121
sirt-aktiv moddaning tarkibida gidrofil va gidrofob gruppalar bo‘lishi kerak.
Kuchli gidrofil’ xususiyatga ega emul’gator M/S tipidagi emulsiyalar olish
uchun xizmat qiladi. Girofob xossaga ega bo‘lgan emul’gatorlar S/M tipidagi
emulsiyalar olishda ishlatiladi.
Bir tipdagi emulsiyaning ikkinchi tipdagi emulsiyaga o‘tish
hodisasi
emulsiya fazalaring almashinuvi deyiladi.
Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muhitdan iborat dag’al dispers
sistemalar
suspenziyalar deyiladi.
Suspenziya va emulsiyalar kolloid eritmalardan quyidagi xossalari bilan
farq qiladi;
a) suspenziya bilan emulsiya optik jihatdan bir jinsli emas, sedimentatsion
beqaror;
b) suspenziya bilan emulsiya ikki va uch qavatga bo‘linishi va ularning
tarkibiy qismlari bir-biridan ajralishi mumkin.
Dispers sistemalarning bu
xossalaridan foydalanib texnologiyada bir modda boshqa moddalardan ajratib
olinadi.
Emulsiyalar ma`lum qovushqoklikka ega, ularning qovushqoqligi dispers
faza kontsentratsiyasiga, dispresion muhit tabiatiga va boshqa omillarga bog’liq
ravishda o‘zgaradi.
Tabiatda va sanoatda ko‘p uchraydigan
dispers sistemalarga kukunlar
kiradi. Ular jumlasiga chang holiga qadar maydalangan ko‘mir (chang holatidagi
yoqilg’i), qurum, turli qurilish materiallarini kiritish mumkin. Kukun
zarrachalari bir biriga yopishib mushtlashib (yiriklashib) qolishi ham mumkin.
Kukunlarning yiriklashib granulalar holatiga o‘tishida sistemalarning sirt
energiyasi
kamayadi, shu sababli granulyatsiya hodisasi o‘z-o‘zicha sodir
bo‘ladigan hodisalar jumlasiga kiradi. Lekin kukun qo‘llanganda bu jarayon
aktivlashadi, chunki uning natijasida katta qovushqoqlikki ega bo‘lgan
chegara
qavat paydo bo‘lganida zarrachalar orasidagi o‘zaro adgezion ta`sir kuchayib
zarrachalar bir-biri bilan birlashib ketadi.
122
Dispers muhit suyuq emas qattiq moddadan iborat bo‘lgan
ul’tramikrogeterogen sistemalar
qattiq zollar deb ataladi.
Bunday dispers
sistemalarning dispers fazasi gaz, suyuqlik va qattiq moddalardan iborat bo‘lishi
mumkin. Dispersion muhiti qattiq va dispers fazasi gazdan iborat bo‘lgan
sistemalar
qattiq ko‘piklar deb ataladi. Bunda gaz puffakchalarining katta
kichikligiga qarab qattiq ko‘piklar mikrogeterogen, makrogeterogen yoki dag’al
dispers sistemalar shaklida bo‘ladi.
Qattiq dispersion muhitli va suyuq dispers fazali sistemalar
qattiq