|
Yxatga olindi № 2019 y
|
bet | 70/331 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #260832 |
Bog'liq Yxatga olindi ¹ 2019 yQisqacha xulоsalar
Ishsizlik dеganda- ishchi kuchining ish jоyi bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning birоn-bir qоnuniy darоmad manbaiga эga bo’lmasligining muayyan хоlati tushuniladi. SHuning uchun ishsizlik muammоsini o’rganishdan maqsadahоlining ish bilan bandligini yaхshilash оrqali mamlakat ishlab chiqarishini kеngaytirish va ahоlini turmush darajasini yanada yaхshilashga alоqadоr tadbirlarni ishlab chiqishdan ibоrat.
O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyoti davlat sektorida ishlab chiqarishning qisqarishi bo’ldi. CHunki iqtisodiy o’sish dinamikasi bilan ishsizlik o’rtasidagi aloqa uzviy bog’liq ko’rsatkichlardir.
Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni umumiy sog’lomlashtirish, investitsion faollikni rag’batlantirish, barqarorlashtirish va keyinchalik iqtisodiy o’sishga erishish, iqtisodiyotni nodavlat sektorlarini rivojlantirish va kengaytirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, kichik biznes va o’z-o’zini ish bilan band qilishni qo’llab-quvvatlash, ish bilan bandlikning oqil tuzilmasini yaratish maqsadida kasbiy o’qitish, qayta tayyorlash va maslahat berishni ta’minlash ish bilan bandlikni tartibga solishning faol iqtisodiy usullari hisоblanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Ish bilan bandlikning asosiy nazariyalari nimalardan iborat?
Aholini ish bilan bandligi va uning asosiy turlari, shakllari haqida nimalarni bilasiz?
Ish bilan band bo’lishning qanday asosiy omillarini bilasiz?
Ish bilan bandlik va uni boshqarish mexanizmi nimalardan iborat?
Neoklassik va neokenslar nazariyasi nuqtai nazaridan ommaviy ishsizlikning sabablari qaysilar?
Ishsizlikning o’sishi bilan iqtisodiy pasayish o’rtasida aloqa bormi?
Ishsizlikni kamaytirishning asosiy yo’nalishlarini aytib bering.
Ishsizlikni bozor tomonidan tartibga solinishiga davlatning bevosita aralashuvini nima taqozo etadi?
O’zbekistonda ishsizlikning qanday darajasini tabiiy deyish mumkin?
O’zbеkistоnda ishsizlikni kamaytirish bo’yicha qanday chоra-tadbirlar amalga оshirilmоqda?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти. Дарслик (назария ва амалиёт) –Т.: “Меҳнат”, 2009.
Абдураҳмонов Қ.Х., Холмўминов Ш.Р, Акбаров А.М. Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси –Т.: ТДИУ, 2004.
Холмўминов Ш.Р. Меҳнат бозори иқтисодиёти (Ўқув кўлланма) –Т.: ТДИУ, 2004.
Худойбердиев З. Дунё мамлакатларида демографик жараёнлар. // Ўзбекистон иқтисодиёти. №2, 2005.
|
| |