17-§. Yig‘ish chizmalarida qirqim bajarish Y ig'ish chizmalarida yondosh detallar qirqimda bir-biriga qarama-
qarshi shtrixlanadi. Bunda birinchi yo'nalishni, masalan, o ‘nga qiyalatib
(45° burchak ostida) shtrixlansa, ikkinchisini esa chapga qiyalatib
shtrixlanadi. Qirqimga ikkita yoki uchta yondosh detallar to ‘g ‘ri kelib
qolsa, u holda qo‘shni detallar qirqimidagi shtrixlar orasidagi masofa
o ‘zgartiriladi yoki shtrix chiziqlari bir-biriga nisbatan siljitiladi.
Kattaroq detallarda shtrixlar orasidagi masofa kattaroq olinadi. Bi-
roq bir detaining barcha ko'rinishlaridagi qirqim va kesimdagi shtrix
chiziqlari bir tomonga qiyalatib chiziladi va shtrixlar orasidagi masofalar
bir xil bo'lishi ta’minlanadi. Qirqimga tushgan detallaming kesim yuza-
lari 2 mm va undan kam bo‘lsa, bu ensiz yuzalar qoraga b o ‘yab qo‘yiladi
(11.35- shaklgi
vaz. 7). Qirqimlami bajarishda kesuvchi tekislik yaxlit (vallar, o ‘qlar, dastalar,
shponkalar, boltlar, shpilkalar va shunga o ‘xshash) detallaming o ‘qlari
bo ‘yicha o ‘tganda, ya’ni b o ‘ylama qirqimda bunday detallar kesilsa
ham ular qirqilmaganday (shtrixlanmay) ko‘rsatiladi. Agar kesuvchi
tekislik yaxlit detaining o ‘qiga yoki uzun qovurg‘alarga ko‘ndalang
y o‘nalgan b o‘lsa, u holda bunday detallar qirqilganday tasvirlanadi va
umumiy qoidaga asosan shtrixlanadi. Yig‘ish chizmalarida sharchalar,
mahkamlash gaykalari va ular ostidagi shaybalar qirqilmay ko‘rsatiladi.
Tish va rezbaning profili ham zarur b o ig a n hollarda ular ham mahalliy
qirqimda ko ‘rsatiladi.
Yig‘ish chizmalarida suyuqlik, bug' yoki gazning detallar orasidagi
tirqishdan sizib chiqishini oldini olish yoki kamaytirish maqsadida turli
zichlagichlar qo'llaniladi. Zichlagichlar rezina, texnik karton, asbest,
rezina-metall moslamalardan iborat bo'lib, qo‘zg‘aluvchan kontaktli
342
detallar orasiga salnik, manjetalar, qo‘zg‘almas kontaktli detallar orasiga
salnik, chilvir, plastinkalar qo'yiladi va ular chizmalarda katak tarzida
shtrixlanadi (11.35-shakl).