Matn va yozuvlaming mazmuni qisqa hamda aniq bo ‘lishi shart.
Chizmalarning yozuvlarida umumiy qabul qilingan va standart tomonidan
qisqartirishga y o ‘l qo ‘yilgan so‘zlardan tashqari barcha so‘zlar to ‘liq
yoziladi. Chizmada keltirilgan matnlar, jadvallar, matnni belgilovchi
yozuvlar, matn bilan bevosita bog‘liq yozuvlar chizmaning asosiy yo-
zuviga parallel joylashtiriladi. Tasviming yaqinidan
chiqarish tokchasi
chizig‘ida faqat tasvirga bevosita taalluqli yozuvlar ko ‘rsatiladi. Masalan,
konstruktiv elementlar soni (teshiklar, ariqchalar va shunga o ‘xshashlar)
to ‘g ‘risida ko‘rsatmalar (agar bu elementlar jadvalga kiritilmagan bo‘lsa),
materialning o ‘ng tomoni, prokat yoki tolaning yo‘nalishi va hokazolar
ko ‘rsatiladi. Tasvirga bevosita tegishli va chiqarish chizig‘i tokchasining
yuqorisida yoki ostida joylashtirilgan yozuvlar ikki qatordan ortiq
bo ‘lmasligi lozim.
Chizma maydonlarida ko ‘rsatilgan yozuvlar ustun shaklida yoziladi
va ulam ing eni 180... 185 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Chizmalar
A3 dan katta bichimlarda bajarilgan bo ‘lsa,
matnlar ikki va undan ortiq
ustunda yozilishi mumkin.
Texnik talablar buyumga qo ‘yilgan talablaming xarakteriga qarab,
bir-biriga yaqin va bir turdagi talablarga guruhlanib, m a’lum tartibda
ifoda qilinadi:
1) sirtning sifatiga, qoplanishiga va pardozlanishiga oid k o ‘rsatmalar;
2) o ‘lchamlar, shakllar, sirtlaming o ‘zaro joylashishi, og‘irliklarining
chekli
chetga chiqishi va hokazolar;
3) tirqishlar, konstruktiv ayrim elementlaming о ‘zaro joylashishi;
4) buyumni sozlash va rostlash to‘g ‘risida ko‘rsatmalar;
5) buyumni ishlatishga doir asosiy shartlar va shunga o ‘xshash
talablar.
Texnikaviy talablar punktlar bilan yozilib, har bir punkt yangi qa
tordan boshlanadi. Chizmalarda
«Texnik talablar» so‘zi yozilmaydi.
Buyumning chizmalarida uning tasvirlari, o ‘lchamlari va o ich am -
laming chekli chetga chiqishlaridan tashqari
texnik talablar va texnik
xarakteristiklardan iborat matnli m a’lumotlar, tasvirlami izohlovchi
yozuvlar, o ic h a m va boshqa parametrlar keltirilgan jadvallar ham
bo‘lishi mumkin.
Ayrim buyumlar, masalan, tishli g ‘ildirak, chervyaklar, shlisali de-
tallar va boshqalar uchun ulam ing chizmalarida
standart tomonidan
339
parametrlar jadvallarini ko‘rsatish belgilangan. Bunday jadvallar chizma
maydonining bo ‘sh joyida, tasviming o ‘ng tomonidan yoki ostida
standartga muvofiq bajariladi.
Chizmalarda buyumning texnik xarakteristikasi zarur bo ‘lgan hollarda
har bir punkti mustaqil nomerlangan holda
«Texnik xarakteristikalar»
sarlavhasi ostida ko‘rsatiladi. Bunday hollarda texnik talablar ko ‘rsatilishi
zarur bo ‘lsa,
«Texnik talablar» deb ham yoziladi.
Ikki va undan ortiq formatlarda chizilgan chizmalaming matnli
qismi tasvir qaysi bichimda bo ‘lishidan qat’iy nazar,
bu tasvirga tegishli
ko‘rsatmaning texnik talablari faqat birinchi formatdagi chizmada
bajariladi. Buyumning ayrim elementlariga taalluqli bo ‘lgan va chiqarish
chizig‘ining tokchasida yoziladigan yozuvlar shu elementning yaqqol
o ‘qish uchun qulay bo ‘lgan tasvirida ko ‘rsatiladi.
Chizmalarda ko‘rinish, qirqim, kesim va buyum sirtlarini belgilashda
harfiy belgilar alifbo tartibida avval ko‘rinishlar, qirqimlar, kesimlarga,
so‘ngra sirtlarga qo‘yiladi. Harfiy belgilaming
balandligi mazkur
chizmada qoMlanilgan harfdan ikki marta katta olinadi.
Chizmaning asosiy yozuvida ko‘rsatilgan masshtabdan boshqacha
masshtabda chizilgan tasvirlaming masshtabi bevosita shu tasvirga
A-A
В
I
tegishli bo‘lgan yozuvning ostida yoziladi:
M2:l, M l:l, M 5:l va hokazo.