|
SPRAYTLAR BILAN ISHLASH MAVZUSINI O`QITISH
|
bet | 4/5 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 174,5 Kb. | | #130515 |
Bog'liq Madayeva NafosatSPRAYTLAR BILAN ISHLASH MAVZUSINI O`QITISH
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishi bilan talabalarni shu davradan joy egallashlarini so‘raydi.
So‘ngra talabalarning faoliyati rang-barang va hamisha har turli qiziq voqealar, hodisalar, vaziyatlarga boy ekanligi haqidagi qisqacha suhbat bilan mashg‘ulotni boshlaydi. Misol tariqasida o‘qituvchi, talabalar faoliyatida uchragan yoki uchraydigan vaziyatlardan biri to‘g‘risida gapirib beradi va shu vaziyatdan chiqish yo‘lini so‘raydi (yoki o‘qituvchi vaziyatniaytib, uning uchta yechimini ham aytadi va talabalardan uchta to‘g‘ri variantdan bittasini tanlashlarini va nima uchun shu variantni tanlaganliklari tushuntirib berishlarini so‘raydi. Shundan so‘ng o‘qituvchi va talabalar ni xohishlariga ko‘ra,uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi va ularga har bir kichik guruh a’zolari o‘z ish tajribalaridan kelib chiqqan holda, o‘quv va tarbiyaviy jarayonlarda o‘qituvchi va talabalar faoliyatida uchraydigan yoki uchragan biron bir muammoli vaziyatlarni eslashlari, ulardan eng qiziqarli, eng muammolisini tanlab, ularning yechimini (vaziyat, muammoni yechimi uch variantdan test yoki aniq bir javobdan iborat bo‘lishi mumkin) ham topib qo‘yish topshirig‘ini beradi. O‘qituvchi yordamida har bir kichik guruh navbati bilan o‘zlari tayyorlangan vaziyat yoki muammolarni boshqalarga og‘zaki bayon etadilar. Kichik guruhlar tomonidan aytilgan vaziyat yoki muammoni yechimini toppish uchun o‘qituvchi ularga aniq vaqt belgilab beradi. Berilgan vaqt ichida kichik guruh tanlagan vaziyat yoki muammo yana bir marotaba esga tushiriladi vaqolgan kichik guruhlar navbati bilan ushbu vaziyat va muammoga o‘z yechimlarini aytadilar. Barcha kichik guruhlar o‘zlari tanlagan javoblarn aytib bo‘lishgach vaziyat yoki muammoni o‘rtaga tashlagan kichik guruh fikrlariniumumlashtiradi. So‘ngra, ikkinchi guruh o‘rtaga tashlangan vaziyat yoki mummoni muhokamasiga o‘tiladi, shukabidavradagi guruhlar tomonidan o‘rtaga tashlagan vaziyat yoki mummolar muhokamasi o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi talabalar vaguruhlar ishiga baho beradi va vaziyat yoki muammolarni yechimini topishda nimalarga ko‘proq etiborini qaratish kerkligito‘g‘risida tavsiyalar beradi, so‘ng mashg‘ulotni yakunlaydi.
Izoh: ushbu texnologiyani o‘quv jarayonida tashkil etiladigan dars (amaliy yoki laboratoriya) mashg‘ulotlarida ham qo‘llash mumkin. Masalan, o‘quv predmeti bo‘yicha o‘zlashtirilgan mavzular yoki bo‘limlaridan talaba hayotiy faoliyatlarida uchraydigan muammoli vaziyatlar, shuningdek, darsda o‘tilayotgan mavzular ichidagi muammolarni yechimini topish bo‘yicha fikrlarni aniqlashda ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi talabalar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni yanada chuqurroq mustahkamlashlariga, ularni amaliyotda qo‘llashlarida yechimni to‘g‘ri topishlariga yordam beradi.
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba (yoki o‘quvchi)larni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib kelingan edi. Bunday usul talaba (yoki o‘quvchi)larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innavatsion pedagogik va axborot texnologilari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talaba (yoki o‘quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba (yoki o‘quvchi) asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog – olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida
Nega o‘qitamiz?
Nimani o‘qitamiz?
Qanday o‘qitamiz?
Savollariga javob izlash bilan bir qatorda
Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? – degan savoliga ham javob qidirdilar.
Bu esa olim va amaliyotchilarni o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o‘qitishni ishlab-chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi.
Bunday fikrning tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda ta’lim muassalarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganinig asosiy sababi quyidagilardan:
Birincidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkinuyatining kengligida. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnoliyalar o‘quv tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o‘qituvchini ta’lim-tarbiya jarayoning maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishga bo‘lgan texnologik zanjirini oldindanloyihalashtirib olishga undaydi.
To‘rinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi “Kadrlar tayyorlash milly dasturi” talablariniamalga oshirishni ta’minlaydi.
O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonida asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talaba (yoki o‘quvchi)dan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
Har qanday pedagogik texnololgiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiyxarakterdan kelib chiqqan holda, talaba (yoki o‘quvchi)ni kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq.
Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va mummolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi mummolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin firlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham ta’lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limida qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talaba (yoki o‘quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo;lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublaridan foydaniladi.
Interfaol (“Inter”-bu o‘zaro, “act”- harakat qilmoq)-o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari – bilish va kommunikativ faoliyatini tashkil etishning maxsus shakli bo;lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman talaba (yoki o‘quvchi)larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi.
Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talaba (yoki o‘quvchi)larning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali analga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga:
- talaba (yoki o‘quvchi)larning dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
- talaba (yoki o‘quvchi)larning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;
- pedagog va talaba (yoki o‘quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.
Pedagogik texnologiya masalalarini va mummolarini o‘rganayotgan ba’zi o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya –faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanilishi zarur bo;lgan o‘qitishning texnik vositalari kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik vositalari pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)ning belgilangan maqsaddan kafolatgan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog‘liq. O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida talaba (yoki o‘quvchi)lar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh va ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talaba (yoki o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)ning hamkorlikdagi faoliyati ular qo‘ygan maqsad, tanlangan mazmun, uslub, shakl , vositaga, yani texnologiyaga bog‘liq.
O‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi)ning maqsaddan natijaga erishishda qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonninig asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo‘lib, bunda talaba (yoki o‘quvchi)larning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitiga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanladi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bo‘lar. Bularning hammasi o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi)larga bog‘liq. Shu bilan birga o‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, talaba (yoki o‘quvchi)larning imkoniyati va ehtiyojini va hamkorlikdagi faoliyatni hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talaba (yoki o‘quvchi)ni ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
XULOSA
O’qituvchilarda ijodkorlikni shakllantirishning muhim pedagogik sharti uni mustaqil bilim olish va ijodiy fikirlashga yónaltirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda, o‘qituvchilar orasida ijodiy muhit, muayyan ma‘naviy-ruhiy holat, tashkiliy, metodik, psixologik chora-tadbirlar qo‘llashga ham alohida e`tibor qaratish lozim.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonida asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
Har qanday pedagogik texnololgiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiyxarakterdan kelib chiqqan holda, talabani kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq.
Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va mummolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi mummolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin firlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham ta’lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limida qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talaba (yoki o‘quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo;lishlarini ta’minlaydi.
Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘quv mashg‘ulotlarni interfaol metodlardan foydalanib tashkil etish, talaba-o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, ularning fikrlash qobilyatini, hozir javoblilik darajasini o‘sishiga sababchi bo‘lmoqda. O‘qituvchi tomonidan rejalashtirilgan maqsadga, kafolotli natija erishish koeffetsenti oshadi. Ta’lim beruvchi (o‘qituvchi) o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etishda uni olib borishda, asosan texnologik xaritani auditoriya holatidan, undagi o‘quv va texnik vositalarning barqarorligidan kelib chiqib rejalashtirmog‘i va tuzmog‘i lozim.
Ta’limni tashkil etishda kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichlari talablariga binonan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, turli xil metodlardan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning faolligi oshadi, darsga bo‘lgan qiziqishi ortadi, muloqotga kirishish ko‘nikmasi shakllanadi.
Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy, salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interfaol metodlar tanqidiy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Informatika fanini o‘qitishda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Tajriba mashg‘ulotlari bevosita kompyuter bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi “Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi” deb nomlanib, u ikki bobdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobida ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va xususiyalari, an’anaviy va zamonaviy ta’limning yutuq va kamchiliklari, talabalarning bilimini baholash turlari va ularning avzallik hamda kamchiliklari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bobda informatika fanining o‘quv mashg`ulotlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol usullar va ularning qo‘llash uslublari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan.
|
| |