Trassa aralash joylashganda karyer yuqori gorizontlari tashqi,
pastki gorizontlari esa ichki transheyalar orqali ochiladi. Xizmat
qilish m uddati b o ‘yicha trassalar statsionar (karyer ishlam ay-
digan bortiga joylashgan tashqi va ichki o ‘tilgan kapital transhe
yalar trassasi) va vaqtinchali (siljuvchi syezdlar trassasi) trassa-
laiga ajratiladi.
Kapital transheya trassasining vertikal tekislikdagi proyeksiyasi
trassaning b o ‘ylam a profili deb ataladi. gorizontal tekislikdagi
proyeksiyasi esa, trassa plani deyiladi.