• Kerakli sozlamalarni o’rnatish
  • Windows(SUBSYSTEM:WINDOWS) Bu orqali Windows uchun dastur tuzayotganligimizni ko’rsatamiz. “Advanced” bo’limidagi “Entry Point”ning qiymatini main
  • Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter




    Download 1.42 Mb.
    bet4/9
    Sana14.09.2023
    Hajmi1.42 Mb.
    #81845
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Kurs Ishi
    6-mavzu Page Maker dasturi haqida ma\'lumot
    II. ASOSIY QISM
    2.1 Loyiha yaratish va kerakli sozlamalarni o’rnatish
    Visual C++/CLR dasturlash tili, Microsoft Visual Studio muhitida ishlatiladigan platforma .Net Framework yordamida Windows dasturlarini yaratishga imkon beradi. Ushbu til yordamida C++ da yozilgan dasturlarni Windows platformasi bilan birlashtirish va .Net Framework imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Visual C++/CLR yordamida loyiha yaratish uchun quyidagi amallarni bajarishimiz kerak bo’ladi:

    1-rasm. Visual Studio 2022 ni ochamiz va yangi loyihani yaratish uchun “Create a new project" (yangi loyiha yaratish) opsiyasini tanlaymiz.

    Yuqori qismdagi qidiruv oynasidan “CLR” deb qidiramiz. Qidiruv natijasida hosil bo’lgan bo’limlardan “CLR Empty Project (.NET Framework)” ni tanlaymiz. Bu bizga Visual C++/CLR loyihalarini yaratish imkoniyatini beradi.



    2-rasm. Loyihani nomini va joylashuvini tanlab "Create" tugmasini bosamiz.

    Visual C++/CLR-da yaratilgan loyihada siz C++ da kod yozishingiz mumkin, lekin .Net Framework imkoniyatlaridan ham foydalanishingiz mumkin. Buning yordamida siz Windows Forms, WPF interfeyslarini yaratish, .Net sinflari bilan ishlash va loyihada dastur komponentlarini qo'llash kabi funktsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin. Ushbu bosqichma-bosqich ko'rsatmalar yordamida Visual C++/CLR-da loyiha yaratishni boshlashingiz mumkin. Ushbu til yordamida siz Windows platformasi uchun murakkab dasturlarni yaratishingiz va .Net Framework imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.


    Kerakli sozlamalarni o’rnatish

    3-rasm. Yuqori qismdagi “Project” bo’limidan “Proporties”ni tanlaymiz.

    Properties oynasidan “Linker”ni topamiz va chap tarafida turgan pastga yo’naltirilgan ko’rsatgichni bir marta chertamiz.


    “System” bo’limidagi “SubSystem”namiz qiymatini quyidagicha o’zgartiramiz:
    Windows(SUBSYSTEM:WINDOWS)
    Bu orqali Windows uchun dastur tuzayotganligimizni ko’rsatamiz. “Advanced” bo’limidagi “Entry Point”ning qiymatini mainga o’zgartiramiz. Bunda dastur qaysi sinf (class)ni birinchi bo’lib ishga tushurishini belgilagan bo’lamiz. “Solution Explore” oynasidan (odatda bu oyna visual studioning o’ng tarafiga yopishtirilgan holda bo’ladi. Agar mavjud bo’lmasa yuqori paneldagi view bo’limini bir marta chertib, “Solution Explore”ni tanlashimiz mumkin bo’ladi) Add, so’ng New Itemni tanlaymiz.

    4-rasm. “Solution Explore” oynasidan
    Hosil bo’lgan oynadan Installed -> Visual C++ -> UI -> Windows Formni tanlaymiz. Pastdagi “Name:”ga forma nomi va .h kengaytmasini kiritish bilan forma yaratishimiz mumkin. Misol uchun: MyForm.h

    5-rasm. Loyiha yaratish oynasi
    Shundan so’ng bizda yangi forma hosil bo’ladi va odatda quyidagicha xatolik xabari chiqadi:

    6-rasm. Loyihani ishga tushirganda chiqadigan xatolik.
    Bu xatoni bartaraf qilish uchun faylni yopib uni qayta ochishimiz yoki Visual Studio dasturini qayta ishga tushirishimiz kerak bo’ladi.

    7-rasm. Qayta ishga tushirganimizda quyidagicha form hosil bo’ladi. bu dastur ishlaganidan dalolat beradi. Endi bu formaga istalgancha elementlar qo’shishimiz mumkin bo’ladi.
    Bu qadamlarni bajarib bo’lgandan so’ng dasturni ishga tushirish kerak. Biroq bundan oldin MyForm.cpp fayliga ishga tushirish uchun quyidagicha kod yozamiz:

    Download 1.42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter

    Download 1.42 Mb.