132
Cho’kma ya’ni stannat kislota ishqor yoki kislota ta’sirida
kolloid
eritmaga o’tishi mumkin. Agar cho’kmaga natriy gidroksid eritmasi qo’shilsa,
quyidagi tenglamaga muvofiq natriy stannat tuzi hosil bo’ladi.
H
2
SnO
3
+ 2NaOH Na
2
SnO
3
+ 2H
2
O
Stannat kislota kislotalar tasirida (masalan, xlorid kislota) ham stannat
kislota tuzi hosil bo’ladi. H
2
SnO
3
+2HCl → SnOCl
2
+ 2H
2
O
SnOCl
2
molekulalari dissotsialanib, SnO
2+
va 2Cl
-
ionlarni hosil qiladi:
SnOCl
2
→ SnO
2+
+2Cl
-
Mitsellaning umumiy ko’rinishi, quyidagicha bo’ladi:
{[H
2
SnO
3
]
m
·nSnO
+2
2(n-x) Cl
-
}
+
·2xCl
-
Kolloid eritma disperslash usulida tayyorlanadigan bo’lsa, qattiq moddaga
stabilizator qo’shib hovonchada yaxshilab maydalanadi. Iviq yoki g’ovak
cho’kmalarga tegishli moddalar ta’sir ettirish yo’li
bilan zollar hosil qilish
jarayoni
peptizatsiya deb ataladi; bunday moddalar
kolloid zarrachalar sirtiga
yaxshi adsorbilanadi va zarrachalarning zolga o’tishiga yordam beradi.
Ammo yuqorida aytib o’tilgan usullarning har qaysisida ham kolloid
sistema hosil bo’lishi uchun dispersion faza
dispersion muhitda juda kam
eruvchan bo’lishi shart. Aks holda molekulyar eritmalar hosil bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, zarrachalar bilan muhit o’rtasida o’zaro bog’lanish bo’lib, bu
bog’lanish zarrachalar bir-biri bilan qo’shilib ketishga qo’ymay turish zarur.