|
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCEBog'liq MMMS0201MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
2
keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda u ta’lim
tizimida bolaning birinchi tajribasi - ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi
kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini
saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar
yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim.
АKTdan foydalanilganda ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga
oshirish oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati
paydo bo‘ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi
dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘I vositalaridan
foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot
texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin
dasturlaridan foydalanish kata samara beradi. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari
uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat
mashqlari va
test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini
tayyorlash mumkin. Unda fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan
takrorlash uchun 3ta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha
boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.
AKTdan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, o‘qish,
ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni
tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli
testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon
beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha
kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.
Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi.
Internet – bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U electron pochta,
Izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini
beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib,
barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual
ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarn i taklif etish:
tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni
paydo bo‘ladi.
Axborot olishning boshqa bir usuli – dars davomida bevosita Internetdan
Axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa
uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog
ko‘rinishida olib boorish mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli
axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi
loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-
sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham
topshiriqlarni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi
ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va
amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar.
|
| |