• Zanjir o‘yini.
  • Do‘stlar davrasida.
  • Kim chaqqon
  • «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi




    Download 363,42 Kb.
    bet64/71
    Sana07.01.2024
    Hajmi363,42 Kb.
    #131379
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
    Bog'liq
    «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni-fayllar.org

    Breyn-ring. Bu o‘yin 2-guruhga kirib, unda har birida 5–6 nafardan o‘quvchi qatnashgan
    jamoalar soni 2 tadan 5 tagacha bo‘lishi mumkin. Boshlovchi har bir guruhga qisqa javobli
    savollar beradi. Agar ishtirokchilardan biri birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bersa, qolgan barcha
    savollar faqat shu ishtirokchiga beriladi va har bir to‘g‘ri javob uchun olingan ball to‘planib
    boradi. Agar to‘plangan balni vaqtida o‘z jamoasi hisobiga tushirib turmasa va o‘yinni
    to‘xtatmay, o‘yin davomida noto‘g‘ri javob berib qo‘ysa, o‘sha ishtirokchi to‘playotgan barcha
    ballar kuyib ketadi. Demak, qatnashuvchi o‘zi istagan paytda o‘yinni to‘xtatishi va to‘plagan
    balini jamoa hisobiga tushirishi kerak. Qolgan savollarga endi boshqa ishtirokchilar javob
    berishi lozim va ular ham o‘z jamoalari hisobiga ball to‘plash imkoniga ega bo‘ladilar. Har bir
    to‘g‘ri javob uchun 1 ball.
    Zanjir o‘yini. Guruh 4ga bo‘linib, har bir guruhdan 1 o‘quvchi doska oldiga chiqariladi. 1
    o‘quvchi fanga tegishli atamani aytadi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi aytganini va
    o‘zinikini qo‘shib aytadi. Undan keyingisi oldingi 2 o‘quvchi aytgan atamalarga yana o‘zi
    yangisini qo‘shib aytadi. O‘yin shu tariqa davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi,
    eng oxiri o‘yindan chiqib ketmay qolgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. O‘yin xotirani
    mustahkamlashga juda qo‘l keladi.
    Do‘stlar davrasida. O‘yin 3-guruhga tegishli bo‘lib, talabalarning bir necha nafari
    topshiriqning turli xil vazifalarini bajaradilar. Ular o‘zlarining do‘stlari ishtirok etgan davrani
    topib olishlari kerak. Buning uchun tashqi buyruqlar bir-birini topib olishi kerak. Do‘stlar
    qo‘l ushlashib davra quradilar va o‘zlarini tavsiflab beradilar. Bu o‘yin bilimlarni
    mustahkamlaydi va talabalarda bir-birlariga bo‘lgan yordam hissini shakllantiradi.
    Kim chaqqon? Guruh ikkiga bo‘linib, har bir guruhdan bittadan o‘quvchi doska oldiga
    chiqariladi. Bir o‘quvchi fanga tegishli atamani o‘zining maydoniga yozadi. Keyingi o‘quvchi
    oldingi o‘quvchi yozmagan qo‘shimcha atamani ishlatadi. O‘yin shu tariqa davom etadi,
    adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Kimning maydonida eng ko‘p to‘g‘ri, mantiqiy bog‘langan
    tushunchalar paydo bo‘lsa, shu jamoa g‘olib sanaladi. O‘yin xotirani mustahkamlashda va
    takrorlashda qo‘llaniladi.
    Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda biz bolani jismoniy jihatdan o‘stiruvchi oddiy
    o‘yinlardan tortib, kattalar orasida ham mashhur bo‘lgan intellektual o‘yinlardan iborat bir
    qancha o‘yinlar «ombori»ga egamiz. Barcha zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan
    foydalanishda o‘yinlarda o‘quvchi o‘yin shartlarini tezda o‘zlashtiradi va o‘ziga belgilangan
    vazifani qabul qiladi. O‘yin qoidalarini bajarish jarayonida o‘yinchi o‘zining maqbul
    qarorlarini o‘yindagi muammolarni hal qilishda erkin qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    Zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan foydalanish jarayonida o`quvchilarning shaxsiy
    sifatining yaxshilanib borishiga sabab bo‘ladi, o‘quvchigina kelajakda o‘z qobiliyatlarini
    takomillashtirishi, kasbiy faoliyatida to‘g‘ri foydalana olishi va albatta komil inson sifatida
    shakllanishiga imkon yaratadi.O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida
    yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot
    kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini
    kafolatlaydi.

    Download 363,42 Kb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




    Download 363,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi

    Download 363,42 Kb.