• Kurs ishining maqsadi
  • Kurs ishi ob’yekti
  • Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti




    Download 54,55 Kb.
    bet2/15
    Sana23.01.2024
    Hajmi54,55 Kb.
    #144130
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axbo-fayllar.org
    informatika-fanini-innovatsion-ta-limda-o-qitish (3), Topshiriq - Topshiriq (virtualdars.uz), Matnli hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi. Reja Hujjatga oid-kompy.info
    Kurs ishining dolzarbligi: Shu ma’noda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanida matn muharrida hujjat hosil qilish va uni tahrir qilish mavzusini o‘qitishda zamonaviy o‘qitish metodlaridan foydalanish informatika o‘qitish metodikasi oldida turgan muammolaridan biridir. Ushbu fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, tanlangan kurs ish “Matn protsessorida hujjat yaratish va uni tahrirlash” mavzusini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish mavzusi dolzarbligini belgilab beradi.
    Kurs ishining maqsadi: “Matn protsessorida hujjat yaratish va uni tahrir qilish” mavzusini o’qitishda innovatsion ta’lim tеxnologiyalaridan foydalanib ta’lim sifatini oshirish.
    Kurs ishining vazifalari:
    • Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy masalalarini yoritish;


    • Informatika va axborot tеxnologiyalari fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari;


    • Informatikani o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish;


    • « Matn protsessorida hujjat hosil qilish va uni tahrir qilish» mavzusiga bir soatlik dars ishlanmasi tayyorlash;




    Kurs ishi ob’yekti: Umumiy o’rta maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini innovatsion texnologiyalar orqali bilim berish jarayoni.
    INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA INNOVATSION USLUBLAR.
    Informatika kompyuter texnikasini qo'llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to 'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir. Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz tomonidan axborot-kommunikasiya texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalari, jumladan, ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga katta e’tibor qaratilgan edi. Bu 2012 yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborotkommunikasiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari”ga oid qaror va “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunda, belgilangan asosiy vazifalardan biridir.
    Zero, zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo’llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmunmohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko’zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda ta’lim muassalarida faoliyat yuritayotgan
    “Informatika” fani o’qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi: - talabalarning mustaqil bilim olish, o’rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o’rni va ahamiyatini oshirish; - mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o’tkazish; - talabalarning faolligini oshirish, o’zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan metod va shakllarni qo’llash; - ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.
    Ta’lim jarayonida o’yinlardan foydalanish talabalarni xursand qilish maqsadida foydalanilmasligi zarur. U albatta didaktik bo’lishi, ya’ni darsda hal qilinadigan aniq o’quv tarbiyaviy vazifalarga bo’ysunishi kerak. Shuning uchun ham, o’yin avvaldan rejalashtiriladi, uning dars tuzilmasidan o’rni yaxshilab o’ylab chiqiladi, uni o’tkazish shakli belgilab olinadi va shu asosda o’yinlar tayyorlanadi. O’yinli texnologiyalar o’qitishning boshqa shakllari va metodlari kabi yuqori samara beradi. Talabaga har qanday fan, hususan, informatika fanining zamonaviy rivojlanish darajasidagi bilimlarni berish o’yinning asosiy maqsad bo’lishi kerak.

    Download 54,55 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 54,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti

    Download 54,55 Kb.