• Ishning bajarilishi 1- tajriba . Jelatinani degidratlash yo’li bilan koagullash.
  • Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/94
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,22 Mb.
    #105433
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
    Bog'liq
    13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

    LABORATORIYA ISHI №4 
    KOLLOID ERITMALARNING KOAGULLANISHI 
    Ishning maqsadi. 
    A) Gidrofil zollarni koagullash usullari bilan tanishish. 
    B) Gidrofob zollar qanday koagullanishi bilan tanishish.
    Ish uchun kerak bo’ladigan asbob va reaktivlar: 25 ml li 9 ta probirka 
    terib qo’yilgan shtativ, 25 ml li to’rtta byuretka, 2 ml li ikkita pipetka, mum 
    qalam. Suvsiz etil spirt, 0,1 N li natriy atsetat, 1 N li va 0,1 N li sirka kislotalar, 
    1 % li jelatina eritmasi. 
    Ishning bajarilishi 
    1- tajribaJelatinani degidratlash yo’li bilan koagullash.  
    25 ml li quruq toza probirkadan to’qqizta olib, yog’och shtativga terib 
    qo’yiladi. Probirkalarning raqamlashni unutmang.
    Kerakli aralashmalarni tayyorlash uchun sirka kislota eritmasi hamda 
    distillangan suv har qaysi suyuqlikka xos byuretkalardan probirkalarga birin - 
    ketin quyib chiqiladi. Qanday tarkibli aralashmalar tayyorlash jadvalda 
    ko’rsatilgan. 
    Natriy atsetat va jelatina eritmalari pipetkalar yordamida o’lchab olinadi. 
    Suyuqliklardan jadvalda ko’rsatilgan miqdorda olib tayyorlangan har qaysi 


    139 
    aralashmaning hajmi 8 ml ga teng. Demak, hamma probirkalardagi jelatinaning 
    konsentratsiyasi bir xil bo’ladi. 
    Bu tajriba gidrofil kolloidlarning barqarorlik nazariyasini namoyon qiladi. 
    Ularning barqarorligi ikkita faktorga, ya’ni zaryadiga va gidratlanishiga bog’liq. 
    Bu tajribada kolloidlar izoelektrik nuqtada zaryadsiz bo’ladi. Demak, uning shu 
    paytdagi barqarorligi faqat gidratlangan zarrachalarning mavjudligiga teng. 
    8–jadval 
    Aralashmaning tarkibi 
    Probirkalar raqami 









    0,1 n sirka kislota, ml 
    0,12 0,25 0,5 






    0,1 n natriy atsetat, ml 









    1,0 n sirka kislota, ml 






    0,8 
    1,6 
    3,2 
    Suv, ml
    3,88 3,75 3,5 



    3,2 
    2,4 
    0,8 
    Jelatinaning 
    1% 
    li 
    eritmasi 









    Aralashmaning pHi 

    5,6 
    5,3 

    4,7 
    4,1 
    4,1 
    3,8 
    3,5 
    Probirkalardagi suyuqlikni aralashtirib turib, mumkin qadar suvsiz etil 
    spirt byuretkadan quyiladi. Bunda spirt dastavval 5 probirkadagi suyuqlikka 
    qo’shiladi (pH = 4,7 bo’lgan izoelektrik holatdagi jelatina). Suyuqlik sal 
    loyqalanadi deguncha spirt qo’shish to’xtatiladi. Shundan keyin qolgan 
    probirkalarning hammasiga ham yana shunchadan spirt qo’shib chiqiladi 
    (suyuqlik chayqatilib turiladi). Oradan yarim-bir soat o’tgandan keyin 5 
    probirkadagi suyuqlik loyqalanishi sezilarli darajada kuchayib, boshqa 
    probirkadagi suyuqliklar loyqalana boshlagach, tajriba natijalarini kuzatish 
    mumkin. Vaqt o’tishi bilan iviqlar pag’a-pag’a bo’lib cho’kmaga tushadi. 
    Izoelektrik holatga yaqinroq turgan kolloid degidratlangandan keyin ham 
    barqarorligini bir oz saqlab turadi, ammo eritmadagi elektrolitlar ta’sirida ko’p 
    vaqt o’tmay cho’kmaga tushadi (3, 4, 6 va 7 probirkalar). Shu qatorda kolloid 


    140 
    zarrachalari hali ancha katta zaryadga ega bo’lgan eritmalar degidratlovchi 
    xossaga ega bo’lgan spirt ta’sirida ham koagullanmaydi (1 va 9 probirkalar). Bu 
    tajribada kolloidlar izoelektrik nuqtada zaryadsiz bo’ladi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo

    Download 3,22 Mb.
    Pdf ko'rish