• 3. Mehnat bozorining mohiyati va mazmuni nima Mehnat bozori
  • 4. Aholini ish bilan ta’minlash deganda nimani tushunasiz
  • Qanday mezonlar va ko’rsatkichlar asosida aholining ish bilan oqilona bandligi holatini ifodalash mumkin?




    Download 1,54 Mb.
    bet181/331
    Sana06.06.2024
    Hajmi1,54 Mb.
    #260832
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   331
    Bog'liq
    Yxatga olindi ¹ 2019 y

    2.Qanday mezonlar va ko’rsatkichlar asosida aholining ish bilan oqilona bandligi holatini ifodalash mumkin?
    Aholini ish bilan oqilona bandlikni shakllanishining barcha demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi mezonlarda o’z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatigaa erishish; ish joylarini ko’paytirish; iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; mehnat unumdorligining o’sishini ta’minlash; aholining mehnat daromadlarini ko’paytirish; ishsizlikni kamaytirish va boshqalar.
    Mazkur mezonlar quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mavjud va yangi yaratilgan ish joylarining soni; bajarilgan ish vaqtining miqdori; aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIMning hajmi; mahalëiy va jalb etilgan mehnat resurslarining soni; aholining migratsion oqimi; mehnatni fond va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining miqdori; qishloq xo’jaligi har bir xodimini yer yuklanmasi; o’rtacha yillik ish haqi; aholining uy-joy bilan ta’minlaíèshi; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; asosiy fondlardan foydalanishning smenalik koeffitsienti; ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan shaxslar âà ishsizlar soni hamda ularning nafaqa miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridan qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli xil shakllari va mehnatni tashkil qilishning samaradorligi va h.k.
    3. Mehnat bozorining mohiyati va mazmuni nima?
    Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida «mehnatga qobiliyatlarini» xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
    4. Aholini ish bilan ta’minlash deganda nimani tushunasiz?
    O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash» to’g’risidagi qonunining 2-moddasiga muvofiq:
    «Ish bilan ta’minlash - fuqarolarning qonun xujjatlariga zid kelmaydigan, o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish xaqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir»
    O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash» to’g’risidagi qonunga muvofiq qo’yidagilar ish bilan ta’minlangan deb hisoblanadi:
    • yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni to’liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan, shuningdek haq to’lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo’lgan fuqarolar;


    • betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishning to’xtatib qo’yilganligi munosabati bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo’lmagan fuqarolar;


    • o’zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a’zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a’zolari;


    • Qurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va qo’shinlarida xizmatni o’tayotgan shuningdek muqobil xizmatni o’tayotgan fuqarolar;


    • ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan fuqarolar;


    • qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar16.





    Download 1,54 Mb.
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   331




    Download 1,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qanday mezonlar va ko’rsatkichlar asosida aholining ish bilan oqilona bandligi holatini ifodalash mumkin?

    Download 1,54 Mb.