A) Mishyak(III) sulfid yoki surma(III) sulfid (elektromanfiy) va temir(III) gidroksid zollariga elektrolitlar qo’shib koagullash. Ish uchun kerak bo’ladigan asbob va reaktivlar. Oltita 100 ml li
konussimon kolba, 2 ta 25 ml li pipetka, 0,1 ml li ulushlarga bo’lingan 50 ml li
byuretka, yozish uchun mum qalam.
Zollar: temir(III) gidroksid, mishyak (III) sulfid yoki surma (III)
sulfidlari.
Eritmalar: 2 n li natriy xlorid, 0, 01 n li kalsiy xlorid, 0,001 n li
alyuminiy xlorid, 0,01 n li natriy sulfat, 0, 001 n li kaliy ferrosianid eritmalari.
Ishning bajarilishi 1- tajriba. 100 ml quruq konussimon kolba mishyak(III) sulfid yoki
surma (III) sulfid gidrolizlardan pipetka bilan 25 ml dan quyiladi. Shundan
keyin zol solingan har qaysi kolbaga, har xil elektrolit eritmalaridan byuretka
yordamida ehtiyotlik bilan tomchilab to koagullanishning dastlabki belgilari
ko’ringunga qadar qo’shiladi. Olingan natijalar jadvalga yozib boriladi.
Koagullanish boshlanganini zol loyqalanishidan ko’rish mumkin. 9-jadval As
2
S
3
Fe(OH)
3
Elektrol
it
Kons.
C
n
Koagullash uchun
elektrolit miqdori,
ml
Elektrolit
Kons.
C
n
Koagullash
uchun
elektrolit
miqdori, ml
NaCl
CaCl
2
AlCl
3
2,0
0,01
0,001
NaCl
Na
2
SO
4
K
3
[Fe(CN)
6
]
2,0
0,01
0,001
142
Shunday qilib, koagullovchi ion zaryadlari soni kamayib borgan sari,
koagullash uchun zarur bo’lgan elektrolit miqdori qanday ko’payib borishi
to’g’risida tasavvur hosil qilish mumkin.