-§. Chizmalarda buyum tarkibiy qismlariga




Download 13,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/237
Sana11.12.2023
Hajmi13,35 Mb.
#116299
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   237
Bog'liq
Chizmachilik.I.Raxmonov. 2016

13-§. Chizmalarda buyum tarkibiy qismlariga 
vaziyat raqamlarini qo‘yish
Standartga muvofiq yig'ish chizmalarida buyum tarkibiga kimvchi 
barcha qismlar (detallar) vaziyat tartib raqami bilan belgilanadi. Vaziyat
333


raqamlari buyum yig‘ish chizmasining spetsifikatsiyasida ko‘rsatilgan 
vaziyat raqamlariga mos ravishda q o ‘yiladi. Buyum tarkibiga kimvchi 
yig‘ish birliklari (masalan, yumalash podshipniklari, salniklar va shu 
kabilar) bitta vaziyat sifatida belgilanadi.
Buyum tarkibidagi qismlaming vaziyat raqamlari chizma konturi 
tashqarisida chiqarish chiziqlari orqali ko‘rsatiladi. Bu chiziqning bir 
uchi detal yoki yig‘ish birligining ko‘rinadigan tasvirida, qirqimi yoki 
kesimida nuqta bilan, ikkinchi uchi esa tokcha chizig‘i bilan chegaralanadi 
(11.35-shakl).
Buyum tarkibida yupqa detallar mavjud bo‘lsa, vaziyat raqamlarini 
ko ‘rsatuvchi chiqarish chizig‘ining bir uchida nuqta o ‘m iga ko ‘satgich 
(strelka) chiziladi (11.35- shakl. vaz. 7).
Vaziyat raqamlari, odatda, buyumning asosiy k o ‘rinishlari va 
kesimlarida qo‘yiladi. Ular chizmaning konturi tashqarisida chizmaning 
asosiy yozuviga parallel holda, ulami qator yoki ustun qilib guruhlab, 
iloji boricha bir chiziqqa joylashtiriladi.
Buyum tarkibiga kiruvchi har bir detal yoki yig‘ish birligi uchun 
vaziyat raqami faqat bir marta qo ‘yiladi. Vaziyat raqamlarini ko‘rsatuvchi 
chiqarish chiziqlari o ‘zaro kesishmasligi, shtrixlash chiziqlariga paral­
lel bo ‘lmasligi, buyum tarkibiy qismlarining tasvirlari va o ‘lcham 
chiziqlarini mumkin qadar kesib o ‘tmasligi lozim. Tokcha chizig‘i va 
chiqarish chizig‘ining qalinligi bir xil b o iib , ingichka tutash chiziq bilan 
chiziladi.
Vaziyat raqamlari harfi mazkur chizmada tadbiq qilingan o'lcham
sonlaridan bir raqam katta bo ‘lgan harflarda yoziladi. Masalan, 
chizmadagi o ‘lchamlar 3,5 nomerdagi shriftda yozilgan bo ‘lsa, vaziyat 
raqamlari 5 nomerli shriftda yoziladi.
Quyidagi hollarda chiqarish chiziqlarini umumiy bitta qilib tasvirlash 
m a’qul hisoblanadi.
1. 
Bitta biriktirish joyiga tegishli biriktirish detallari guruhi uchun. 
Agar biriktirish detallari ikki va undan ortiq bo‘lsa, biriktirish detallari 
bilan buyumning turli tarkibiy qismlari biriktirilgan hollarda ulaming 
soni tegishli vaziyat raqamlaridan keyin qavs ichida keltiriladi. Ammo 
biriktirish detallarining soni buyumning biriktiriladigan tarkibiy 
qismlari sonidan qat’iy nazar, bitta biriktiriluvchi tarkibiy qismi uchun 
ko‘rsatiladi. Bunday hollarda chiqarish chizig‘i birikadigan tarkibiy 
qismidan chiqariladi( 11.36-shakl, 
a).
334


2. 
Yaqqol ko'rinib turadigan, ularning o'zaro bog'lanishi to'g'risida 
boshqacha tushuncha hosil qilmaydigan va har bir tarkibiy qismdan 
alohida chiqarish chiziqlari o'tkazish imkoniyati bo'lmagan detallar 
guruhi uchun. Bunday hollarda chiqarish chizig‘i biriktiruvchi tarkibiy 
qismdan chiqariladi (11.36-shakl, 
b).
3. 
Buyumni grafikaviy tasviri ash qiyin bo'lgan ayrim tarkibiy 
qismlar uchun. Bunday hollarda chizmada mazkur tarkibiy qismlami
335


tasvirlamaslik mumkin. Ammo ular- 
ning buyumda joylashishini ko‘- 
rinuvchi tarkibiy qismidan chiqarish 
chiziqlari bilan aniqlab qo ‘yiladi.
Chizma maydonida esa texni- 
kaviy talablarda tegishli ko ‘rsat- 
malar beriladi. Bunday hollarda 
vaziyat raqamlari tokchalar bo'yi- 
cha joylashtiriladi 
va 
ingichka 
chiziq bilan birlashtiriladi hamda 
chiqarish chizig‘i bir uchining vaziyat raqami quyidagi tokchalaming 
eng yuqorisiga, ikkinchi uchi esa eng yuqori tokchadagi buyum tarkibiy 
qismiga qo ‘yiladi.

Download 13,35 Mb.
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   237




Download 13,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Chizmalarda buyum tarkibiy qismlariga

Download 13,35 Mb.
Pdf ko'rish