2011 yilga kelib jami mehnat resurslari 16123,6 ming kishidan iborat bo’lib, bu jami aholining 57,9%ni tashkil etadi. 2011 yilda mehnat resurslarining soni 2004 yilga nisbatan 11,5 %ga ko’paygan. SHu bilan birga, mehnat resurslari sonining o’sish sur’atlari 1998 yildagi 4,8% dan 2011 yilda 2,6% gacha pasaydi. SHu bilan bir qatorda ushbu davrda shaharda mehnat resurslari soni 12,9 % ga, qishloq joylarida esa 37,3 % ga ko’paydi.
Tahlil qilinayotgan yillarda O’zbekistonning barcha hududlarida ayrim hollarda mehnat resurslarining o’rtacha yillik o’sish darajasining pasayishi kuzatildi, ya’ni ushbu ko’rsatkich 2006 yilda 4,7 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2009 yilda 3,2 % ni tashkil qildi. Hattoki 2008 yilda shahar mehnat resurslarining o’rtacha yillik o’sish darajasining 7,9 % gacha pasayishi kuzatildi.
Natijada qishloq joylaridagi mehnat resurslarining jami respublika mehnat resurslaridagi salmog’i 1998 yilda 61,8 % ni tashkil qilgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2011 yilda 68,3 % ni tashkil qildi. Ya’ni, mehnat resurslari tarkibining uchdan ikki qismi qishloq aholisi hisobiga ko’paydi. SHuning uchun ham viloyatda aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal etishda birinchi navbatda qishloq joylariga alohida e’tiborni qaratmoq lozim.
|
| |