|
III. Keysolog tomonidan keltirilgan keys yechimi
|
bet | 180/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 yIII. Keysolog tomonidan keltirilgan keys yechimi
Strategik maqsad: Respublikada aholini ish bilan bandligi va mehnat bozori holati tahlil etish. Axborot xati tayyorlash. Unda ushbu holatlar bo’yicha takliflar beriladi.
Strategik vazifalar:
Respublikada aholini ish bilan bandligi holati o’rganish;
aholini ish bilan bandligi va demografik vaziyatni o’rganish;
aholini ish bilan bandligi va mehnat resurslari tarkibini o’rganish;
respublikada aholini ish bilan bandligi va mehnat bozori muammolarini o’rganish;
aholini ish bilan bandligi va mehnat bozorini tartibga solishni takomillashtirish bo’yicha tavsiyanomalar berish.
Strategik vazifalarni yechimi:
- Respublikada aholini ish bilan bandligi xususiyatlarini o’rganish;
- respublikada demogafik vaziyatni barqarorlashtirish;
- mehnat resurslaridan oqilona foydalinishni yo’lga qo’yish, buning uchun kichik biznes va hususi tadbirkorlikni yanada rivojlantirish;
- aholini ish bilan bandligining yangi turlarini joriy etish;
- mehnat migratsiyasini tartibga solishni takomillashtirish;
- mehnat bozorini tartibga solish va uning infratuzilmasini takomillashtirish.
1.Aholining ish bilan oqilona bandligi nimani anglatadi?
Aholini ish bilan oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi bozor muvozanatiga erishishni bildiradi. Bunday holda ishsizlikning yo’l qo’yilishi mumkin (tabiiy) darajasi vujudga keladi. Bunday muvozanat ish beruvchilar va «mehnat qobiliyati» kishilarining iqtisodiy manfaatlari eng muqobil darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda ishchi kuchiga kasb-malakali tayyorgarligi holatiga mos narxlar belgilanadi. Xuddi shular tufayli, aholining oqilona bandligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ishchi kuchining qiymati asosida «mehnat qilish qobiliyati»ni bozorda sotish uchun taklif qilganlarning turmush darajasi shakllanishi ham ta’minlanadi.
|
| |