Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/94
Sana25.11.2023
Hajmi3,22 Mb.
#105433
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94
Bog'liq
13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

emulsiyalar deyiladi.
Dispers sistemalarning alohida bir turiga yarim kolloidlar mansubdir. 
Yarim kolloiddarning asosiy xususiyati shundaki, bu sistemalar ko‘p 
suyultirilganda chin eritma xossalariga ega bo‘lib qoladi, lekin moddaning 
kontsentratsiyasi ortib xarorat pasaytirilsa, eritmada mitsellalar hosil bo‘ladi. 
Yarim kolloidlar, molekulalar va turli disperslik darajasiga ega bo‘lgan 
mitsellalar borligi uchun polidispers sistemalar hisoblanadi. 
Ko‘pchilik yarim kolloidlar elektrolitlar bo‘lib, ular yakka ionlarga va 
assotsilangan (murakkab) ionlarga ajrala oladi. Agar yarim kolloidlarning 
assotsilangan ioni anion bo‘lsa, bunday yarim kolloidlar anion-faol yarim 
kolloidlar deyiladi. Agar assotsilangan ion kation bo‘lsa u holda kation-faol 
yarim kolloidga ega bo‘lamiz. Masalan, sovun eritmasi anion-faol yarim kolloid, 
alkolloidlarning eritmalari esa kation-faol yarim kolloidlardir. YArim kolloidlar 
nixoyatda yaxshi emul’gatorlar xisoblanadi. 
Suyuqlik yoki qattiq jism zarrachalarining gaz muhitida (masalan, 
havoda) tarqalishi natijasida hosil bo‘lgan mikrogeterogen dispers sistemalar 
aerozollar deb ataladi. Barcha aerozollar tabiiy va texnik aerozollar deb ikkiga 
bo‘linadi. Tabiiy aerozollar yer atmosferasida sodir bo‘ladigan turli tuman 
jarayonlar natijasida kelib chiqadi. Texnik aerozollar insonning ishlab chiqarish 
faoliyati tufayli paydo bo‘ladi. Sanoatda paydo bo‘ladigan aerozollar, ko‘pincha 
inson salomatligiga salbiy ta`sir ko‘rsatadi va tabiatga ham zarar etkazadi. Shu 


123 
sababli texnik aerozollarni yo‘qotish ilm va fan hamda jamiyat oldida turgan 
aktual masalalardan biri bo‘lib xisoblanadi. Lekin qishloq xo‘jaligida ekinlarga 
sepiladigan, sanoatda bo`yoq sifatida ishlatiladitan sun`iy aerozollar ko‘pchilik 
holda mehnat unumdorligini oshiradi. Masalan, sun`iy aerozollar ba`zi 
kasalliklarni ingalyatsiyalash yo`li bilan davolashda qariyib 100 yildan beri 
ishlatilib kelinadi. 
Aerozollar ham xuddi boshqa dispers sistemalar singari disperslash va 
kondensatlash usullari bilan hosil qilinadi.
Aerozollarni suyuq kolloid sistemalardan ajratib turadigan asosiy 
ko‘rsatkichi shundan iboratki, gaz muhitda molekulalarning erkin harakat 
uzunligi aerozol dispers faza zarrachalari diametridan katta bo‘lishi mumkin. 
Aerozollar ham ma`lum elektrokinetik xossalarga ega. Chunki qutbli 
suyuqlik havoda sachratilganida uning mayda tomchilari havodagi manfiy yoki 
musbat ionlarni ham o‘ziga olib, tomchi musbat yoki manfiy zaryadli bo‘lib 
qoladi. 
Aerozollar optik hossalari jihatidan liozollar bo‘ysungan qonunlarga 
bo‘ysunadi. Aerozollarning dispersion muhiti bilan liozollarning dispersion 
muhiti zichligi va yorug’likni sindirish koeffitsenti jihatidan bir-biridan keskin 
farq qiladi.
Aerozollar zarrachalarining issiq jism atrofida sodir bo‘ladigan harakati 
termoforez deb ataladi. 
Aerozol kuchli ravishda yoritilganda sodir bo‘ladigan hodisa fotoforez 
deb ataladi. Fotoforez musbat va manfiy bo‘lishi mumkin. Musbat fotoforezda 
zarrachalarining harakati yorurlik manbaidan boshlanadi, manfiy fotoforezda esa 
aksincha, zarrachalar harakati yorug’lik manbai tomon yo‘nalgan bo‘ladi. 
Aerozol dispers fazasi zarrachalarining sovuq jismlar sirtiga qamralib 
qolishi termopretsepitatsiya deb ataladi. Ana shu hodisa tufayli pech, radiator 
yaqinidagi devorlarda chang-to‘zon o‘tirib qoladi. 


124 
Tuproq kolloidlari yerning sirt qavatida uchraydigan kolloidlar bo‘lib, 
ularda dispers faza rolini diametri 1 nm dan 100-200 nm gacha bo‘lgan juda 
mayda tuproq zarrachalari, dispers muhit rolini esa tuproq eritmasi bajaradi.
Tuproq kolloidlari hosil bo‘lishida tuproq eritmasining roli katta. Tuproq 
eritmasi tuproqning suyuq fazasi bo‘lib, u o‘zida turli moddalarni eritgan suvdan 
iborat. Tuproq eritmasining tarkibi tuproq hosil qiluvchi tog’ jinslarining 
hossalariga, tuproqning tipiga, yerga o‘g’it solingan solinmaganligiga bog’liq. 
Sho‘rmas tuproqlarning eritmasida kal’tsiy bikarbonat ancha miqdorda bo‘ladi, 
lekin sul’fat, nitrat va fosfatlar oz miqdorda uchraydi. Bunday tuproq 
eritmasining osmotik bosimi 10 atm dan oshmaydi. Sho‘r tuproqlardagi tuproq 
eritmasida sul’fat, xlorid va sodaning miqdori juda ko‘p bo‘lganligi uchun 
bunday eritmaning osmotik bosimi 30-40 atm. gacha yetadi. Agar tuproq 
eritmasining osmotik bosimi o‘simlik organizmidagi osmotik bosimidan ortiq 
bo‘lsa, tuproqdan o‘simliklarga suvning chiqishi qiyinlashadi va bunday 
tuproqda ekin qurib qoladi. Tuproq eritmasidagi kolloid zarrachalarining 
umumiy miqdori turli xil tuproqlarda turlicha bo‘ladi. Yengil tuproqlarda 
kolloidlar kam, og’ip tuproqlarda ko‘p uchraydi. 
Tuproq kolloidlari uch guruhga bo‘linadi. 
1. Mineral kolloidlar (tuproqning kolloid - dispers holatdagi 
mineralari). 
2. Organik kolloidlar (chirish natijasida hosil bo‘ladigan gumus kislotalar) 
3. Organik mineral kolloidlar (mineral organik moddalardan iborat 
murakkab dispers sistemalar). Tuproq kolloidlarining agronomik ahamiyati 
nihoyatda katta. Chunki tuproq kolloidlarining miqdori va tarkibi tuproqning 
shimish qobiliyatiga, tuproqda qumoq-qumoq zaruriy strukturalar hosil 
bo‘lishiga, hamda tuproqning boshqa xossalariga katta ta`sir ko‘rsatadi. 
Tuproqning shimishi deganda tuproqning gazlarni, suyuqliklarni, erigan 
moddalarni va tuproq orqali o‘tgan suvdagi qattiq zarrachalarni ushlab qolish 
xususiyatini tushunish kerak. XX asrning boshlarida rivojlangan K.K.Gedroyts 


125 
ta`limotiga muvofiq tuproqning shimish hususiyatiga biologik, kimyoviy, fizik 
kimyoviy, fizik va mexanik shimish xususiyatlari kiradi. 
Tuproqning biologik shimish xususiyati tuproqdagi mikroorganizmlar 
faoliyatidan kelib chiqadi. Kimyoviy shimilishda erigan modda tuproqdagi turli 
komponentlar bilan kimyoviy reaktsiyalarga kirishib, yomon eruvchan moddalar 
hosil qiladi, hosil bo‘lgan moddalar esa tuproqning qattiq fazasi tarkibiga o‘tadi. 
Fizik kimyoviy shimish tuproq kolloidlari ishtirokida sodir bo‘ladi. Tuproq 
kolloidlari o‘z kationlarini almashtira oladi. Bunda almashina oladigan kationlar 
almashinuvchan yoki shimiluvchan kationlar deyiladi. Tarkibida shimiluvchan 
kation bor mayda tuproq zarrachalarining ja`mi tuproqning shimiluvchan 
kompleksi deyiladi.
Fizik shimishda erigan modda molekulalarining tuproqning mayda dispers 
zarrachalarining sirtiga adsorbilanishi kiradi. Mexanik shimishga esa tuproqdan 
o‘tgan suvdagi qattiq zarrachalarning tuproqda tutilib qolishiga aytiladi. 
Tuproq kolloidlari tufayli tuproqda struktura agregatlar hosil bo‘ladi, 
ya`ni tarkibida shimilgan kal’tsiy ioni bo‘lgan va suvda erimaydigan 
(parchalanmaydigan) chirindi modda tuproq zarrachalarini qovushtirib, diametri 
1-10 mm bo‘lgan qumoq-qumoq donalar hosil qiladi va suv ta`sirida yoyilib
ketmaydi. Tuproqda shunday strukturaga ega bo‘lgan agregatlarning bo‘lishi 
ekinning o‘sishiga katta yordam beradi. 
Bu jihatdan akad. K.S. Axmedov va uning shogirdlari taklif etgan suvda 
eruvchi yuqori polimer moddalar katta ahamiyatga egadir. 
Ishlab chiqarish jarayonida va tabiatni muhofaza qilishga oid 
muammolarni yechishda qator dispers sistemalarga duch kelinadi. Shu sababli 
dispers sistemalarning rolini bilish va ularni boshqarish masalasi ishlab 
chiqarishda, qishloq xo‘jaligida uchraydigan konkret masalalarni hal qilishda va 
tabitatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. 
Masalan, sanoatning deyarli barcha sohalarida turli hil ishlab 
chiqarishlarda aerozollar hosil bo‘ladi. Shu kabi zararli gaz va chang holidagi 


126 
aerozollardan havoni tozalash zarur. Bunga erishishda asosan ikki usul 
ishlatilishi mumkin: 1. Tarkibida zararli qo‘shimchalar bo‘lgan aerozolning 
hosil bo‘lishini tuxtatish. 2. Aerozolni yemirilishga majbur qilish. 
Shu bilan birga tabiatni muhofaza qilishda atmosferadagi turli xil gaz 
holatdagi chiqindilardan, chang, tutun kabi dispers sistemalardan tozalash va 
ularni hosil bo‘lishini oldini olish choralarini ko‘rish katta ahamiyatga ega. 
Ayniqsa suvning ifloslanishini oldini olishda dispers sistemalarning hosil 
bo‘lish qonuniyatlarini bilish va undan oqilona foydalanish muhim. Suvda 
uchraydigan (va uni bulg’atuvchi} moddalarning hammasini uch guruhga 
bo‘lish mumkin: 
1. Oksidlanadigan moddalar. 
2. Oksidlanmaydigan moddalar. 
3. Mikrogeterogen va ul’tramikrogeterogen dispers sistemalar ham
suvni iflos qiluvchi moddalarga kiradi.
Shuning uchun asosan vodoprovod uchun kerakli ichimlik suv 
tayyorlashda oqar suvni 5 ta ketma-ket jarayon yordamida tozalanadi. Bular
mexanik fil’trlash, tindirish, shag’al va qum orqali asta-sekin fil’trlash,
aeratsiya, nihoyat xlor qo‘shib suvni sterillashdan iborat. 
Oqava suvlarni suv havzalariga tashlashdan avval suvga ishlov berish 
lozim. Oqava suvlarga uch marta ishlov berish tavsiya etiladi. Birlamchi 
ishlovda oqava suvni fil’trlab yirik axlat va qattiq moddalardan tozalanadi, 
so‘ngra suv tindiriladi, bunda loyqa hosil qiluvchi moddalar suv tubiga cho‘kadi. 
SHundan keyin suvga ikkilamchi ishlov berish zarur bo‘lmasa, unga xlor 
ko‘shib so‘ngra oqar suvga yoki, boshqa suv havzasiga tushirilib yuboriladi. 
Bundan tashqari oqava suvlarni tozalashda adsorbsiya, mexanik, texnik, 
kimeviy, biokimyoviy usullar ishlatiladi. 
Turli ishlab chiqarish jarayonlarida ko‘pincha dispers sistemalar hosil 
bo‘ladi. Masalan, ruda boyituvchi fabrika pul’pasi asosan suspenziyadan iborat, 
shuning uchun rudani boyituvchi fabrikalarning oqava suvlaridan qayta 


127 
foydalanishda koagulyatsiya, flokulyatsiya va peptizatsiya muhim ahamiyatga 
ega. 
Ishlab chiqarish jarayonida gel’ hosil bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Gel’ 
hosil bo‘lishiga yordam beruvchi qo‘shimcha sifatida difil molekulalardan 
tuzilgan moddalar qo‘llaniladi. 
Kimyo sanoatining rivojlanishi chiqindi moddalarning miqdorini ko‘payib 
borishiga, ya`ni havo, tuproq va suvning ifloslanishiga olib kelmoqda. Shuning 
uchun chiqindilarni qayta ishlash va ulardan tuproqni, havoni, suvni tozalashda 
yuqori molekulali koagullovchi, flokullovchi va gel’ hosil qiluvchi 
moddalarning yangi yuqori unumli turlarini yaratishda O‘zbekistonda ma`lum 
ishlar amalga oshirilib, ishlab chiqarishga qo‘llanilmoqda. Ya`ni O‘zbekistonda 
mavjud xom ashyolar asosida har hil barqarorlashtiruvchi moddalar yaratishda 
o‘zbek olimlari va muhandislarining tinimsiz izlanishlari natijasida yuqori 
unumli barqarorlashtiruvchi moddalar, o‘simliklarni himoyalovchi yangi 
preparatlarning yaratilishiga va ishlab chiqarishga tadbiq etilishiga olib keldi. 
Kolloid kimyo fani kelajakda yanada ko‘proq rivojlanadi va uning 
yutuqlari 
mustaqil 
O‘zbekistonning 
xalq 
xo‘jaligini 
tarmoqlarida 
qo‘llanilaveradi. 
Ko‘pik gaz va suyuqlikdan iborat yuqori kontsentrlangan mikrogetorogen 
sistemadir. Ko‘pikning disperslik darajasi juda past bo‘ladi va shuning uchun 
ko‘piklar dag’al dispers sistemalar jumlasiga kiradi. 
Kontsentrlangan ko‘piklar hosil qilish uchun xuddi emulsiyalardagi kabi 
stabilizator kerak bo‘ladi. Bunda stabilizatorlar suyuqlikning sirt tarangligini 
kamaytirib, mexanik jihatdan mustahkam pardalar hosil bo‘lishini ta`minlaydi. 
Faqat pishiq va elastik pardalardan iborat ko‘piklar uzoq vaqt tura oladi. 
Amaliy jihatdan qaraganda ko‘pikning ikki ko‘rsatkichi, ya`ni 
stabillanishi va emirilish vaqti katta ahamiyatga ega. Ko‘pikka turli moddalar 
ko‘shish bilan bu ikki jarayonning tezligiga katta ta`sir ko‘rsatish mumkin. 


128 
Ko‘pik umrining uzoq-qisqaligiga xarorat va eritmaning pH qiymati ham katta 
ta`sir ko‘rsatadi. 
Hozirgi vaqtda struktura to‘rlari qattiq moddalardan iborat qattiq ko‘piklar 

Download 3,22 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo

Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish