118
dispersion muhit saqlanadi. Bunda hosil bo‘lgan gel’ning mustahkamligi kichik
bo‘lib, u plastiklik, elastiklik xossalarini namoyon qiladi. Anizodiametrik
shaklga ega zarrachalarning kontsentratsiyasi ortishi bilan gel hosil bo‘lishi va
uning mustahkamligi oshadi. Temperatura oshishi bilan gel hosil bo‘lishi
kamayadi, yuqori temperaturada esa gelning strukturasi buziladi. Koagulyatsion
strukturalarda tiksotropiya
hodisasi kuzatiladi, ya`ni hosil bo‘lgan strukturalar
mexanik ta`sir ostida buzilib, yana vaqt o‘tishi bilan o‘z holiga qaytishidir.
Koagulyatsion strukturaga ega sistemalar vaqt o‘tishi bilan o‘z
hajmini
kichraytiradi, ya`ni dispersion muhitni siqib chiqara boshlaydi. Bu hodisaga
sinerezis deyiladi va hosil bo‘lgan quruq gel’ kserogel’ deyiladi.
Kondensatsion–kristallizatsion strukturalar zarrachalararo kimyoviy
ta`sirlar natijasida (kondensatsion struktura) yoki kristall zarrachalardan iborat
yangi faza (kristaliz struktura) hosil bo‘lishiga asoslanadi. Bunday strukturalar
qattiqsimon – sinuvchan tiksotropiya xossalarini namoyon qilmaydi.
Kondensatsion strukturalar ko‘pchilik qattiq materiallar, qotishmalar, kulolchilik
buyumlar, beton va hokazolar hosil qiladi.
Dispers
sistemalarning
bosim
o‘zgarishi
bilan
o‘zgaradigan
qovushqoqligiga struktur qovushqoqlik deyiladi.
Sababi eritmada hosil
bo‘ladigan ichki struktura suyuqlikning oqishini qiyinlashtiradi.
Moddalar plastik holatda ham bo‘lishi mumkin. Bunday moddalar
ma`lum kuch ta`siridan so‘ng asl shakliga kelmaydi. Unda qoldiq deformatsiya
hosil bo‘ladi. Shvedov – Bingam qoidasiga muvofiq tashqaridan berilayotgan
kuchlanish plastik oqish uchun zarur bo‘lgan chegara qiymatga tenglashguncha
plastik oqish sodir bo‘lmaydi. η’=(P-θ)/(du/dx)=ctgβ bo‘lganda
plastik oqish
boshlanadi va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
P-θ=η’(du/dx)
η* - plastik qovushqoqlik; (du/dx) – tezlik gradienti, θ- siljish kuchlanishi. R-
deformatsiya kuchi.
119
Ko‘pchilik kolloid sistemalar uchun du/dx ni P ga bog’liqlik egrisi quyidagicha,
ya`ni strukturalar sekinlik bilan buziladi .