120
emas va o‘zgarmas. N’yuton qonuniga bo’ysunmaydigan
suyuqliklarning
qovushqoqligi siljish kuchlanishi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
§ 20. DISPERSION MUHITI GAZ, SUYUQ VA QATTIQ MODDADAN
IBORAT BO`LGAN KOLLOID SISTEMALAR
Tayanch so‘z va iboralar: Sinerezis hodisasi, gellar, emulsiyalar,
aerozollar, suspenziyalar, tuproq kolloidlari.
Dispers faza zarrachalarining katta-kichikligi oddiy mikroskopda
ko‘rinadigan dispers sistemalar mikrogeterogen sistemalar deyiladi.
Mikrogeterogen sistemalar tabiatda, qishloq xo‘jaligida,
oziq-ovqat
sanoatida va boshqa sohalarda keng tarqalgan.
Emulsiyalar bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikdan tashkil
topgan mikrogeterogen sistemalardir. Emulsiya hosil bo‘lishi uchun suyuqliklar
bir-birida juda oz erishi kerak. Masalan emulsiya hosil qiluvchi suyuqliklardan
biri sifatida suv olinsa, oz eriydigan suyuqlik shartli ravishda “moy” deb ataladi.
Suyuqliklarning qaysi biri dispers faza bo‘lishiga qarab, ular ikki turga
bo‘linadi.
Birinchi tur emulsiyalarga, agar “moy” tomchilari suv ichida
tarqalgan bo‘lsa, moyning suvdagi (M/S) emulsiyasi deyiladi,
ikkinchi tur
emulsiyalarga, agar suv tomchilari “moy” ichida tarqalgan bo‘lsa, suvning
moydagi (S/M) emulsiyasi deyiladi.
Agar emulsiyada dispers fazaning miqdori 0,1% ni tashkil etsa,
ularni