Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham
85
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
va yosh avlodga o‘tadi. Mas‘uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari
qatorida, Respublika Oliy Majlisining 9-sesiyasida qabul qilingan ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonun
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ni (1997 yil 29 avgust) ro‘yobga chiqarish orqali
bajariladi. Bu dasturni tarkibiy qismi sifatida ta‘limning yangi modeli yaratiladi. Prezident
tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta‘lim-tarbiya modelini amaliyotga tadbiq etish o‘quv
jarayonini texnologiyalash bilan uzviy bog‘liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‘p
marotaba ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv
muassasalarimizga olib
kirish zarurligi uqtirilgan.
Dunyoning
turli
mamlakatlarida
ko‘plab
tadqiqotchilar
tomonidan
ta’limda
innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Ularda «innovatsiya», «interfaol
usullar», «innovatsion texnologiyalar» to‘g‘risida yaxshi axborotlar to‘plangan, biroq axborot
texnologiyalarini ta’lim muassasalarida o‘rgatish samaradorligini orttirish bo‘yicha aniq
tavsiyalar yetarli emas. Shuning uchun asosiy maqsad yuqori darajada o‘zlashtirish
natijalariga erishishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali
usullarini ishlab chiqish, xususan, zamon talab etayotgan axborot texnologiyalari bo‘yicha
pedagogik innovatsiyalardan foydalanish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Ta’lim
jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni
talab etadi:
O`quv fanining aniq maqsadini aniqlash;
fanning hajmi va mazmunini aniqlash;
zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish
va tavsiya etish;
fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;
ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;
o‘qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.
Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu o‘quv jarayonini tashkil etish uchun eng
maqbul bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishdir. Bu muammolarni u yoki bu aniq bir
usulni tavsiya etish bilan, ayniqsa, pedagog reproduktiv ta’lim usullarinigina qo‘llashni
maqsad qilgan bo‘lsa, hal etib bo‘lmaydi. Maqsadga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li, bu dars
mashg‘ulotini loyihalashda integrallashgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan
darsning turli bosqichlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini izlashdir. Informatika fanini
o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning quyidagi metodlarini qo‘llash
maqsadga
muvofiqdirHozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini
o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday
bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor
bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni
egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto
yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs
rivojlanishi,
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir
qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda
«Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi
ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash»,
«Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar
qo‘llanmoqda.
86
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Tajribalardan kelib chiqib, quyida Texnologiya fanini o‘qitishda samarali qo‘llash mumkin
bo‘lgan quyidagi o‘yinli texnologiyalardan namunalar keltirib o‘tamiz: