Zаminimizning qimmаtbаhо minеrаl хоmаshyo rеsurslаrigа bоyligi хаlq




Download 0.85 Mb.
bet8/11
Sana27.09.2023
Hajmi0.85 Mb.
#84330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jamshid
Н.Кун, Borland delphi 7 dasturlash muhitida 11 sinf geometriya faniga oid masalalarni yechish ilovalar yaratish, corex, FAMOUS MUSEUMS OVER THE WORLD, INFORMATIKA TA’LIMIDA INTEGRATSIYA O‘QITISHNING MAQSADI,MAZMUNI, VOSITASI, NATIJASI SIFATIDA NAMOYON, 5-ma’ruza. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususi, 5-sinf-matematika-fanidan-barcha-choraklar-uchun-test-savollari-toplami
5-rasm. Plazmali generatorlarning ishlashida, bir vaqtning o‘zida qizdirilgan gazni F1 va F2 furmalar orqali uzatishda shaxta balandligi bo‘ylab haroratning o‘zgarishi:1- faqat plazmali generatorlarning ishlashida(qolgan belgilar matnda berilgan)
Biroq, F2 furmalar orqali gorn gazini yetkazishda har qanday ko‘rib chiqilgan holatda ham issiqlik massa ko‘chishining zaruriy sharoitlari ta'minlanmaydi, chunki shaxta balandligining ko‘p uchastkasida materiallar harorati past bo‘ladi, va bunday haroratda tiklash jarayonlari sekin boradi. Qizdirilgan tiklagich gazni plazmatron o‘qidan h masofada joylashgan F2 furma orqali puflashda harorat o‘zgarishi xususiyati shuni ko‘rsatadiki, h2 balandlikli shixta qatlamida jadal issiqlik almashinuvi zonasi hosil bo‘ladi (5, b-rasm, 2 egri chiziq). Material va gaz oqimlarining issiqlik sig‘imlariga (ularning plazmali generatorlardan oqib chiqadigan gaz bilan aralashtirilishidan so‘ng) bog‘liq holda, jadal issiqlik almashinuvi sohasidan chiqadigan material harorati turlicha bo‘lishi mumkin. Furmalar bu qatorining o‘rnatilish balandligi o‘zgarishida materiallarning berilgan haroratini olishga erishish mumkin.
Faraz qilaylikki, material, h2 balandlikli shaxta uchastkasidan o‘tib, tmkr kritik haroratgacha qiziydi, pastga tushib, u plazmali generatorlardan oqib chiqadigan gaz bilan soviydi. h1 shaxta balandligi uchastkasida material yetarlicha qizimaydi, va tiklash tezligi yetarlicha bo‘lmaydi (5, b-rasm, 3 egri chiziq). Shixtada haroratni oshirish uchun h1 balandlikni kamaytirish yoki shaxtaning umumiy balandligini oshirish hisobiga h2 balandlikni oshirish lozim. Bu holat uchun shaxtada haroratni taqsimlash 5, b, 4 egri chiziq rasmda berilgan.
F1 va F2 qatlamlarda joylashgan qizdirilgan tiklagich gazni bir vaqtning o‘zida puflashda ular o‘rtasidagi uchastkada berilgan haroratli izotermik zona hosil bo‘ladi, uning o‘lchami furmalarning o‘zaro joylashuvi, ular orqali beriladigan gaz miqdori va harorati bilan belgilanadi. F2 furma orqali beriladigan gaz temir rudali materialning boshlang‘ich haroratdan kritik haroratgacha (tmkr) qizishini ta'minlaydi, F1 furma orqali esa shaxta sirti orqali issiqlik talafotining o‘rnini bosadi va F2 furma sathidan eritish zonasigacha shixtaning doimiy haroratini saqlaydi. F1 va F2 furmalar orqali bir vaqtda qizdirilgan tiklagich gazni yetkazishda issiqlik almashinuvi sharoitlari ustunroq hisoblanadi. Furmalarning ikkala qatori orqali gazni bir vaqtda puflashda temir rudali materiallar erishi boshlangunicha tiklash jarayonlari borishi uchun maqbul sharoitlarga erishiladi.
Shunday qilib, shaxta plazmali pechida tiklashning yuqori darajasini ta'minlash uchun qizdirilgan tiklagich gaz plazmali generatorlardan va furmalarning ikki qatoridan oqib chiqishi lozim. Pechning umumiy balandligi, m,
H=h+h1+h2
bunda, h - plazmali generatorlar o‘qidan furmalar birinchi qatorigacha masofa; h1- furmalarning birinchi qatoridan ikkinchi qatorigacha masofa; h2- furmalarning ikkinchi qatoridan shaxta yuqorisigacha masofa.
Furmalar birinchi qatorining joylashuvi qatlami temir rudali materiallarning kritik haroratga erishishi bilan belgilanadi. Temir rudali okatishlarni eritishda plazmatronlardan furmalar birinchi qatorigacha masofa 350-400 mm tashkil etadi. Furmalarning birinchi va ikkinchi qatori o‘rtasidagi masofa temir rudali materiallar harakatlanishining chiziqli tezligi (ω) va furmalar qatori o‘rtasidagi shaxta hajmida materiallar bo‘lishi vaqti (τ) bilan belgilanadi. Furmalarning qatorlari o‘rtasida materiallar bo‘lishi vaqti temir rudali materialning yirikligi va tiklanuvchanligiga, kritik haroratgacha qizdirishda uning metallanishiga bog‘liq. Turli yiriklikdagi va mineralogik tarkibdagi aglomerat va okatishlar uchun bu aniqlangan va ma'lumotli adabiyotlarda mavjud.
Furmalar ikkinchi qatoridan shaxta yuqorisigacha masofa materiallar harakatlanishining chiziqli tezligi va materiallarning boshlang‘ich haroratdan kritik haroratgacha qizdirilish vaqti bilan belgilanadi:

τ =[ln(1-( tmkr / tg)) Cm γm (1- ε)]/[- α(Wm / Wg)-1]


bunda, tmkr, tg - ikkinchi qator furma sathida temir rudali material harorati va gazning o‘rtacha harorati, ºC; α – issiqlik uzatish koefitsienti; J/(m2·s·K); Cm - temir rudali material issiqlik sig‘imi, kJ/(kg·K); γm – materialning to‘kilma zichligi, kg/m3; ε material qatlami alohidaligi, bo‘lakligi); m va Wg – material va gaz oqimlarining issiqlik sig‘imi, kJ/(kg·K).



Download 0.85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zаminimizning qimmаtbаhо minеrаl хоmаshyo rеsurslаrigа bоyligi хаlq

Download 0.85 Mb.