V bob. AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR




Download 13,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/237
Sana11.12.2023
Hajmi13,35 Mb.
#116299
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   237
Bog'liq
Chizmachilik.I.Raxmonov. 2016

V bob. AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR 
( 0 ‘z DSt 2.317:2003)
l-§ . Umumiy tushuncha
Mashina detallarini yasashda shu detallaming ish chizmalaridan foy­
dalaniladi. Lekin ish chizmasining asosiy kamchiligi shundaki, unda de­
taining ko'rinishlari alohida-alohida tasvirlanadi. Shuning uchun, amal- 
da, detaining ish chizmasi bilan birga ulaming yaqqol tasviri ham berila­
di. Yaqqol tasviri, y a’ni aksonometrik proyeksiyasi yordamida berilgan 
ish chizmalari tez va osongina o ‘qiladi.
Ayniqsa, ixtiro qiliniayotgan mashina konstruksiyasi chizmalarini 
chizishda aksonometriya muhim ahamiyatga ega.
Aksonometrik tasvirlar har xil bo'ladi. Lekin ular ichida ko'proq 
qo'llaniladigani parallel proyeksiyalar yordami bilan bajariladigan to 'g 'ri 
burchakli aksonometrik proyeksiyalardir, chunki ularni yasashda oddiy 
qonun va qoidalarga amal qilinadi.
Aksonometriya grekcha so'z bo'lib, «
akson» - o 'q va «metreo» -
o'lchaym an degan m a’noni anglatadi.
Aksonometriya nazariyasi chizma geometriya fanida to'liq ifoda qi­
lingan. Biz bu yerda faqat konkret mashina detallari aksonometrik pro- 
yeksiyalarining yasalishi bilan tanishib chiqamiz. Biroq, mashina detal­
lari sirtlardan, sirtlar esa chiziqlardan, chiziqlar, o 'z navbatida, nuqtalar­
dan hosil bo'lganligi tufayli, bu yerda aksonometrik proyeksiyalar 
yasashni nuqtaning aksonometriyasini qurishdan boshlaymiz. Masalan, 
A nuqta va uning o'zaro perpendikular joylashgan H, V, W proyeksiyalar 
tekisliklaridagi ko'rinishlari 
(A', A", A ’")ni koordinata o'qlari (Ox, Oy, 
Oz) bilan birga «s» yo'nalishda P tekisligiga proyeksiyalasak, ak­
sonometrik tasvir hosil bo'ladi (5.1-shakl).
Bu yerda 
P tekislik aksonometriya tekisligi, o'qlam ing 0 ,x,, 0 ,y ,,
0,Zj ko'rinishi esa aksonometriya o'qlari deb ataladi. A nuqtaning P te- 
kisligidagi 
A, tasviri nuqtaning aksonometrik proyeksiyasi deyiladi.
Ox, Oy, Oz o'qlam ing har biriga biror natural (haqiqiy kattalik) 
masshtab birligiga teng 
Oe kesma o'lchab qo'yib, ularni «s» yo'nalishda
162



Download 13,35 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   237




Download 13,35 Mb.
Pdf ko'rish