133
LABORATORIYA ISHI №2
KOLLOID SISTEMALARNI TOZALASH USULLARI
Ishning maqsadi: Zollarni
tozalash usuli, gidrofob va gidrofil kolloid
eritmalar qanday dializ qilinishi bilan tanishish.
Ish uchun kerak bo’ladigan asbob va reaktivlar: FeCI
3
-2%li, AgNO
3
-
1n, K
2
SO
4
-1n, BaCI
2
-2%
li eritmalari, tannin-1%, jelatin-1% zollar; yod
eritmasi, kraxmall kukuni, HCI-0,1n eritmasi, temir(III)-gidroksid zoli.
1-tajriba. Jelatina zolini dializ qilish.
Kollodiydan tayyorlangan xaltachaga jelatinaning 1% li eritmasi quyiladi,
unga ozgina natriy xlorid qo’shiladi va distillangan suvga botirib quyiladi.
Oradan ikki soat o’tgandan keyin tozalovchi suvdan ozgina namuna olib
tekshiriladi, bunda xlor ionini bor-yo’qligi esa tanninning 2%
li eritmasi
yordamida sinab ko’riladi. Tannin bilan jelatina aralashmasi o’ziga xos rang
beradi. So’ngra yarim soatdan keyin namuna olib sinab ko’riladi
va tajriba
natijalari yozib boriladi.
2-tajriba. Kraxmal zolini dializ qilish.
Texnik tarozida 2g kraxmall tortib olinib chinni kosachaga solinadi,
5-10ml suv qo’shib shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi.
Suvga
kraxmallni aralashtirib turib, qaynab turgan 100ml distillangan
suvga tez quyiladi. Hosil qilingan tiniq kraxmall zoliga 1n
li kaliy sulfat
eritmasidan ozgina qo’shiladi va aralashmaning hammasi suvli dializatorga
botirib qo’yilgan kollodiy xaltachaga quyiladi. Har yarim soat o’tgandan keyin
dializatordan
suyuqlikdan namuna olinib, unda sul’fat ioni va kraxmall bor-
yo’qligi sifat reaksiyasi yordamida tahlil qilinadi.