Spetsifikatsiyada k o‘rsatilgan ustunlar quyidagicha to ‘lg‘aziladi:
1. «
Format»
ustuni. Bu ustunda spetsifikatsiyada nomi ko‘rsatilgan
hujjatlaming bichimi ko‘rsatiladi. Agar hujjatlar
bir necha turli bichim-
larda bajariladigan b o ‘lsa, bu ustunda yulduzcha «*» belgisi qo‘yilib,
«
Eslatma» ustunida hamma belgilar yoziladi.
Standart va boshqa buyumlar, materiallar bo‘limlarida bu ustunga
yozilmaydi. Bosmaxona, litografiya va shunga o ‘xshash
usullar bilan
tegishli davlat standartlari tomonidan tasdiqlangan bichimlarda chiqa-
rilgan hujjatlarda bu ustunga chiziq chizib qo‘yiladi.
2.
«Zona» ustuni. Chizma maydoni zonalarga standart bo‘yicha
bo‘lingan b o ‘lsa, buyumning tarkibiy qismlari joylashtirilgan zonalar
ko ‘rsatiladi.
3. «
Vaz.» (
Vaziyat)
ustuni. Bu ustunda spetsifikatsiya qilinayotgan
buyum tarkibiga bevosita kiruvchi qismlaming
tartib raqamlari ulami
spetsifikatsiyada yozilgan tartibda ko ‘rsatiladi. «
Hujjatlar» va
«Komp-
lektlar» bo‘limlari uchun bu ustun to ‘lg‘azilmaydi.
4. «
Belgisi»
ustuni. Bu ustunda «
Hujjatlar» bo‘limida yozilgan huj
jatlam ing belgisi ko‘rsatiladi.«
Komplekslar»,
«Tig ‘ish birliklari», «Detal-
lar», va «
Komplektlar» bo‘limlari uchun bu ustunda ulaming asosiy
konstraktorlik hujjatlarining belgilari ko‘rsatiladi. Spetsifikatsiyaning
«Standart buyumlar», «Boshqa buyumlar» va «
Materiallar» bo'limlarida
bu ustun to ‘ldirilmaydi.
5.
«Nomi» ustunida quyidagi m a’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) «
Hujjatlar» bo‘limida mazkur buyumning asosiy konstmktorlik
hujjatlari komplektiga
kiruvchi hujjatlaming nomi, masalan,
«Yig'ish
chizmasi», «Gabarit chizmasi»,
«Montaj chizmasi»,
«Texnikaviy shart-
lar» va shunga o ‘xshashlar ko‘rsatiladi;
b) «Komplekslar», «
Yig'ish birliklari», «
Detal lar» va «
Komplektlar»
bo‘limlarida buyumning nomi konstruktorlik hujjatlarining asosiy yozu-
vida yozilgan nomiga muvofiq yoziladi. Chizmasi tuzilmagan buyumning
detallari uchun
ulaming nomlari va materiali, tayyorlash uchun zarur
bo‘lgan o ‘lchamlari ko‘rsatiladi;
d) «Standart buyumlar» b o iim id a standartlar tomonidan buyumga
berilgan raqamlar va belgilar ko‘rsatiladi;
e) «Boshqa buyumlar» b o ‘limida mazkur byumlar bilan ta ’minlash
to ‘g ‘risidagi hujjatlarga muvofiq
ulam ing nomi va belgisi, hujjatlaming
belgisi ko‘rsatiladi;
331
/ ) «
Materiallar» bo‘limida standart tomonidan materiallarga berilgan
belgilar yoziladi.
6.
«Son» ustunida buyumning tarkibiy qismlari uchun spetsifikatsiya
qilinayotgan bitta buyumdagi detallaming soni ko‘rsatiladi. «
Materiallar»
bo‘limida bitta buyum uchun mazkur materialning umumiy miqdori
o ‘lchov birligi yozilgan holda ko'rsatiladi. «
Eslatma» ustuni
«Soni»
ustunining bevosita yaqinida yozib qo‘yilishiga ruxsat beriladi.
«
Hujjatlar» bo‘limida bu ustun to ‘ldirilmaydi.
7.
«Eslatma» ustunida mazkur buyumga tegishli hujjatlar va materi
allar, masalan, chizmasi bajarilmagan detallar
uchun uning massasi va
shunga o'xshash turli m a’lumotlar ko'rsatiladi.
Ikki va undan ortiq turli bichimlarda bajarilgan hujjatlar uchun bu
ustunda bichimlar ko‘rsatiladi. Bunday hollarda bichimni ko‘rsatuvchi
son oldiga yulduzcha «*» belgisi qo'yiladi.
Spetsifikatsiyaning har bir bo ‘limidan keyin qo'shim cha yozuvlar
uchun bo ‘sh qatorlar qoldirilishi lozim. Shuningdek,
vaziyat nomlarini
ham ehtiyot sifatida qoldirish mumkin. Zaxira vaziyat nomerlari bo ‘sh
qatorlar to ‘ldirilganda qo ‘yiladi.